Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari tomonidan qanday hujjatlar yuritilishi lozim?
22:26 / 02.02.2024
7.39k
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 27-iyundagi 190-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarining lavozim yo‘riqnomasi” hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 20-dekabrdagi 565-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari (ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan ixtisoslashtirilgan muassasalar) xodimlarining lavozim majburiyatlari”da ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari tomonidan qanday turdagi hujjatlar yuritilishi lozimligi belgilab berilgan.
Direktor oʻrinbosari tomonidan quyidagi hujjatlar yuritiladi:
1.Yillik ish reja va ijrosi yuzasidan hujjatlar toʻplami (yuqori tashkilotlar rejasi, 5 ta muhim tashabbuslar va taʼlim muassasasi umumiy rejasiga muvofiq ishlab chiqilgan /tasdiqlangan/ ish rejasi, undagi tadbirlarning bajarilishi yuzasidan tegishli hujjatlar).
2.Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasiga doir hujjatlar toʻplami (Bolalar masalalari boʻyicha idoralararo milliy komissiyasi bilan ishlash hujjatlari, ichki ishlarning profilaktik hisobida turuvchi oʻquvchilar yigʻma jildlari, odam savdosiga, giyohvandlikka, diniy ekstremizm va aqidaparastlikka, OITSga qarshi kurash, yoʻl harakati va yongʻin xavfsizligi yoʻnalishiga oid yuqori tashkilotlar rejasiga muvofiq ishlab chiqilgan /tasdiqlangan/ taʼlim muassasasining tadbirlar rejasi, undagi tadbirlarning bajarilishi yuzasidan tegishli hujjatlar).
3.“Oila – mahalla — taʼlim muassasasi” hamkorligi Jamoat kengashi faoliyatiga doir hujjatlar toʻplami (yuqori tashkilotlarning /shu jumladan xotin-qizlar bilan ishlash boshlangʻich tashkiloti/ hamkorlik rejasiga muvofiq ishlab chiqilgan /tasdiqlangan/ taʼlim muassasasining tadbirlar rejasi, undagi tadbirlarning bajarilish yuzasidan tegishli hujjatlar).
4.Oʻquvchilar davomati va boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishga doir hujjatlar toʻplami (direktor oʻrinbosari tomonidan umumlashtirilgan va tuman /shahar/ Maktabgacha va maktab taʼlimi tuman boʻlimiga taqdim etilgan davomat boʻyicha maʼlumotlar, muntazam va surunkali dars qoldiruvchi oʻquvchilar va noqobil oila farzandlari bilan olib boriladigan tadbirlar rejasi, undagi tadbirlarning ijrosi yuzasidan hamda oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, toʻgaraklar faoliyati va taʼtil kunlariga doir hujjatlar).
Direktor oʻrinbosari faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv yili choraklari va yakuni boʻyicha hisobotlar tayyorlaydi hamda taʼlim muassasasi direktoriga topshiradi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
15:28 / 03.06.2026
Vazir ustamasi bo‘yicha apellyatsiya yuborish imkoniyati cheklab qo‘yildimi?
12:48 / 02.06.2026
Endilikda musiqa o‘qituvchilariga o‘quvchilar natijasiga qarab 20 foizgacha ustama to‘lanadi
09:40 / 02.06.2026
Yangi o‘quv yili uchun “qizil” toifadagi maktablar ro‘yxati e’lon qilindi
18:00 / 01.06.2026
Bugundan xususiy universitetlarga qabul jarayonlari boshlandi
Mavzuga doir yangiliklar
Malaka oshirish
Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari har uch yilda oliygohlarda malaka oshiradi
Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash bo‘yicha direktor o‘rinbosarlarini malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash oliy ta’lim muassasalarining “Chaqiriqqacha harbiy ta’lim” ta’lim yo‘nalishida mutaxassislar tayyorlovchi harbiy ta’lim fakultetlarida tashkil etiladi.
21:00 / 10.01.2024
So'ragan edingiz
Direktor yo‘qligida uning vazifasini bajargan xodimga qo‘shimcha ish haqi to‘lanadimi?
Bu direktorning qancha vaqt ishda bo‘lmasligi bilan bog‘liq
21:41 / 14.11.2024
Maktab direktori bo'lish oson bo'lmaydi
Maktab direktorlarini lavozimiga tayinlash endilikda “Direktorlar kengashi” tavsiyasiga asosan amalga oshirilib, direktorlikka nomzodlarga menejerlik sertifikatiga ega bo'lish talabi qo'yildi.
10:00 / 30.01.2024
So'ragan edingiz
Maktabda er va xotin direktor o‘rinbosari bo‘lib ishlashi mumkinmi?
Bu Mehnat kodeksining 121-moddasida nazarda tutilgan.
16:40 / 15.07.2024
O'zbek
Izohingizni tahrirlang