Yana ikki nafar maktab o‘quvchisi ijaraga mashina olib, avtohalokatga uchradi
So‘nggi paytlarda voyaga yetmaganlar tomonidan avtomobil boshqarilishi va ularga transport vositasini ijaraga berilishi kabi holatlar ko‘payib bormoqda.
Masalan, yaqindagina Namangan viloyatida 16 yoshli maktab o‘quvchisi boshqaruvidagi avtomashina suvga ag‘darilishi natijasida avtomashinada bo‘lgan ona va bola vafot etgandi.
Yana bir maktab o‘quvchisi boshqaruvidagi avtomashina esa 4-sinf o‘quvchisining o‘limiga sabab bo‘lgandi. Samarqandda esa 11-sinfda tahsil oluvchi o‘quvchi Lacetti rusumli avtomobilda YTHga uchrab, vafot etdi. Endi esa yana xuddi shunga o‘xshash holat 8-sinf o‘quvchilari bilan sodir bo‘ldi.
Joriy yilning 15-iyun kuni Yangi Namangan tumanidagi 70-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining ikki nafar 8-sinf o‘quvchilari Telegram’dagi avtomobillarni ijaraga berish bilan shug‘ullanadigan guruhdan 1 million so‘m evaziga Spark rusumli transport vositasini 8 soatga ijaraga olib, uni boshqarib ketayotgan vaqtida tezlikni me’yordan oshirgani natijasida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi beton to‘siqqa borib urildi.
Hodisa oqibatida bolalar turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Eng achinarlisi, ushbu bolalar tahsil oladigan maktabda Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazilgan bo‘lgan.
Bolalarga avtomashinani ijaraga bergan shaxs to‘g‘risida olib borilgan surishtiruv ishlarida uning o‘zi hali haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagani, avtomashinani joriy yilning 12-iyun kuni Toshkent shahrida yashovchi fuqarodan sotib olgani ma’lum bo‘ldi.
“120 tezlikda tormozim ishlamay qoldi. 1 mln so‘mni dadamning ishxonasidan oldim. Dadamning bundan xabari bo‘lmadi”, degan YTH paytida mashina boshqaruvida bo‘lgan o‘quvchi.
“Hozirda mana endi biz ota-onalar jabrini tortib o‘tiribmiz, bu yerda. Qancha-qancha ota-onalar Namangan viloyatida xuddi shunday tadbirkorlar orqasidan aziyat chekibdi. Vijdonni sotmasdan, kallani ishlatib, ish qilinglar.
Ota-onalarga jabr qilmanglar, bizga. Biz bularni orqasidan doim poylab yurolmaymiz. Bular telefonda shundoq kanalga kirsa, sizlar taklif qilib tursanglar, ularning telefonini doim tekshirishga bizning qurbimiz yetmaydi, aqlimiz yetmaydi. O‘zimizning ishimiz bor, bola-chaqani boqish bor, ro‘zg‘or bor.
Sizlar arzimagan, oson pul topaman deb, o‘quvchilarga mashinani berasizlar, avariya bo‘lib o‘lib ketgani qancha? Hozir mana shu yerda 15 kundan buyon komada yotgani ham bor ekan, xuddi shunaqa avariya bo‘lib”, deydi YTHga uchragan o‘quvchining otasi.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Bolalarga avtomobilni boshqarishga berganlik uchun alohida javobgarlik belgilanmoqda
Bog‘cha xodimlari uchun oliygohda dual ta’lim shaklida o‘qish tartibi belgilanmoqda
Endilikda attestatsiyadan o‘tmasdan turib, ikkinchi va birinchi malaka toifasini olishi mumkin bo‘ladi
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun milliy sertifikat joriy etildi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Bolalarga avtomobilni boshqarishga berganlik uchun alohida javobgarlik belgilanmoqda
Voyaga yetmagan shaxsga transport vositasini boshqarish uchun berganlik uchun alohida ma’muriy javobgarlik belgilash taklif etilmoqda.
Yangiliklar
“Andijon polkasi” tadbiriga ketayotgan maktab o‘quvchisi vafot etdi
“Andijon polkasi” tadbiriga ketayotgan maktab o‘quvchilari YTHga uchradi. Bir bola vafot etdi.
Yangiliklar
14 nafar bolani bog‘chaga olib ketayotgan mashina avariyaga uchradi, haydovchi vafot etdi
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 1992-yilda tug‘ilgan G.Q. tegishli hujjatlarsiz “Matiz” rusumli avtomobilni boshqarib ketayotib, tajribasizligi va chalg‘ishi oqibatida rul boshqaruvini yo‘qotgan.
Yangiliklar
Maktabda o‘qiydigan farzandiga mashina bergan ota 5 sutkaga qamaldi
Voyaga yetmagan farzandlarining avtomobilni yuqori tezlikda boshqarishiga yo‘l qo‘yibgan ota besh sutkaga qamaldi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang