Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarining lavozim vazifalari nimalardan iborat?

22:02 / 02.02.2024
12.88k
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlarini lavozim vazifalari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 27-iyundagi 190-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarining lavozim yo‘riqnomasi” hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 20-dekabrdagi 565-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari (ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan ixtisoslashtirilgan muassasalar) xodimlarining lavozim majburiyatlari” bilan tartibga solinadi.
Direktor oʻrinbosarining asosiy vazifalari va funksiyalari
Quyidagilar direktor oʻrinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
➖taʼlim muassasasida maʼnaviy-axloqiy tarbiya ishlarini tashkil qilish;
➖tarbiyaviy ishlar rejasini ishlab chiqish, ijrosini nazorat qilish;
➖taʼlim muassasasi oʻquvchilari hamda pedagoglari ishtirokidagi maʼnaviy-maʼrifiy yoʻnalishidagi tadbirlarning sifati va samaradorligi monitoringini amalga oshirish;
➖taʼlim muassasasida turli toʻgaraklar va sport seksiyalarining faoliyat yuritishini taʼminlash;
➖milliy anʼana va qadriyatlar, xalqimizning boy maʼnaviy merosi asosida oʻquvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarini tashkil qilish;
➖oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, yozgi taʼtil davrida ularning kunduzgi dam olish oromgohlarida dam olishi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish;
➖taʼlim muassasasidagi tarbiyaviy ishlar sifati va natijalarini tahlil qilish;
➖sinf rahbarlarining sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy faoliyatiga rahbarlik qilish, taʼlim muassasasidagi tarbiyaviy ishlar holati va natijalarini monitoring qilish, ota-onalar va ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar (keyingi oʻrinlarda ota-onalar deb yuritiladi) bilan hamkorlik qilish;
➖oʻquvchilarning tartib-intizomi va davomati, tarbiyaviy ishlar samaradorligini nazorat qilish;
➖oʻquv yili davomida har juma kuni tashkil etiladigan “Sinf soati”ning oʻtkazilish samaradorligini monitoring qilish;
➖oʻquvchilar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari boʻyicha huquq-tartibot, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;
➖ichki ishlar profilaktik hisobiga, maktab ichki roʻyxatiga olingan oʻquvchilar hisobi va hisobotini yuritish, ular bilan profilaktik tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlash;
➖taʼlim muassasasida “xavf guruhi”ga kiruvchi (notinch, nosogʻlom, toʻliq boʻlmagan oila) oʻquvchilarning umumiy roʻyxatini shakllantirish, maktab inspektor-psixologlari bilan birgalikda individual yondashuv asosida alohida tarbiyaviy ishlar olib borilishini tashkil etish;
➖sanʼatkorlar, sportchilar, jamoat arboblari, urush va mehnat faxriylari bilan uchrashuvlar, ijodiy kechalar va boshqa tadbirlar oʻtkazilishini tashkil qilish;
➖pedagog xodimlar uchun oʻquv yili davomida har oyning uchinchi jumasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni tashkil etish;
vatanparvarlik, insoniylik, millatlararo doʻstlik va totuvlik tamoyillariga asoslangan oʻquvchilar jamoasining shakllanishiga tegishli sharoitlarni yaratish;
➖oʻz malakasini oshirib borish, yoʻnalishi boʻyicha tuman, mintaqa va respublika miqyosidagi turli seminarlarda ishtirok etish;
➖voyaga yetmaganlarning nazoratsiz va qarovsiz qolishining, ular oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan “Oʻquvchi”, “Davomat”, “Tigʻ” kabi profilaktik reydlarda ishtirok etish;
➖sinf rahbarlari va maktab psixologlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
➖4-11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida “Kamalak” va “Yoshlar ittifoqi” sardorlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish, tarkibi 14 kishidan iborat 4-7-sinflarda har bir sinfdan 1 nafardan sinf “Kamalak” sardori”, 8-11-sinflarda 1 nafardan sinf “Yoshlar ittifoqi” sardori” tanlagan holda, “Maktab sardorlari kengashi” saylovini tashkil etish;
➖oʻquv yili davomida sardorlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash;
➖tarbiyaviy ishlar yuzasidan sinf rahbarlarining hisobotlarini eshitish, pedagogik kengashlarda umumiy hisobot berish.
Direktor oʻrinbosari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin.
Direktor oʻrinbosari oʻziga yuklatilgan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) oʻquvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yoʻnalishida:
➖Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash boʻyicha direktor oʻrinbosari-Harbiy chaqiriqqacha tayyorgarlik rahbari bilan birgalikda vatanparvarlik ishlarini muvofiqlashtirish;
