Endi menejerlik kursida o'qib, sertifikat ololmagan direktorlarga yana bir bor imkoniyat beriladi

Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-dekabrdagi 681-son qarori bilan davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibi yo‘lga qo‘yilgandi.
Bunda amaldagi direktorlar yakuniy sinovlarda belgilangan ballni to‘play olmagan taqdirda, ular o‘rnatilgan tartibda lavozimidan ozod etilardi. Ya’ni, direktorlarga faqat bir marta imkoniyat beriladi, xolos.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-avgustdagi 531-sonli qarori bilan amaldagi tartibga o‘zgartirishlar kiritilib, menejerlik kurslarida o‘qiydigan direktorlarga yengillik berildi.
Endilikda, menejerlik kurslarida o‘qib, birinchi marotaba yakuniy sinovdan o‘ta olmagan direktorlar ikki oy ichida bir marta yakuniy sinovda ishtirok etishi mumkin bo‘ladi. (Avval bunday imkoniyat berilmasdi.)
Ushbu muddat ichida yakuniy sinovda ishtirok etmagan yoki ikkinchi yakuniy sinovda ham belgilangan ballni to‘play olmagan direktorlar belgilangan tartibda lavozimidan ozod etiladi.
Shuningdek, amaldagi tartibga quyidagi o‘zgartirishlar ham kiritildi:
- menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan direktorlar sertifikatni olgan yildan boshlab uch yil davomida malaka oshirish kurslaridan ozod etish tartibi bekor qilindi;
- o‘quv kurslarida o‘qish talabini bildirgan nomzodlar va direktorlar xohish va istaklaridan kelib chiqqan holda, navbatdan tashqari o‘quv kurslari tashkil etilishi belgilandi;
- 70 ball va undan yuqori natija ko‘rsatgan nomzodlar yakuniy sinovni muvaffaqiyatli topshirgan hisoblanadi va ularga sertifikat berilib, bunda har bir yo‘nalish bo‘yicha kamida 50 foiz ball yig‘ishi talab etilishi belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq maktab direktorlariga menejerlik sertifikati berish tartibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida bir nechta takliflarni ilgari surgandik.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Bog‘cha bolalari ommaviy zaharlandi, vazir holatni shaxsan nazoratga oldi

Gulnora Karimovaning musodara qilingan pullari qishloq maktablarini ta’mirlash uchun sarflanadi

Xorijiy til o‘qituvchilarining xursand bo‘lishiga hali erta...mi?

Ertadan o‘qituvchilar uchun bepul kinonamoyishlar boshlanadi
Mavzuga doir yangiliklar

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga direktorlarni tayinlash tizimini rivojlantirish mexanizmlari
Maqolada umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktorlarini lavozimga tayinlash tartibining evolyutsion jarayoni tahlil qilinadi. Xususan, kuzatuv kengashlari, xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tavsiyasi asosida direktorlarni tanlash amaliyoti va uning institutsional kamchiliklari, shuningdek Direktorlar kengashi tavsiyasi asosida nomzodlarni baholash tizimining joriy etilishi yangi mexanizm sifatida samaradorlik, shaffoflik va adolat tamoyillari ilmiy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi.

Maktab direktorlari boshqaruv samaradorligini baholashning huquqiy-me’yoriy asoslari
Mazkur maqolada O‘zbekiston ta’lim tizimida maktab direktorlari boshqaruv samaradorligini baholashga oid amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar tahlil qilinadi.

Maktab direktorlariga menejerlik sertifikati berish tizimini takomillashtirishning zaruriy ahamiyati nimada?
Mazkur maqolada menejerlik sertifikati talabining yutuq va kamchiliklari tahlil qilinadi

Menejerlik kursida o‘qigan 379 nafar direktor sertifikat ololmadi
Matbuot anjumanida malaka oshirish tizimi, menejerlik o‘quv kurslari, shuningdek, PISA xalqaro tadqiqotiga tayyorgarlik jarayonlari haqida ma’lumotlar berildi.
Izohingizni tahrirlang