O‘qituvchilar 70 foizlik ustama uchun navbatdan tashqari attestatsiyaga to‘lov qilishi kerakmi?

Savol
Bahorgi attestatsiya natijalari 70 foizlik ustama uchun asos bo‘ladimi? Hozir ko‘plab o‘qituvchilar mana shu 70 foizlik ustama uchun bahorgi navbatdan tashqari attestatsiya uchun to‘lov qilishga ikkilanib turibdi.
Chunki, yangi tartib aynan qachondan boshlab kuchga kirishi haqida aniq ma’lumot ololmayapmiz. Nima qilaylik? 70 foizlik ustama bahorgi attestatsiyadan boshlab aniq kuchga kiradimi? To‘lov qilaylikmi yoki yo‘q?
Javob
Ushbu savolga avvalroq e’lon qilingan maqolamizda ham javob bergan edik. Ko‘plab pedagog xodimlardan bu borada yana murojaatlar bo‘layotganligini inobatga olib, quyidagicha javob beramiz:
Xabaringiz bor, kecha, 26-fevral kuni Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish, kasbiy sertifikatlash va rag‘batlantirish tizimini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” qarori bilan pedagog xodimlarga 70 foizlik ustama berish tartibi tasdiqlandi.
Unga ko‘ra malaka toifasi test sinovlarida ishtirok etib (ikkala bosqichda), oliy va birinchi malaka toifasiga erishgan (yoki saqlagan) hamda 86 va undan yuqori ball to‘plagan pedagoglarga 70 foizlik ustama beriladi.
Yangi tartib tasdiqlandi, ammo hali kuchga kirmadi
Hozirda pedagog xodimlarga 70 foizlik ustama berish tartibi tasdiqlandi. Ammo Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining pedagog kadrlarga malaka toifasini berish tizimi xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazilmadi.
Ya’ni, qachonki ushbu tizim xalqaro akkreditatsiyadan o‘tsa, ana undan keyingina ushbu talablar asosida oliy va birinchi malaka toifasini olgan (yoki saqlagan) hamda 86 ballik natijani qayd etgan pedagoglar 70 foizlik ustama olishlari mumkin bo‘ladi.
Tizim xalqaro akkreditatsiyadan aynan qachon o‘tishini esa hozircha hech kim aniq aytolmaydi, hatto Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining o‘zi ham.
Shunday ekan, 70 foizlik ustama berish tartibi amalda mavjud bo‘lsa ham, lekin tizim hali xalqaro akkreditatsiyadan o‘tmaganligi uchun pedagoglarga ustama to‘lab bo‘lmaydi.
Navbatdan tashqari attestatsiyaga to‘lov qilsak, pulimizga kuyib qolamizmi?
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 21-bandida pedagog kadrlarni navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida (340 ming so‘m) yig‘im undirilishi nazarda tutilgan.
Agar pedagog xodimlar bahorgi attestatsiyada 70 foizlik ustama berish tartibi joriy qilinishi mumkinligini taxmin qilgan holda, navbatdan tashqari attestatsiyaga ariza yuborib, to‘lovni amalga oshirsa-yu, ammo 70 foizlik ustama berish tartibi bahorgi attestatsiyadan boshlab amaliyotga joriy qilinmasa, amalga oshirilgan to‘lovlar pedagog xodimlarga qaytarilmaydi.
Tavakkal qilib, navbatdan tashqari attestatsiyaga to‘lov qilish kerakmi?
Navbatdan tashqari bahorgi attestatsiyaga to‘lov qilish uchun bir qancha asoslar bor:
Birinchi asos: Pedagog xodimlar navbatdan tashqari bahorgi attestatsiyadan o‘tib olsa va bu orada tizim xalqaro akkreditatsiyadan o‘tib qoladigan bo‘lsa, attestatsiyada oliy va birinchi malaka toifasini olgan (yoki saqlagan) hamda 86 ballik natijani qayd etgan pedagoglar 70 foizlik ustamaga ega bo‘lishlari mumkin.
Ammo yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, bahorgi attestatsiyaga qadar tizim xalqaro akkreditatsiyadan o‘tib ketishiga hech kim aniq kafolat bermaydi.
Ikkinchi asos: Xabaringiz bor, endi yangi o‘quv yilidan boshlab vazir jamg‘armasidan har oylik ustama olish uchun nomzodlar ro‘yxati avvalgidek hududiy kengashlar tavsiyasi asosida shakllantirilmaydi.
Endilikda, attestatsiya test sinovlarining birinchi bosqich natijalariga ko‘ra umumiy ballning kamida 80 foizini qo‘lga kiritgan fan o‘qituvchilari orasidan eng yuqori natijani ko‘rsatgan uchta nomzod (hududlar kesimida fan yo‘nalishlari bo‘yicha taqsimlangan har bitta kvota uchun) vazir ustamasiga tavsiya etilishi uchun tanlab olinadi.
Ya’ni, kelgusi o‘quv yilidan boshlab, vazir ustamasini olish uchun attestatsiya test natijalari hisobga o‘taveradi. Shu sababli, 2026-yilda vazir jamg‘armasidan ustama olmoqchi bo‘lgan nomzodlar joriy yilgi malaka sinovlarida ishtirok etishlari kerak bo‘ladi.
Umuman olganda, navbatdan tashqari bahorgi attestatsiya natijalari 6 mln so‘mlik vazir ustamasini olish uchun ham asos bo‘ladi.
Uchinchi asos: Yodingizda bo‘lsa, “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan uchrashuvda endilikda “Yil o‘qituvchisi” tanlovi o‘tkazilib, 208 ta tuman va shahardan g‘olib bo‘lgan o‘qituvchilarga Prezident sovg‘asi sifatida uy-joy berilishi aytilgandi.
Hozirda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Yil o‘qituvchisi” tanlovini o‘tkazish tartibi ishlab chiqilgan bo‘lib, Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tkazilishi kutilmoqda.
“Yil o‘qituvchisi” tanlovi shartlariga ko‘ra, ushbu tanlovda ham oliy hamda birinchi malaka toifasiga hamda 5 yillik ish stajiga ega bo‘lgan pedagog kadrlar ishtirok eta olishi mumkinligi belgilanmoqda.
Shu sababli, pedagog kadrlar “Yil o‘qituvchisi” tanlovida ishtirok etish uchun ham bahorgi attestatsiyada ishtirok etishlari tavsiya qilinadi.
Izohlar 11
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Direktor o‘rinbosari shtatini qisqartirish hisobiga maktab maslahatchisi lavozimi joriy etiladi

Toshkentda ilk bor bola huquqlari bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlari forumi o‘tkazildi

Endi o‘quvchilar olgan sertifikatlar yakuniy imtihonlarda ham tan olinadi

Yangi o‘quv yilidan yagona davlat imtihonlari joriy qilinadi
Mavzuga doir yangiliklar

O‘qituvchilar attestatsiya sud ishida vazirlikka yutqazdi
Sud attestatsiya natijalaridan norozi bo‘lgan ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilarining da’vo arizasini asossiz deb topib, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi foydasiga qaror chiqardi.

Attestatsiya ishi bo‘yicha uchinchi sud majlisi bo‘lib o‘tdi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga attestatsiya imtihonlarini qayta o‘tkazish majburiyatini yuklash, ma’naviy ziyon va vakil xarajatlarini undirish yuzasidan sudga kiritgan da’vo arizasi bo‘yicha sud ishi davom etmoqda.

Bu yil 202 ming nafardan ortiq pedagoglar attestatsiyada ishtirok etadi
Attestatsiyaga 243 ming 541 nafar pedagoglar onlayn ariza topshirib, ularning 202 ming nafardan ortig‘i ishtirok etishi kutilmoqda.

Attestatsiyadan norozi bo‘lgan o‘qituvchilar ishi sudda ko‘rib chiqildi
Da’vogarning aytishicha, ular imtihon jarayonida test savollarni ishlab bo‘lganidan so‘ng qaysi savolga to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri javob berganini bila olmagan, shuningdek ularga yetarli sharoitlar yaratib berilmagan.
Izohingizni tahrirlang