➖har tomonlama yetuk, barkamol, maʼnaviy, aqliy, jismoniy rivojlangan shaxs tarbiyasini amalga oshirish, oʻquvchilarning qobiliyatlarini toʻliq namoyon etishlari uchun yetarli shart-sharoitlar yaratish;
➖oʻquvchilar oʻrtasida Vatani va xalqiga sadoqat, fidoyilik, Davlat ramzlariga hurmat ruhida tarbiyalash ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish;
➖oʻquvchilar bilan ishlashda milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash muhitini yaratish, boy madaniy merosimiz, milliy odob-axloq meʼyorlarini tarbiya jarayoniga tatbiq etish, oʻquvchilarda mehnatga ijodiy munosabatni shakllantirish;
➖tegishli idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda oʻquvchilarning gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarining oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni tizimli ravishda tashkil etish, tadbirlarga “xavf guruhi”ga kiruvchi oʻquvchilarni muntazam ravishda jalb etish.
b) ota-onalar va mahalla bilan hamkorlik yoʻnalishida:
➖“Oila – mahalla – taʼlim muassasasi” hamkorligidagi Jamoat kengashi faoliyatini keng tatbiq etish, reja asosida kengash majlislarini tashkil etish;
➖oʻquvchilarning taʼlim muassasasiga belgilangan maktab formasida kelishlarini nazorat qilish;
➖oʻquvchilarning turli diniy oqimlar taʼsiriga tushib qolishining oldini olish, targʻibot ishlarini tashkil etish;
➖oʻquvchilarning taʼlim-tarbiyasi boʻyicha ota-onalar majlislari, davra suhbatlari, muloqotlar uyushtirish;
➖darslarga surunkali va muntazam kelmaydigan, tarbiyasi ogʻir oʻquvchilarning ota-onalari hamda huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikni muvofiqlashtirish, natijalarini reja asosida direktor huzuridagi yigʻilishlarda muhokama etib borish.
d) oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni maktabdan va sinfdan tashqari faoliyatga jalb etish yoʻnalishida:
➖5 ta muhim tashabbus doirasida taʼlim muassasasida fan, sport, badiiy-estetik, sanʼat, texnik, ekologik, sayyohlik, oʻlkashunoslik va boshqa yoʻnalishlarda toʻgaraklar, klublar faoliyatini tashkil etish, oʻquvchilarning qiziqishi, imkoniyati va qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda ularni toʻgaraklarga jalb etish ishlarini muvofiqlashtirish;
➖qobiliyatli va isteʼdodli oʻquvchilarni ragʻbatlantirish, ularning ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirishga koʻmaklashish ishlarini tashkil etish;
➖oʻquvchilarning yozgi sogʻlomlashtirish oromgohlarida dam olishini tashkil etish, kuzgi, qishki va bahorgi taʼtil kunlarini mazmunli oʻtkazishi uchun sinf rahbarlari va ota-onalar hamkorligida sharoit yaratishni muvofiqlashtirish;
➖sinf rahbarlari bilan birgalikda oʻquvchilarning xavfsizligini taʼminlagan holda sinfdan va maktabdan tashqari, ekskursiya, maʼnaviy-maʼrifiy, ommaviy- madaniy tadbirlarni tashkil etishga, sayohatlar uyushtirishga bevosita rahbarlik qilish.
Direktor oʻrinbosarining majburiyatlari quyidagilardan iborat:
➖taʼlim muassasasida tarbiyaviy ishlarni shakllantirish va tizimli tashkil etish;
➖sinf rahbarlari tomonidan oʻquvchilar davomati yuritilishini nazorat qilish, tegishli tashkilotlarning vakillari bilan birgalikda dars mashgʻulotlariga surunkali va muntazam qatnashmaydigan oʻquvchilarning oilaviy ahvolini, darsga kelmaslik sabablarini oʻrganish, ularni darsga toʻliq jalb etish choralarini koʻrish, zarur hollarda ularga nisbatan taʼsirchan choralar belgilash boʻyicha tegishli tashkilotlarga rahbariyat nomidan yozma murojaat kiritish;
➖taʼlim muassasalariga biriktirilgan inspektor-psixologlar oʻquvchilarning xatti-harakati, odob-axloqi va davomatida yuzaga keladigan muammolarda belgilangan tartibda chora-tadbir ishlarini amalga oshirish;
➖“Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”, “Umumiy oʻrta taʼlim muassasa oʻqituvchi va oʻquvchilarining ichki tartib va odob-axloq qoidalari”, “Davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom” talablariga pedagog xodimlar, oʻquvchilar, ularning ota-onalari (taʼlim muassasasiga tashrif buyurgan fuqarolar) tomonidan rioya etilishini nazorat qilish, nizom talablarining buzilish holatlari kuzatilganda, ularga nisbatan taʼsirchan choralar koʻrish boʻyicha taklif kiritish;
➖amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq farzand tarbiyasida ota-ona masʼuliyati, majburiyati va javobgarligi toʻgʻrisida ota-onalar oʻrtasida targʻibot tushuntirish ishlarini tashkil etish;
➖barcha umumtaʼlim fanlari oʻqitilishida tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirilishini nazorat qilish, pedagoglarga uslubiy yordam koʻrsatish;
➖oʻzining ijtimoiy-siyosiy, huquqiy bilimlarini muntazam ravishda oshirib borish.
Direktor oʻrinbosari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham bajarishi mumkin.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

