Top.Mail.Ru
O‘qituvchiga direktor jamg'armasi hisobidan 50 foizlik ustama tayinlash mumkinmi?

O‘qituvchiga direktor jamg'armasi hisobidan 50 foizlik ustama tayinlash mumkinmi?

19:10 / 11.07.2024 2.11k
Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qarori bilan Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlangan.

Unga ko‘ra, o‘quv-tarbiya jarayoniga shaxsiy hissa qo‘shayotgan, o‘z kasbiga sodiq va tashabbuskor, yuqori kasb darajasini namoyon etayotgan pedagog xodimlarning bazaviy tarif stavkasiga har oylik 40 foizgacha ustama belgilash mumkin.

Bunda pedagog xodimlarning faoliyatini baholash mezonlari asosida to‘plagan umumiy ballari bo‘yicha ularga quyidagi miqdorlarda ustama haq belgilanadi:

  • 65 — 70 ball to‘plasa — 10 foiz;

  • 71 — 75 ball to‘plasa — 15 foiz;

  • 76 — 80 ball to‘plasa — 20 foiz;

  • 81 — 85 ball to‘plasa — 25 foiz;

  • 86 — 90 ball to‘plasa — 30 foiz;

  • 91 — 95 ball to‘plasa — 35 foiz;

  • 96 — 100 ball to‘plasa — 40 foiz.

O‘qituvchi mana shu nizom bo‘yicha 50 foiz ustama olishi ham mumkinmi?

Ha, mumkin. Agar pedagog xodim bir vaqtning o‘zida metodbirlashma rahbari bo‘lsa va uning metodbirlashma faoliyati ham ishchi guruh tomonidan ijobiy baholangan bo‘lsa, ularga o‘qituvchi sifatida olayotgan 40 foizlik ustamasiga qo‘shimcha ravishda yana 10 foiz ya’ni, 40%+10%=50% ustama to‘lab berilishi mumkin.

Metodbirlashmarahbarlariga 10 foizlik ustama qanday tayinlanadi?

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • ustama

Ulashish