2025-yilgi attestatsiyada 60 foizdan ortiq o‘qituvchi o‘tolmagani ma’lum bo‘ldi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi joriy yilgi malaka toifasi test sinovlariga oid statistikani e’lon qildi. Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilda ikki marotaba o‘tkazilgan test sinovlarida 64,4 foiz o‘qituvchilar yetarli natija qayd etolmagan.
2025-yilda ikki marta (bahor va kuz oylarida) pedagoglar ishtirokida o‘tkazilgan malaka toifa sinovlarida 353 604 nafar pedagog qatnashgan bo‘lsa, ularning 22 311 nafariga oliy, 43 445 nafariga birinchi, 60 055 nafariga ikkinchi, 13 371 nafariga mutaxassis malaka toifasi berilgan.
Buning natijasida umumiy hisobda 125 811 nafar malaka toifasini saqlagan va oshirgan pedagoglarga tegishli malaka toifa sertifikatlari berilgan. Bunda 227 793 nafar pedagoglar attestatsiyadan o‘tolmagan.
6 553 nafar pedagoglarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri, ya’ni attestatsiyadan o‘tkazilmasdan malaka toifa sertifikatlari berildi. Tegishli milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlarga ega 48 ming 600 nafarga yaqin pedagoglarga belgilangan tartibda ustama to‘landi.
Ma’lumot uchun: Joriy yilgi attestatsiya test sinovlari o‘qituvchilar orasida yanada katta norozilikka sabab bo‘lgandi. Xususan, attestatsiyadan norozi o‘qituvchilar tomonidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bir necha bor sudga berildi. Bo‘lib o‘tgan sud ishlarida esa vazirlik foydasiga qaror chiqarilgan.
Shuningdek, 2025-yildan boshlab hukumatning 2025-yil 26-noyabrdagi VM-740-sonli qarori bilan attestatsiya bo‘yicha apellyatsiyada o‘qituvchilar ishtiroki rasman cheklandi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Qimor o‘ynagan MMTB boshlig‘i va direktorlar jarimga tortildi
Attestatsiya to‘lovi 10-martgacha amalga oshiriladi, biroq xatolik chiqsa, pullar qaytarilmaydi
Vazir E’zoza Karimova maktabda dars o‘tdi
Vazirlik malaka toifasi sertifikati muddatlari nega o‘zgarib qolganiga izoh berdi
Mavzuga doir yangiliklar
Maqola
“Tanaffus” podkastidagi bahs qanday oʻtdi
Tarixchilar oʻrtasidagi bahsni koʻrgach, bu haqdagi tahlillarini tanqidiy fikrlash boʻyicha mutaxassis, "Ta'lim tahlili" loyihasi eksperti Otabek Rahmonberganov ayni shu mavzuda maqola tayyorladi.
Attestatsiya
Attestasiyada “xom ballar” asosida o‘qituvchilar haqida qaror chiqarish – shunchaki “lotereya”
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri E'zoza Karimova hamda Baholash markazi direktori Dilrabo Davidovaga ochiq murojaat.
Yangiliklar
Attestatsiya to‘lovi 10-martgacha amalga oshiriladi, biroq xatolik chiqsa, pullar qaytarilmaydi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi attestatsiya uchun to‘lovlarni amalga oshirishni 2026-yilning 10-martiga qadar uzaytirdi.
Yangiliklar
Vazirlik malaka toifasi sertifikati muddatlari nega o‘zgarib qolganiga izoh berdi
Avvalroq, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan hali muddati tugamagan malaka toifa sertifikatlarining amal qilish muddati kutilmaganda, hech qanday ogohlantirishlarsiz o‘zgartirib qo‘yilgani haqida xabar bergandik.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang