Top.Mail.Ru
Endi menejerlik kursida o'qib, sertifikat ololmagan direktorlarga yana bir bor imkoniyat beriladi

Endi menejerlik kursida o'qib, sertifikat ololmagan direktorlarga yana bir bor imkoniyat beriladi

11:38 / 30.08.2024 7.38k

Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-dekabrdagi 681-son qarori bilan davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibi yo‘lga qo‘yilgandi.


Bunda amaldagi direktorlar yakuniy sinovlarda belgilangan ballni to‘play olmagan taqdirda, ular o‘rnatilgan tartibda lavozimidan ozod etilardi. Ya’ni, direktorlarga faqat bir marta imkoniyat beriladi, xolos. 


Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-avgustdagi 531-sonli qarori bilan amaldagi tartibga o‘zgartirishlar kiritilib, menejerlik kurslarida o‘qiydigan direktorlarga yengillik berildi.


Endilikda, menejerlik kurslarida o‘qib, birinchi marotaba yakuniy sinovdan o‘ta olmagan direktorlar ikki oy ichida bir marta yakuniy sinovda ishtirok etishi mumkin bo‘ladi. (Avval bunday imkoniyat berilmasdi.)


Ushbu muddat ichida yakuniy sinovda ishtirok etmagan yoki ikkinchi yakuniy sinovda ham belgilangan ballni to‘play olmagan direktorlar belgilangan tartibda lavozimidan ozod etiladi.


Shuningdek, amaldagi tartibga quyidagi o‘zgartirishlar ham kiritildi:


  • menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan direktorlar sertifikatni olgan yildan boshlab uch yil davomida malaka oshirish kurslaridan ozod etish tartibi bekor qilindi;


  • o‘quv kurslarida o‘qish talabini bildirgan nomzodlar va direktorlar xohish va istaklaridan kelib chiqqan holda, navbatdan tashqari o‘quv kurslari tashkil etilishi belgilandi;


  • 70 ball va undan yuqori natija ko‘rsatgan nomzodlar yakuniy sinovni muvaffaqiyatli topshirgan hisoblanadi va ularga sertifikat berilib, bunda har bir yo‘nalish bo‘yicha kamida 50 foiz ball yig‘ishi talab etilishi belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq maktab direktorlariga menejerlik sertifikati berish tartibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida bir nechta takliflarni ilgari surgandik.

Izohlar 1

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • menejerlik

Ulashish

line

Mavzuga doir yangiliklar

Yangiliklar

Vazirlik ixtisoslashtirilgan maktab direktori o‘rinbosarlariga menejerlik sertifikati uchun ustama to‘lash bo‘yicha ko‘rsatma berdi

Avvalroq, ixtisoslashtirilgan maktabda faoliyat yuritayotgan ayrim direktor o‘rinbosarlariga menejerlik sertifikati uchun ustama to‘lanmayotgani, ayrim hududlarda esa mazkur ustamalar to‘xtatib qo‘yilgani yuzasidan kelib tushgan murojaatga qonuniy asoslar orqali javob bergandik.

17:20 / 08.04.2026
Maqola

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga direktorlarni tayinlash tizimini rivojlantirish mexanizmlari

Maqolada umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktorlarini lavozimga tayinlash tartibining evolyutsion jarayoni tahlil qilinadi. Xususan, kuzatuv kengashlari, xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tavsiyasi asosida direktorlarni tanlash amaliyoti va uning institutsional kamchiliklari, shuningdek Direktorlar kengashi tavsiyasi asosida nomzodlarni baholash tizimining joriy etilishi yangi mexanizm sifatida samaradorlik, shaffoflik va adolat tamoyillari ilmiy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi.

13:44 / 24.09.2025
Maqola

Maktab direktorlari boshqaruv samaradorligini baholashning huquqiy-me’yoriy asoslari

Mazkur maqolada O‘zbekiston ta’lim tizimida maktab direktorlari boshqaruv samaradorligini baholashga oid amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar tahlil qilinadi.

10:29 / 25.09.2025
Ta'lim siyosati

Maktab direktorlariga menejerlik sertifikati berish tizimini takomillashtirishning zaruriy ahamiyati nimada?

Mazkur maqolada menejerlik sertifikati talabining yutuq va kamchiliklari tahlil qilinadi

02:39 / 22.12.2024