Prezident maktablarining ayrim o‘qituvchilariga 350 foiz ustama to‘lash tartibi joriy etiladi

14:00 / 03.04.2024
4.27k
“Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-55-son, 01.04.2024 y.) qabul qilindi. Farmonga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yilidan Agentlik tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda:
- chet tilini bilish bo‘yicha kamida B2 darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan o‘qituvchilar tomonidan fanlarni chet tilida o‘qitish amaliyoti joriy etiladi;
- matematika, fizika, kimyo, biologiya, tabiiy fanlar (science), informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan darslarni chet tilida olib borgan o‘qituvchilarga tarif stavkasiga nisbatan 100 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanadi;
- Prezident maktablarining mahalliy o‘qituvchilariga ularning tarif stavkasiga nisbatan 350 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lash tartibi joriy etiladi.
Bunda, ustama pedagoglar tomonidan quyidagi shartlarning barchasi bajarilgan taqdirda to‘lanadi:
- Kembridj (Cambridge Assessment International Education) xalqaro ta’lim dasturlari asosida dars beriladigan fanlarni o‘qitish bo‘yicha 3 ta (Introductory, Extension, Marking) kursni muvaffaqiyatli tugatish va bu haqida tegishli sertifikat olish;
- Prezident maktablarida kamida 1 yillik ish stajiga va chet tilini bilish bo‘yicha kamida S1 darajadagi yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lish.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

18:24 / 24.06.2025
Xalq ta’limi Info tahriryati rahbari Bolalar ombudsmani bilan uchrashdi

12:29 / 24.06.2025
Bu yil 1000 nafar o‘qituvchiga vazir ustamasi beriladigan bo‘ldi

11:38 / 21.06.2025
Ta’lim muassasalarida uzoq yillardan buyon rahbarlik lavozimini hech kimga bermay kelayotgan shaxslar tanqid qilindi

16:26 / 20.06.2025
Vazirlikning iqtisod qilingan mablag‘lari hisobidan “Maktab avtobuslari” sotib olindi
Mavzuga doir yangiliklar

Ustama uchun ball berishda qilingan ishlar veb-saytda ham yoritilishi kerakmi?
Maktab Ishchi guruhi ustama uchun qilingan tadbirlarni qabul qilmadi. Ular veb-saytlarda yoritilmagan tadbirlar qabul qilinmaydi, deb aytyapti. Shu to‘g‘rimi?
17:41 / 16.06.2025

2024-yilda malaka oshirgan pedagoglarga ustama uchun ball berilishi rasman taqsdiqlandi
Joriy yil 16-fevral kuni ko‘pchilik pedagog xodimlardan malaka oshirganlik uchun pedagoglarga ustama uchun ball berilishi borasida murojaatlar kelib tushgani bois, bu haqda ma’lumot berib, vaziyatga to‘liq sharh bergandik.
00:14 / 20.06.2025

Maktab miqyosida ommalashtirilgan ish platformaga joylanmasa ustama uchun ball beriladimi?
Metodik ishni platformaga joylashtirish sharti faqatgina keyingi bosqichlar uchun belgilangan qoida hisoblanadi.
22:00 / 08.06.2025

Maktab va tuman miqyosida o‘tkazilgan olimpiada uchun o‘qituvchiga ustama beriladimi?
Buning uchun mazkur olimpiada maktab direktori buyrug‘i bilan tasdiqlangan tanlov va boshqa tadbirlar ro‘yxatida bo‘lishi lozim.
08:40 / 22.05.2025
Izohingizni tahrirlang