Informatika fanidan o‘tkazilgan olimpiada natijalari ustama uchun ball berishga asos bo‘ladimi?
10:00 / 16.05.2024
6.86k
Savol
Men maktabda informatika fani o‘qituvchisi bo‘lib ishlayman. MMTVning 2024-yil 7-mart kungi 70-sonli buyrug‘i bilan maktablarda informatikadan olimpiada bo‘lib o‘tdi. O‘quvchim tumanda 3-o‘rinni olib, viloyat bosqichida qatnashdi. Ustama beriladigan olimpiadalar va ko‘rik tanlovlar ro‘yxatida bu olimpiada yo‘q ekan. Endi menga ustama uchun ball berilmaydimi?
Javob
Pedagog xodimlarga ustama tayinlash Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizom bilan tartibga solinadi.
Mazkur nizomga 1-ilovadagi baholash mezonlariga muvofiq pedagog xodimning faoliyati baholanadi. Bunda o‘quvchilarning olimpiada, tanlovlar, musobaqalar va boshqa tadbirlardagi ishtiroki va natijalari ham hisobga olinadi.
Ma’lumki, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024-yil 7-martdagi 70-sonli buyrug‘i bilan “Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining 5-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida informatika yo‘nalishi bo‘yicha fan olimpiadasi o‘tkazilgan.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 14-fevraldagi 03-01/14-623-sonli ko‘rsatma xatida esa 2024-2025-o‘quv yili uchun umumta’lim muassasalaridagi o‘qituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilashda inobatga olishga tavsiya etiladigan fan olimpiadalari, ko‘rik tanlovlar, musobaqalar va tadbirlar ro‘yxati tasdiqlangan.
Ammo ushbu ro‘yxatda informatika yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkaziladigan fan olimpiadasi mavjud emas. Shu sababli, informatika fanidan o‘tkazilgan fan olimpiadasidagi natijalari pedagog xodimga ustama tayinlashga aosos bo‘lolmaydi.
Nima uchun informatika fanidan o‘tkazilgan mazkur olimpiada ro‘yxatga kiritilmagan?
Biz ushbu savolga oydinlik kiritish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Fan olimpiadalarini o‘tkazish va iqtidorli o‘quvchilarni saralash boshqarmasi mas’ullari bilan bog‘landik.
Vazirlik mas’ul xodimi mazkur olimpiada Informatika va axborot texnologiyalari fanidan bo‘lib o‘tadigan kelgusidagi xalqaro olimpiadalarga zaxira kadrlarni saralab, ularni tayyorlab borish uchun tashkil etilgan bir martalik olimpiada bo‘lganligi uchun ustama berishda hisobga olinadigan olimpiadalar ro‘yxatiga kiritilmaganligini ma’lum qildi.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
16:50 / 15.05.2026
“Hech bir o‘qituvchi o‘z hisobidan chet elda malaka oshirishga majbur qilinmadi" — rasmiy izoh berildi
14:01 / 15.05.2026
Endilikda bo‘lajak o‘qituvchilar bilimi tashqi diagnostikadan o‘tkaziladi
19:03 / 14.05.2026
O‘qituvchilar farzandlarining kontrakt summasiga 30 foizlik chegirma qachon va qay tartibda berilishi aniq bo‘ldi
11:20 / 12.05.2026
Maktab maslahatchisi lavozimiga talabalarni ishga qabul qilish boshlab yuborildi
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
O‘qituvchilarga qachondan boshlab 70 foizlik ustama to‘lash boshlanadi?
Pedagoglarga sertifikat olingan kundan boshlab 70 foizlik ustamalar ularning oylik ish haqlariga qo‘shib hisoblash boshlanadi.
21:37 / 09.07.2025
So'ragan edingiz
Ish tajribasi boshqa maktabda ommalashtirilgan o‘qituvchiga ustama uchun ball bersa bo‘ladimi?
O‘qituvchining ish tajribasi maktabda ommalashgan bo‘lib, ish joyini boshqa maktabga ko‘chirsa, ustama uchun shu maktabdan ball bersa bo‘ladimi?
22:30 / 23.06.2024
Yangiliklar
Xususiy fan olimpiadalarini o‘tkazishga cheklov qo‘yiladimi?
Iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasida fan olimpiadalarini tashkil etish va o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi Hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.
11:52 / 26.03.2026
Yangiliklar
O‘qituvchilarga ustama tayinlashga qanday tadbir va olimpiadalar uchun ball berilishi aniq bo‘ldi
2026-2027-o‘quv yili uchun umumta’lim muassasalaridagi o‘qituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilashda inobatga olishga tavsiya etilgan fan olimpiadalari, ko‘rik tanlovlar, musobaqalar va tadbirlar ro‘yxati tasdiqlandi.
00:01 / 15.02.2026
O'zbek
Izohingizni tahrirlang