Ta’limda maoshlarning nisbiy kamayishi to‘xtagani yo‘q
Statistika agentligi 2025-yil yanvar-mart oylari holatiga ko‘ra eng ko‘p va kam maosh olayotgan soha vakillari haqidagi statistik ma’lumotlarni e’lon qildi.
Bunda o‘zbekistonliklarning o‘rtacha oyligi 5 mln 796 ming so‘mni tashkil qildi. Ta’lim sohasi vakillarining oylik maoshlari bu safar ham barcha sohalar ichida past ko‘rsatgichni qayd etdi.
O‘zbekiston Respublikasida 2025-yil yanvar-mart oylarida o‘rtacha oylik ish haqi 5 mln 796 ming so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18 foizga o‘sganligi kuzatildi.
O‘rtacha oylik nominal ish haqi miqdori haqida ma’lumotlar 2025-yilning yanvar-mart oylariga oid bo‘lib, 2024-yilning mos davriga nisbatan taqqoslangan. Bu taqqoslash orqali sohalar kesimida farqlar va o‘zgarishlar tahlil qilingan.
Bunda ta’lim sohasida o‘rtacha ish haqi 4 mln 44 ming so‘mni tashkil etib, 17,7 foizga oshganligi kuzatildi.
Uning tarkibi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi oliy ta’lim sohasida 9 mln 591 ming so‘mni, texnik va professional ta’lim sohasida 4 mln 154 ming so‘mni, umumiy o‘rta ta’lim sohasida 3 mln 970 ming so‘mni, maktabgacha ta’lim sohasida esa 2 mln 164 ming so‘mni tashkil etdi.
O‘rtacha oylik ish haqining faoliyat turlari bo‘yicha solishtirilganda, eng yuqori maoshlar bank, sug‘urta, lizing va vositachilik faoliyatiga to‘g‘ri kelib, ularning o‘rtacha oylik ish haqi 15 mln 847 ming so‘mni tashkil etgan.
Ta’limda maoshlarning nisbiy kamayishi to‘xtagani yo‘q
Ta’lim sohasi vakillarining oylik maoshi borasida iqtisodchi Otabek Bakirov ham o‘zining kichik tahlillarini aytdi.
“8 yildan beri davom etayotgan ta’lim va tibbiyotda maoshlarning O‘zbekistondagi o‘rtacha oylikdan sekinroq o‘sishi to‘xtagan yo‘q. Xususan, 1-aprel holatiga maktab o‘qituvchilarining o‘rtacha maoshi (3 970,4 ming so‘m) O‘zbekistonliklarning o‘rtacha maoshidan 32,5%ga ortda qolmoqda (o‘tgan yilning shu davrida ortda qolish 31,2% edi). Islohotlar boshlangan 2017-yilda o‘qituvchilarning maoshi respublika bo‘yicha o‘rtacha maoshdan 20% ortda qolar edi”, - deydi iqtisodchi.
Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-avgustdagi PF-108-sonli farmoniga muvofiq 2024-yil 1-oktyabrdan pedagog xodimlarning ish haqi miqdori 15 foizga (boshqa soha vakillariga nisbatan 5 foizga) oshirilgandi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan 2025-yil 1-sentyabrdan boshlab maktab direktorlarining oylik maoshi 20 foizga, direktor o‘rinbosarlarining oylik maoshi esa 15 foizga oshirilishi belgilandi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
1-sinfga qabul uchun fuqarodan 300 dollar olgan maktab xodimi qo‘lga tushdi
7 695 ta maktab uchun maktab maslahatchilari saralab olindi
Zo‘ravonlikka uchragan bolalar uchun “Qo‘llab-quvvatlash markaz”lari tashkil etiladi
O‘zbekistonlik o‘quvchilar 2 yillik tanaffusdan so‘ng Xalqaro biologiya olimpiadasida 3 ta medalni qo‘lga kiritdi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Anomal issiq sababli yopilgan bog‘cha xodimlarining ish haqi toʻliq toʻlab beriladi, ota-onalardan ham to‘lov undirilmaydi
Ma’lum bo‘lishicha, bekor turib qolingan vaqtga mutanosib ravishda bog‘cha xodimlarga ish haqini toʻliq toʻlash bo‘yicha ko‘rstma berilgan.
Yangiliklar
Anomal issiq sabab vaqtincha yopilgan bog‘chalardagi xodimlarga ish haqi qanday to‘lanadi?
Mazkur masalaga advokat Saydali Muxtoraliyev huquqiy izoh berdi. Uning ta’kidlashicha, avvalo bekor turib qolishning sababi qanday baholanishi muhim ahamiyatga ega. Chunki Mehnat kodeksining 266-moddasida bunday holatlar uchun turli tartiblar belgilangan.
So'ragan edingiz
Vazir ustamasi puli “otpusknoy”ga qo‘shiladimi?
Har yili bizga ushbu ustama pullari qo‘shib hisoblanib, ta’til puli to‘lanmaydi. Vaholanki, undan daromad solig‘i olinadi.
So'ragan edingiz
Yangi olingan malaka toifasi uchun qachondan boshlab to‘lov qilinadi?
Malaka toifasi (lavozimi) saqlangan yoki oshirilgan pedagoglarga qo‘shimcha haq to‘lovlarini amalga oshirishga hech qanday limit belgilanmagan.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang