5 mln 775 ming so‘mlik vazir ustamasi uchun da'vogarlarga saralash imtihonlari bo‘lib o‘tdi

Kecha, 19-fevral kuni vazir
jamg‘armasi hisobidan 2024-yilda har oylik ustamaga daʼvogar pedagoglarning
saralash imtihonlari bo‘lib o‘tdi. Bu yil vazir jamg‘armasidan oylik ustama
oladigan pedagoglarning soni 1250 ta deb belgilangan.
Shundan 1150 ta kvota
umumta’lim muassasalari pedagoglari uchun, 100 ta kvota Ixtisoslashgan ta'lim
muassasalari pedagoglari uchun ajratilgan.
Vazir jamg‘armasidan oylik ustama
oluvchi g‘oliblarni aniqlash nomzodlar orasida ikki bosqichda amalga
oshiriladi:
Birinchi bosqichda Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan barcha
hududlarda nomzodlarning dars beradigan umumtaʼlim fani bo‘yicha bilim
darajasini baholash uchun test sinovlari bo‘lib o‘tadi.
Ikkinchi bosqichda esa
umumtaʼlim fanini bilish darajasini baholash bo‘yicha o‘tkazilgan test
sinovlarida maksimal ballning 80 foizi yoki undan yuqori natija ko‘rsatgan
nomzodlarning kasbiy mahoratini baholash uchun suhbat o‘tkaziladi. Mazkur
suhbat natijalariga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan malakali pedagog kadrlarga 5
mln 775 ming so‘m miqdorida har oylik ustama to‘lanadi.
Vazir ustamasiga
da’vogar pedagoglarning saralash imtihonlari jarayonidan fotolavhalar
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Xalq ta’limi Info tahriryati rahbari Bolalar ombudsmani bilan uchrashdi

Bu yil 1000 nafar o‘qituvchiga vazir ustamasi beriladigan bo‘ldi

Ta’lim muassasalarida uzoq yillardan buyon rahbarlik lavozimini hech kimga bermay kelayotgan shaxslar tanqid qilindi

Vazirlikning iqtisod qilingan mablag‘lari hisobidan “Maktab avtobuslari” sotib olindi
Mavzuga doir yangiliklar

Bu yil 1000 nafar o‘qituvchiga vazir ustamasi beriladigan bo‘ldi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining joriy yil 30-maydagi 174-sonli buyrug‘i bilan 2025-yil uchun har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlar ro‘yxati tasdiqlandi.

Ustama uchun ball berishda qilingan ishlar veb-saytda ham yoritilishi kerakmi?
Maktab Ishchi guruhi ustama uchun qilingan tadbirlarni qabul qilmadi. Ular veb-saytlarda yoritilmagan tadbirlar qabul qilinmaydi, deb aytyapti. Shu to‘g‘rimi?

2024-yilda malaka oshirgan pedagoglarga ustama uchun ball berilishi rasman taqsdiqlandi
Joriy yil 16-fevral kuni ko‘pchilik pedagog xodimlardan malaka oshirganlik uchun pedagoglarga ustama uchun ball berilishi borasida murojaatlar kelib tushgani bois, bu haqda ma’lumot berib, vaziyatga to‘liq sharh bergandik.

Maktab miqyosida ommalashtirilgan ish platformaga joylanmasa ustama uchun ball beriladimi?
Metodik ishni platformaga joylashtirish sharti faqatgina keyingi bosqichlar uchun belgilangan qoida hisoblanadi.
Izohingizni tahrirlang