Ikkinchi toifaga ega bo‘lgan stajyor-o‘qituvchi kasbiy sertifikat olmasdan ishlashi mumkinmi?

Malaka toifasiga ega bo‘lgan pedagoglarni kasbiy sertifikatlash sinovlariga jalb qilish masalasi bugungi kunning dolzarb masalasidan biriga aylandi. Bundan avvalgi javoblarimizda tegishli qonun hujjatlaridan kelib chiqqan holda, ikkinchi malaka toifasini olgan stajyor-o‘qituvchilar ham kasbiy sertifikat imtihoniga jalb qilinishi haqida ma’lumot bergandik.
Amaldagi me’yoriy hujjatlarda malaka toifaga ega bo‘lgan stajyor-o‘qituvchilarni kasbiy sertifikat imtihoniga jalb qilinmasligi borasida hech qanday band keltirilmagan. Ammo, keyinchalik toifaga ega bo‘lgan stajyor-o‘qituvchining kasbiy sertifikat olmasdan ishlashining qonuniy boshqa yo‘li ham mavjudligi ma’lum bo‘ldi.
Bu borada xalqtaliminfo.uz tahririyati Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Pedagog kadrlarga malaka toifalarini berish jarayonini tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i Sardor Raximboyev bilan suhbatlashdi. Ma’lum bo‘lishicha, aslida ikkinchi toifaga ega bo‘lgan stajyor-o‘qituvchilarni kasbiy sertifikat imtihoniga jalb qilishga ehtiyoj yo‘q.
Chunki, stajyor-o‘qituvchi bilan kasbiy sertifikati mavjud emasligi sababli, mehnat shartnomasi bekor qilingan taqdirda u bilan malaka toifasiga ega bo‘lgan pedagog xodim sifatida qayta mehnat shartnomasi tuzilishi mumkin.
Shuningdek, hozirgi kunga qadar kasbiy sertifikat sinovlarida qatnashib, sertifikat ololmagan, ammo ikkinchi malaka toifasiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar o‘z ish faoliyatlarini malaka toifasiga ega bo‘lgan o‘qituvchi sifatida davom ettirishi mumkin.
Ular keyingi ish faoliyati mobaynida ham kasbiy sertifikat sinovlariga jalb qilinmaydi. Chunki, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-fevraldagi 87-son qarorida aynan pedagog kasbiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajyor-o‘qituvchilar hamda tegishli toifaga ega bo‘lmagan pedagog kadrlar kasbiy sertifikatlash sinovlariga jalb etilishi nazarda tutilgan.
Bunda malaka toifasiga ega bo‘lgan pedagog kadrlarni kasbiy sertifikatlash sinovlariga jalb qilish ko‘zda tutilmagan.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Yangi o‘quv yilidan musiqa va jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga ham milliy sertifikat uchun ustama beriladimi?

Ta’lim vaziri o‘rinbosarlari soni 5 nafarga yetdi

Ta’limda maoshlarning nisbiy kamayishi to‘xtagani yo‘q

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bo‘lajak pedagog kadrlarni ham o‘zi tayyorlamoqchi
Mavzuga doir yangiliklar

Xorijiy til o‘qituvchilarining maktablarda ishlash tartibi bo‘yicha to‘liq tushuntirish
Ko‘pchilikni qiziqtirayotgan ayrim savollarga ham batafsil javob beramiz.

Attestatsiya hamda kasbiy sertifikatlash test sinovlari qaysi manzillarda o‘tkazilishini bilasizmi?
Vazirlik malaka sinovlari oʻtkaziladigan joy manzillarini e'lon qilgan.

Endilikda qaysi pedagoglar umrbod malaka toifasini saqlab qoladi?
2025-yil 1-sentabrdan boshlab barcha pedagoglar har 5 yilda attestatsiya test sinovlariga jalb qilinishi belgilandi.

Endilikda psixologlar ham malaka toifasi olishi mumkin
Shu vaqtga qadar ular attestatsiyaga jalb qilinmagandi
Izohingizni tahrirlang