O'qituvchilar direktorlik lavozimiga o‘z nomzodini qo'yishi mumkin

17:05 / 26.12.2023
1.12k
Avvallari maktab direktori lavozimida ishlash istagida bo‘lgan o‘qituvchilar pedagogik staj bilan birga rahbarlik lavozimida kamida 2 yillik ish stajiga ega bo‘lishi shart edi.
Ya'ni, oddiy o‘qituvchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri maktab direktori bo‘lishi uchun ma’lum bir muddat rahbarlik lavozimida ishlagan bo‘lishi talab etilardi. Undan tashqari yana boshqa ayrim to‘siqlar ham mavjud bo‘lgan. Direktorlarni lavozimga tayinlashda mutlaqo korrupsiya yo‘q deb ham aytolmasdik.
Endi amaldagi yangi tartibga ko‘ra 5 yillik pedagogik staj bilan oddiy maktab o‘qituvchisi ham direktorlikka nomzodini qo‘yishi mumkin. Albatta, buning uchun ular bir oylik menejerlik o‘quv kurslarida o‘qib, sertifikat olishi kerak bo‘ladi. Bu Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-dekabrdagi 681-son qarori bilan tartibga solindi.
Endi direktorlikka nomzodlarni deputatlar ham, hokimlik ham, hududdiy boshqarma boshliqlari ham emas, balki Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri hisobdor bo‘lgan “Direktorlar kengashi” suhbatdan o‘tkazib direktorlikka tavsiya etadi.
Eng asosiysi, direktorlikka nomzodlarning suhbat jarayoni to‘liq video tasvirga olinadi va bir yil muddatda saqlanadi. Bu esa suhbat jarayonining yanada shaffof o‘tishini ta’minlaydi.
“Direktorlar kengashi” hokimga ham hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshliqlariga ham bo‘ysinmaydi. “Direktorlar kengashi” tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalar hatto vazirlikning hududiy bo‘linmalari tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Shunday ekan direktorlikka nomzodini qo‘ymoqchi bo‘lgan talabgorlar ularga qo‘yiladigan sun’iy to‘siqlardan endi qo‘rqmasa ham bo‘laveradi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

16:26 / 20.06.2025
Vazirlikning iqtisod qilingan mablag‘lari hisobidan “Maktab avtobuslari” sotib olindi

00:14 / 20.06.2025
2024-yilda malaka oshirgan pedagoglarga ustama uchun ball berilishi rasman taqsdiqlandi

08:25 / 19.06.2025
“O‘qituvchilarni attestatsiyadan o‘tkazib qo‘yish uchun 10 ming AQSH dollaridan ortiq mablag‘ yig‘ilgan” — DXX

11:06 / 16.06.2025
Ta’lim tizimida ham murojaatlar hal bo‘lmagani uchun, ijtimoiy tarmoqlar orqali chiqishlar ko‘paygan
Mavzuga doir yangiliklar

Menejerlik kursida o‘qigan 379 nafar direktor sertifikat ololmadi
Matbuot anjumanida malaka oshirish tizimi, menejerlik o‘quv kurslari, shuningdek, PISA xalqaro tadqiqotiga tayyorgarlik jarayonlari haqida ma’lumotlar berildi.
09:40 / 10.04.2025

Menejerlik kursida o‘qiyotgan direktorning vazifasini bajargan o‘rinbosarga qo‘shimcha haq to‘lanadimi?
Bu vaziyatda qo‘shimcha haq to‘lab berilmaydi
00:18 / 19.02.2025

Maktab direktorlariga menejerlik sertifikati berish tizimini takomillashtirishning zaruriy ahamiyati nimada?
Mazkur maqolada menejerlik sertifikati talabining yutuq va kamchiliklari tahlil qilinadi
02:39 / 22.12.2024

Har qanday menejerlik sertifikati uchun direktor va o‘rinbosarlarga ustama to‘lanaveradimi?
Menejerlik sertifikatini berish tartibi to‘g‘risida alohida nizom tasdiqlangan
00:49 / 24.12.2024
Izohingizni tahrirlang