20:40 / 29.04.2025
Har ikki yilda ayrim o‘qituvchilarga 40 ming dollardan ziyod pul beriladi

11:40 / 24.04.2025
Gulnora Karimova o‘zlashtirgan pullardan ta’limga ham yo‘naltirilmoqda

18:30 / 23.04.2025
Ikki mingta maktab yuqori yuklama bilan ishlayapti

12:11 / 22.04.2025
Maktab direktori lavozimi uchun 3 ming dollar
Mavzuga doir yangiliklar

Direktor yo‘qligida uning vazifasini bajargan xodimga qo‘shimcha ish haqi to‘lanadimi?
Bu direktorning qancha vaqt ishda bo‘lmasligi bilan bog‘liq
21:41 / 14.11.2024

Maktab direktori bo'lish oson bo'lmaydi
Maktab direktorlarini lavozimiga tayinlash endilikda “Direktorlar kengashi” tavsiyasiga asosan amalga oshirilib, direktorlikka nomzodlarga menejerlik sertifikatiga ega bo'lish talabi qo'yildi.
10:00 / 30.01.2024

Maktabda er va xotin direktor o‘rinbosari bo‘lib ishlashi mumkinmi?
Bu Mehnat kodeksining 121-moddasida nazarda tutilgan.
16:40 / 15.07.2024

Direktor o‘rinbosari xalqaro sertifikat olsa, unga ustama to‘lanadimi?
O‘zi dars beradigan fani bo‘yicha tegishli darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga ustamalar to‘lab berish nazarda tutilgan.
12:30 / 06.05.2024
Izohingizni tahrirlang