Top.Mail.Ru
5 mln 775 ming so‘mlik vazir ustamasi uchun da'vogarlarga saralash imtihonlari bo‘lib o‘tdi

5 mln 775 ming so‘mlik vazir ustamasi uchun da'vogarlarga saralash imtihonlari bo‘lib o‘tdi

10:42 / 20.02.2024 2.88k

Kecha, 19-fevral kuni vazir jamg‘armasi hisobidan 2024-yilda har oylik ustamaga daʼvogar pedagoglarning saralash imtihonlari bo‘lib o‘tdi. Bu yil vazir jamg‘armasidan oylik ustama oladigan pedagoglarning soni 1250 ta deb belgilangan.

Shundan 1150 ta kvota umumta’lim muassasalari pedagoglari uchun, 100 ta kvota Ixtisoslashgan ta'lim muassasalari pedagoglari uchun ajratilgan.

Vazir jamg‘armasidan oylik ustama oluvchi g‘oliblarni aniqlash nomzodlar orasida ikki bosqichda amalga oshiriladi:

Birinchi bosqichda
Bilim va malakalarni baholash agentligi 
tomonidan barcha hududlarda nomzodlarning dars beradigan umumtaʼlim fani bo‘yicha bilim darajasini baholash uchun test sinovlari bo‘lib o‘tadi.

Ikkinchi bosqichda esa umumtaʼlim fanini bilish darajasini baholash bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlarida maksimal ballning 80 foizi yoki undan yuqori natija ko‘rsatgan nomzodlarning kasbiy mahoratini baholash uchun suhbat o‘tkaziladi. Mazkur suhbat natijalariga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan malakali pedagog kadrlarga 5 mln 775 ming so‘m miqdorida har oylik ustama to‘lanadi.

Vazir ustamasiga da’vogar pedagoglarning saralash imtihonlari jarayonidan fotolavhalar


















Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • ustama
  • vazir jamg'armasi

Ulashish