Vazirlik “Dolzarb 90 kun” tadbirlari yakuni bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi
Avvalroq, “Dolzarb 90 kun” tadbirlari sentyabr oyidan rasman yakunlangani haqida xabar bergandik. Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Axborot xizmati ham “Dolzarb 90 kun” tadbirlari rasman yakunlanganini aytib, 2025-yil iyun – avgust oylari davomida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berdi.
Vazirlik bergan axborotda aytilishicha, joriy yilning 15-may kuni prezident raisligida bo‘lib o‘tgan sohaga oid videoselektor yig‘ilishida yozgi ta’til davrida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha “Dolzarb 90 kun” tadbirlarini yuqori darajada o‘tkazish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berilgan.
Mazkur topshiriq ijrosi yuzasidan, “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida 1-iyundan 30-avgustgacha yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni sog‘lomlashtirish va har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha bir qancha ishlar olib borilgan.
Xususan, joriy yilning iyun-avgust oylari davomida jami 200 mingdan ortiq tadbirlar tashkil etilib, mazkur tadbirlarga 7 million nafardan ortiq o‘quvchi va yoshlar jalb etildi.
Jumladan, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 1 251 ta umumta’lim maktablarda kunduzgi oromgohlar tashkil etilib, ularda 173 ming nafar o‘quvchilar ishtirok etdi.
Maktablarda “Yoz – 2025” loyihasi doirasida 14 988 ta sport musobaqalari o‘tkazilib, ularda 306 ming nafar o‘quvchilar qatnashdi. Respublika bo‘ylab 219 ta “Barkamol avlod” bolalar maktablaridagi 79 ta to‘garaklarda 300 ming nafardan ortiq o‘quvchi-yoshlar o‘z yo‘nalishlarida yangi ko‘nikmalarni egallashdi.
545 ta maktablarda tashkil etilgan qo‘shimcha darslarda esa 125 ming nafar o‘quvchilar qamrab olindi. 13 885 ta repetitorlik va ijodiy to‘garak kurslariga jami 2 mln nafardan ortiq yoshlar bilim olishdi.
Bundan tashqari, joylarda “Barkamol avlod bolalari”, “Kitobxonlar” festivallari, “Turon” maktab teatri va “Iqtidor” maktab ansambli konsert dasturlari doirasida 6 338 ta tadbirlar tashkil etilib,ularga 294 ming nafar o‘quvchi-yoshlar jalb etildi.
Bundan tashqari, “Turon” maktab teatri va “Iqtidor” maktab ansambili” jamoalari tomonidan O‘zbekiston Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostida joriy yilning 26-28-avgust kunlari tuman (shahar) marazlarida teatr namoyishlari tashkil etildi. Ushbu tadbirlarda 360 ming nafardan ortiq o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.
Shuningdek, 9 505 ta ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda 243 ming nafar o‘quvchilar qamrab olindi. E’tiborli jihati, bu yil ilk bora 100 nafar sportchi yoshlar uchun “Lochin” dam olish maskanida o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Oromgohda o‘quvchilar o‘rtasida turli musobaqalar tashkil etish orqali ularning orasidan eng iqtidorli o‘quvchilar saralab olinib, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Milliy terma jamoasi shakllantirildi.
Shuningdek, joriy yilda “Dolzarb 90 kun” davomida 54 nafar iqtidorli o‘quvchilar Rossiya, Belarus va Xitoy davlatlarga sog‘lomlashtirish oromgohlariga yuborildi.
Ammo vazirlik avvalgi rasmiy bayonotida ma’lum qilganidek, “Dolzarb 90 kun” tadbirlarga o‘z ixtiyori bilan qatnashgan pedagoglarni bir martalik pul mukofotlari bilan rag‘batlantirish masalasiga to‘xtalib o‘tmagan.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Attestatsiya uchun o‘qituvchilardan 25 ming dollar olgan pedagoglar qo‘lga tushdi
Maslahatchi lavozimi kichik maktablarda 0.5 stavka miqdorda tashkil qilinadi
Attestatsiyadan norozi o‘qituvchilar sud uchun yig‘ilgan pullarni xayriya qilib yubordi
Maktablarda “Ombudsman soati” joriy etish rejalashtirilmoqda
Mavzuga doir yangiliklar
Muallimdan maktub
O‘zbekistonlik o‘qituvchilar yozgi ta’tilni qanday o‘tkazdi?
O‘zbekistonlik aksariyat o‘qituvchilar uchun darsdan tashqari vaqtda qo‘shimcha ishlarda ishlash odatiy holga aylanib ulgurgan. Sabab esa bitta — dars soatlarining yetishmasligi, oylik maosh kamligi.
Yangiliklar
Nihoyat, vazirlik “Dolzarb 90 kun” tadbirlari bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi
Vazirlikning tahririyatimizga yo‘llagan rasmiy javob xatida ta’kidlanishicha, yozgi ta’til vaqtida hech bir pedagogning mehnat huquqlari buzilmasligi nazarda tutilgan.
Muallimdan maktub
“Dolzarb 90 kun” tadbirini deb, direktorning boshi baloga qoldi...mi?
“Dolzarb 90 kun” tadbirini o‘tkazgan maktab direktori chaqirtirlidi. Aslida, tadbirga taniqli olimlar, yozuvchilar ham taklif qilingan. Shuningdek, maktab direktori Rustam Abduvohidovning tashabbusi bilan “Yoshlar festivali” ham tashkil etilgandi.
Yangiliklar
“Dolzarb 90 kun” tadbirlari yakunlandi
Joriy yilning 31-may kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi respublika bo‘ylab barcha hududlarda o‘quvchilarning yozgi ta’til davomidagi vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida “Dolzarb 90 kun” tadbirlari boshlanganini rasman e’lon qilgandi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang