Ikkita mutaxassislikka egalik dars taqsimotida ustunlik beradimi?
Savol
Men institutning sirtqi bo‘limida matematika va informatikada o‘qib, bu yil bitirdim. 3 kursdan boshlab maktabda matematikadan dars berib kelyapman. Darsim 10 soat. Yana bir o‘qituvchida 25 soat dars bor. Ikkalamizda ham hech qanday sertifikat yoki toifa yo‘q, mutaxassismiz.
Informatika fani o‘qituvchisi ham mutaxassis, sertifikati ham yo‘q, 10 soat darsi bor. Mening diplomimda matematika va informatika deb yozilgan.
Savolim shuki, men ikkala o‘qituvchi bilan ham darslarni teng bo‘lisha olamanmi? Ya’ni, matematika o‘qituvchisi bilan 17 soatdan, informatika o‘qituvchisi bilan 5 soatdan.
Yoki umumiy soatlar ko‘payib ketgani uchun teng hisoblanmay qoladimi? E’tiborli jihati, biri matematika fani o‘qituvchisi biri esa informatika fani o‘qituvchisi. Menda esa ikkita yo‘nalish ham bor va uchalamiz ham mutaxassismiz. Darajalarimiz teng.
Javob
Pedagoglarga darslarni taqsimlash “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi” nizomning (ro‘yxat raqami 3271, 2020-yil 30-iyun) 15-bandi to‘rtinchi xatboshisida nazarda tutilgan ustuvor ketma-ketlik asosida taqsimlanadi. Mazkur ko‘rsatkichlar ketma-ketligi asosida ustunlikka ega bo‘lgan o‘qituvchilarga dars soatlarining maksimal miqdorlari belgilanishi tavsiya etiladi.
Mazkur nizomning 16-bandiga ko‘ra aynan bir xil koʻrsatkichlar mavjud boʻlgan bir nechta oʻqituvchilar oʻrtasida dars soatlari teng taqsimlanadi.
Mazkur holatda dars soatlari fanlar kesimida emas, pedagog xodimning umumiy o‘quv yuklamasi doirasida hisoblanadi. Shu sababli o‘qituvchining matematika hamda informatika fanlari bo‘yicha ikki xil mutaxassislikka ega ekani uning har bir fan bo‘yicha alohida-alohida dars soati olishi uchun ustuvorlik bermaydi.
Ya’ni, o‘qituvchining diplomida matematika va informatika fanlari bo‘yicha mutaxassislik mavjud bo‘lsa-da, u maktabdagi dars soatlari taqsimotida ikki nafar alohida pedagog sifatida emas, bir nafar pedagog xodim sifatida ishtirok etadi.
Shu bois matematika fanidan 17 soat, informatika fanidan esa 5 soat olib, jami 22 soat yuklama shakllantirish orqali boshqa ikki nafar o‘qituvchidan alohida-alohida dars soati talab qilolmaydi.
Ma’lumki, bir stavkada faoliyat yuritayotgan o‘qituvchi uchun yuqori V–XI sinflarda haftalik o‘quv yuklamasi 20 soat, pedagogik yuklama esa 16 soat etib belgilangan. Shu sababli, o‘qituvchining ikki mutaxassislikka ega ekanligi unga dars soatlarini taqsimlashda har bir mutaxassislik bo‘yicha alohida ustunlik berilishini anglatmaydi.
U o‘ziga mos bo‘lgan har ikkala fan bo‘yicha dars berishi mumkin, biroq uch nafar o‘qituvchining ko‘rsatkichlari bir xil bo‘lganligi uchun bu fanlarning har birida boshqa o‘qituvchilar bilan alohida tenglashtirilib, ikki karra yuklama olishi mumkin emas.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, savolda keltirilgan uch nafar o‘qituvchining ko‘rsatkichlari bir xil — barchasi mutaxassis, ularda malaka toifasi va sertifikat mavjud emas — deb olinadigan bo‘lsa, dars soatlari mazkur nizomning 16-bandida nazarda tutilganidek teng taqsimlanishi lozim.
Biroq bu qoida o‘qituvchining har bir mutaxassisligi bo‘yicha dars soatlari alohida hisoblanish kerakligini anglatmaydi. Demak, sizning holatingizda matematika fanidan boshqa matematika o‘qituvchisi bilan alohida, informatika fanidan esa informatika o‘qituvchisi bilan alohida tenglashtirib, 17 soat matematika +5 soat informatika tarzida jami 22 soat olish mumkin emas.
Dars soatlari pedagogning umumiy o‘quv yuklamasi va nizomda belgilangan ustuvorlik mezonlari asosida, boshqa pedagoglarning huquqlari ham inobatga olingan holda taqsimlanishi lozim.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
O‘qituvchilar majburiy tibbiy ko‘rikdan bepul o‘tadi — vazirlik topshiriq berdi
Bu yil 1696 nafar o‘qituvchiga qariyb 7 mln 500 ming so‘mlik vazir ustamasi beriladigan bo‘ldi
Ayrim davlat maktablarida oyiga 29 mln so‘mlik pullik sinf ochilmoqda
Maktablarda yangi o‘quv yili 2-sentyabrdan boshlanadi
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
O‘qituvchilarga 20 soatdan ortiq dars berilmayaptimi?
Yangi o‘quv yili oldidan maktablarda dars soatlarini taqsimlash jarayonida pedagoglar orasida savollar ko‘paymoqda. Xalqtaliminfo.uz’ga kelib tushayotgan murojaatlarda aytilishicha, bu yil ayrim maktablarda o‘qituvchilarga 20 soatdan ortiq dars berilmayapti. 20 soatdan ortib qolgan dars soatlari esa o‘qituvchilarga berilmay, vakant sifatida ko‘rsatilmoqda.
Yangiliklar
Boshlang‘ich sinflarda jismoniy tarbiya fanini kim o‘qitishi kerak? Vazirlik izoh berdi
Avvalroq, xalqtaliminfo.uz’da boshlang‘ich sinflarda jismoniy tarbiya fanidan dars berish masalasiga doir maqola e’lon qilingandi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mazkur maqola yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Yangiliklar
Boshlang‘ich sinflarda jismoniy tarbiya fanidan dars berish masalasi muhokamalar markazida
Ma’lumki, boshlang‘ich sinflarda bir qancha alohida fanlar ham o‘qitiladi. Shu kunga qadar mazkur fanlarning ayrimlari yuqori sinf o‘qituvchilari, ayrimlarini esa boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari tomonidan o‘qitib kelingan.
So'ragan edingiz
Dekret ta’tilidan qaytgan o‘qituvchilarga faqat ta’tildan avvalgi dars soatlarigina beriladimi?
Dekret ta’tilidan qaytgan o‘qituvchilarga ta’tildan avvalgi dars soatlarigina beriladi degan qoida yo‘q.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang