Yil o‘rtasida o‘qituvchining ustama foizini kamaytirish to‘g‘rimi?
Savol
O‘tgan yili menga 823-qaror bo‘yicha direktor jamg‘armasidan 20% ustama belgilandi, 2025-yil yanvar oyida esa ustamaning 10 foizi asossiz olib tashlandi. Sababini so‘rasam, moliyadan, yuqoridan shunday topshiriq bor degan bahonalarni eshitdim, xolos. Bu qanchalik asosli?
Javob
Pedagog xodimlarga direktor jamg‘armasi hisobidan ustama tayinlash Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi” nizom bilan tartibga solinadi.
Nizomning 21-bandiga ko‘ra umumta’lim muassasalari pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga Jamg‘arma hisobidan har oylik ustamalar yangi o‘quv yili uchun o‘tgan o‘quv yili yakunlari bo‘yicha belgilanadi.
Ya’ni, ustama miqdorini belgilashda o‘qituvchining o‘tgan o‘quv yilidagi natijalari inobatga olinadi. Bunda yilning o‘rtasiga kelib, xohlagan mas’ul pedagoglarga tayinlangan ustamalar foizini kamaytirish bo‘yicha ko‘rsatma berishga haqli emas.
Shuningdek, nizomning 9-bandiga ko‘ra hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari ta’lim muassasalarida tuzilgan ishchi guruhining faoliyatiga hamda ular qabul qiladigan qarorlarga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Agar mazkur topshiriq Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan berilgan bo‘lgan taqdirda ham, bu noqonuniy ko‘rsatma hisoblanadi.
Chunki, o‘qituvchiga direktor jamg‘armasi hisobidan berilgan ustama foizining o‘zboshimchalik bilan kamaytirilishi, ayniqsa bu o‘quv yili boshida belgilangan va o‘qituvchining oldingi yildagi mehnat natijalari asosida belgilangan bo‘lsa, amaldagi normativ hujjatlarga zid hisoblanadi.
Shuning uchun ham pedagog xodimga tayinlangan ustama foizlarini kamaytirish mumkin emas. Bunda yuqori turuvchi tashkilotlarning bevosita aralashuvi noqonuniy sanaladi.
Shu bois, bunday holatlarda o‘qituvchilar o‘z huquqlarini himoya qilish uchun Adliya vazirligining hududiy bo‘linmalariga yoki O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashiga murojaat qilishlari tavsiya qilinadi.
Izohlar 6
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Toshkent shahar MMTBga yangi rahbar tayinlandi
Toshkent shahar MMTB boshlig‘i vazirlikka ishga o‘tdi
3 yil avval noqonuniy ishdan bo‘shatilgan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xodimi qayta ishga tiklandi
Farg‘onada ikki nafar voyaga yetmagan bola suvda cho‘kib, vafot etdi
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
Ish tajribasi boshqa maktabda ommalashtirilgan o‘qituvchiga ustama uchun ball bersa bo‘ladimi?
O‘qituvchining ish tajribasi maktabda ommalashgan bo‘lib, ish joyini boshqa maktabga ko‘chirsa, ustama uchun shu maktabdan ball bersa bo‘ladimi?
Yangiliklar
O‘qituvchilarga ustama tayinlashga qanday tadbir va olimpiadalar uchun ball berilishi aniq bo‘ldi
2026-2027-o‘quv yili uchun umumta’lim muassasalaridagi o‘qituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilashda inobatga olishga tavsiya etilgan fan olimpiadalari, ko‘rik tanlovlar, musobaqalar va tadbirlar ro‘yxati tasdiqlandi.
So'ragan edingiz
Ikki yil avval malaka oshirgan o‘qituvchiga yangi o‘quv yiliga ustama uchun ball beriladimi?
2024-yilda malaka oshirgan pedagog xodim keyingi besh yil ichida ish beruvchi tomonidan majburiy tarzda malaka oshirishga yuborilishi lozim. Ana shu muddatga qadar esa uning 2024-yilda malaka oshirgani haqidagi sertifikati o‘z kuchida bo‘ladi.
So'ragan edingiz
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga 70% ustama to‘liq to‘lanmaydimi?
70 foizlik ustama ularning tarif stavkalarining amaldagi miqdorlariga nisbatan qo‘shimcha ravishda to‘lab berilishi kerak bo‘ladi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang