Kuzgi attestatsiyadan o‘tolmagan o‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchilar ishdan bo‘shatiladimi?
Savol
O‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchiman. Direktorimiz kuzgi attestatsiyada qatnashishim kerakligi, agar unda yetarli ball to‘play olmasam, ishdan bo‘shatilishim haqida ogohlantirish berdi.
O‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchilarga attestatsiyada faqat bir marta imkoniyat beriladi, xolosmi?
Javob
2025/2026 o‘quv yilidan boshlab, birinchi marotaba oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish jarayonlari boshlanadi.
unda attestatsiya test sinovlariga jalb qilingan oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan pedagog kadrlarga malaka toifalari berilmaydi, bunda ular lavozimini saqlab qolishlari kerak bo‘ladi.
Ya’ni, oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan pedagog kadrlar:
- 55 ball va undan yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — attestatsiyadan o‘tgan, lavozimi saqlangan;
- 55 balldan kam ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — attestatsiyadan o‘tmagan, o‘qituvchi lavozimiga muvofiq emas, deb hisoblanadi.
Oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan pedagog kadrlar navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘ta olmagan taqdirda, ish beruvchi xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi sababli u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilish huquqiga ega bo‘ladi.
Ya’ni, bu vaziyatda attestatsiyadan o‘ta olmagan o‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchini ishdan bo‘shatish yoki bo‘shatmaslik maktab direktorining ixtiyorida bo‘lib, birinchi attestatsiya jarayonida ularning ishda qolish yoki qolmasligini direktor hal qiladi.
Maktab direktori mehnat shartnomasini bekor qilmagan taqdirda, navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘ta olmagan oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan pedagog kadr navbatdan tashqari attestatsiyaga ko‘pi bilan ketma-ket ikki marta jalb etiladi.
Bunda ikki martadan birortasida ham navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘ta olmagan yoki uzrli sababsiz (kasallikka chalinishi oqibatida mehnatga qobiliyatsizlik davrida hamda davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligidan tashqari hollarda) attestatsiyada ishtirok etmagan pedagog kadr bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi sababli bekor qilinadi.
Attestatsiyadan o‘ta olmagan oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan pedagog kadrlarni ketma-ket ikki marta navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etishga pedagog kadr faoliyat ko‘rsatayotgan ta’lim tashkilotining rahbari shaxsan javobgar hisoblanadi.
Attestatsiyadan o‘ta olmaganligi sababli mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda pedagoglarning mehnat shartnomasi (xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi sababli) bekor qilingan taqdirda, pedagog kadr faqat o‘z xohishi bilan navbatdan tashqari Kasbiy sertifikatlash sinovida ishtirok etib, sertifikatni qo‘lga kiritgan holdagina, yana pedagog sifatida ishga qabul qilinishi mumkin bo‘ladi.
Izohlar 15
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga yangi rahbar tayinlandi
Vazir attestatsiyadan norozi bo‘lgan bir guruh o‘qituvchilarga duch keldi
Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari Prezident administratsiyasi va Sport vazirligiga murojaat yo‘lladi
O‘qituvchilar uchun attestatsiya to‘lovi 50 foizga arzonlashdi
Mavzuga doir yangiliklar
Attestatsiya
Nega milliy sertifikatda A+ olgan o‘qituvchi malaka toifa imtihonidan yiqilmoqda?
Bugungi ta’lim tizimida ko‘plab o‘qituvchilar orasida bir savol keng tarqalgan: nega milliy sertifikatda yuqori — A+ darajaga erishgan pedagoglar ham malaka toifa imtihonlarida kerakli ballni to‘play olmayapti?
Attestatsiya
Vazir E’zoza Karimova attestatsiyaga bordi, endi tizim o‘zgaradimi?
So‘nggi yillarda vazir sifatida faoliyat yuritgan Ulug‘bek Inoyatov, Sherzod Shermatov ham, Baxtiyor Saidov ham va Hilola Umarova ham shaxsan test jarayonlari o‘tkazilayotgan manzilga borib, norozi o‘qituvchilar bilan suhbatlashmagandi.
Yangiliklar
Prezident topshirig‘i bilan o‘qituvchilar attestatsiyasi bekor qilindi — Qozog‘iston
Qozog‘iston bo‘ylab pedagoglar uchun attestatsiya testi rasman bekor qilindi.Bu haqda Qozog‘istom ta’lim vaziri Juldiz Suleymenova ma’lum qildi.
Vazir attestatsiyadan norozi bo‘lgan bir guruh o‘qituvchilarga duch keldi
Uchrashuvda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari attestatsiya uchun tuzilgan testlarning murakkabligidan shikoyat qilishdi. Ular jarayonning qay darajada qiyinligini isbotlash uchun vazirga o‘zlari bilan birga testga kirishni taklif qilishdi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang