Ustama uchun ball berishda qilingan ishlar veb-saytda ham yoritilishi kerakmi?
Savol
823-qaror asosida ishlab chiqilgan baholash mezonining 8-bandida sinfdan tashqari ishlar uchun ball berilardi.
Biz tadbirlarni yil boshida rejaga kiritganmiz, Adliyaga tasdiqlatganmiz va shu asosda tadbir o‘tkazib, bayonnoma, tadbir lavhalarini ustama yig‘majildga joylaganmiz, bo‘sh, iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash rejalarini ham tasdiqlangan holda qo‘yganmiz.
Lekin maktab Ishchi guruhi tadbirlarni qabul qilmadi. Ular veb-saytlarda yoritilmagan tadbirlar qabul qilinmaydi, deb aytyapti. Shu to‘g‘rimi?
Javob
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga 1-ilovada pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining faoliyatini baholash mezonlari tasdiqlangan.
Mazkur mezonning 8-bandida sinfdan tashqari ishlar uchun pedagog xodimlarga beriladigan ballar miqdori ko‘rsatilgan.
Unga ko‘ra, o‘qituvchi tomonidan:
- kreativlikni rag‘batlantirishga qaratilgan tadbirlarni (fotoko‘rgazmalar, hunarmandchilik, musiqa va teatr sahnalari kabi) tashkil etgan bo‘lsa — 5 ball;
- o‘quvchilarni fikrlashga o‘rgatuvchi va dunyoqarashini kengaytiruvchi, yangi ko‘nikmalar beruvchi qo‘shimcha mashg‘ulotlar (debat va hikoya qilish klublari, maktab radiosi/gazetasi/veb-sayti, axborot-tahliliy mashg‘ulotlari) olib borsa — 10 ball;
- o‘quvchilarni izlanishga undovchi ishlarni (iqtidorli va bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan qo‘shimcha mashg‘ulotlar o‘tkazish, nutq san’ati tadbirlari) olib borsa — 15 ball berilishi nazarda tutilgan.
Sinfdan tashqari qilingan ishlarni isbotlash uchun qanday hujjatlar taqdim etishi kerak?
O‘qituvchi tomonidan o‘tkazilgan sinfdan tashqari tadbirlar haqida qisqacha (1 sahifadan oshmagan holda) ma’lumot va ushbu tadbirning ikki (2) donadan oshmagan holda fotosuratlari taqdim etiladi.
Shuningdek, o‘qituvchi tomonidan agar sinfdan tashqari ish sifatida maktab radiosida chiqish qilingan bo‘lsa, bunday holda uning elektron shakldagi audioyozuvi CD-DVD yoki boshqa tashqi xotira qurilmalari), maktab gazetasidagi maqolaning nusxasi asoslovchi hujjat sifatida ishchi guruhga taqdim etiladi.
Agar o‘qituvchi tomonidan maktab veb-sayti yuritilayotgan bo‘lsa, u holda bunda o‘qituvchi tomonidan asoslovchi hujjat talab qilinmaydi va ishchi guruh tomonidan mustaqil ravishda aniqlanadi.
Bu yerda Ishchi guruhni chalg‘itayotgan narsa - maktab veb-saytini yuritish.
Ma’lumki, ba’zi maktablarning veb-sayti ham mavjud bo‘lib, uni pedagog xodimlar tomonidan yuritilishi yo‘lga qo‘yilgan.
Shu sababli, baholash mezonining 8-bandida sinfdan tashqari ishlar sifatida maktab veb-saytini yuritganlik uchun ham ustama mezonlari bo‘yicha ball berish nazarda tutilgan.
Sinfdan tashqari qilingan ishlarni asoslash uchun ularni turli xil veb-saytlarda yoritish kerak, degan mazmunda talqin qilinishi mutlaqo xatodir.
Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, sinfdan tashqari tadbirlar haqida qisqacha (1 sahifadan oshmagan holda) ma’lumot va ushbu tadbirning ikki (2) donadan oshmagan holda fotosuratlari taqdim etilishining o‘zi yetarli hisoblanadi.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom hamda Xalq ta’limi vazirligining 2021-yil 11-iyundagi 02-02/3-1699-sonli ko‘rsatma xati.
Izohlar 7
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Farg‘ona va Xorazm viloyati MMTB boshliqlari ma’muriy javobgarlikka tortildi
Vazirlik xorijiy til o‘qituvchilari uchun B2 sertifikati talabini malaka talablariga kiritdi
Bugundan maktab maslahatchisi lavozimi uchun test sinovlari boshlandi
“B2 sertifikati yo‘q o‘qituvchilarni ishdan bo‘shatib bo‘lmaydi” — Davlat mehnat inspeksiyasi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Endi maktabdagi rahbar xodimlar oylik maoshini yana oshirishi mumkin
Maktab direktori va uning o‘rinbosarlari faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlarining (KPI) baholash metodikasi va tartibi belgilandi.
So'ragan edingiz
O‘qituvchilarga qachondan boshlab 70 foizlik ustama to‘lash boshlanadi?
Kuzgi attestatsiya test sinovlarida ishtirok etib, 86 va undan yuqori ball olgan pedagoglarga 70 foizlik ustama qachondan boshlab to‘lanishi haqida xalqtaliminfo.uz’ga o‘qituvchilar tomonidan savol yo‘llamoqda.
So'ragan edingiz
Ayrim o‘qituvchilar 70 foizlik ustamadan mahrum bo‘lishi mumkinmi?
Bahorgi attestatsiyada qatnashib, birinchi malaka toifasiga hamda 70 foizlik ustamaga ega bo‘lgan o‘qituvchilar kuzgi attestatsiyada ham qatnashib, oliy malaka toifasiga ega bo‘lib qolsa-yu, ammo 86 ballik natija qayd etolmasa, unda 70 foizlik ustamadan mahrum bo‘lishlari mumkin.
Yangiliklar
Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga 20 foizgacha qo‘shimcha ustama beriladi
O‘z faoliyatida ijobiy natija ko‘rsatgan jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarini rag‘batlantirish tartibi belgilandi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang