Pedagoglarga qancha mukofot puli to‘lanishi kerak?

Savol
“1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan o‘qituvchilarga necha so‘m miqdorda mukofot puli to‘lashimiz kerak? Ayrim maktablarda hali o‘qituvchilar maoshi oshmadi deb 525 ming so‘m, ba’zilarida esa 577 ming 500 so‘m mukofot puli berish to‘g‘risida buyruq chiqarildi. Qay biri to‘g‘ri?
Javob
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 29-bandida umumta’lim muassasalari xodimlari, shu jumladan rahbar xodimlari faqat “1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Jamg‘armaning mavjud mablag‘lari hisobidan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 50 foizigacha miqdorida mukofotlanishi mumkinligi qayd etilgan.
Ya’ni, mukofot puli miqdorini hisoblashda o‘qituvchining oylik maoshi emas, balki mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kelib chiqib hisob-kitob qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-avgustdagi PF-108-son Farmoni bilan 2024-yil 1-oktyabrdan boshlab mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori — oyiga 1 mln 155 ming so‘m etib belgilanadi.
Ammo umumta’lim muassasalari xodimlari, shu jumladan, rahbar xodimlarini mukofotlash to‘g‘risida Ishchi guruh qarori hamda maktab direktorining buyrug‘i sentyabr oyida imzolanadi.
Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori esa rasman 2024-yil 1-oktyabrdan boshlab oshiriladi, ya’ni 1 mln 155 ming so‘m bo‘ladi.
Hozirgi kunda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 1 mln 50 ming so‘mni tashkil etib, uning 50 foizi miqdori 525 ming so‘mni tashkil etadi.
Shu sababli, umumta’lim muassasalari xodimlari, shu jumladan, rahbar xodimlarini mukofotlash to‘g‘risidagi Ishchi guruh qarori hamda maktab direktorining buyrug‘i sentyabr oyida imzolanishini inobatga olgan holda mukofot puli miqdorini 525 ming so‘m etib belgilash to‘g‘riroq bo‘ladi deb hisoblaymiz.
Hozirgi kunda ayrim ta’lim muassasasi Ishchi guruhlarida Prezidentining PF-108-son Farmoni bilan 2024-yil 1-sentyabrdan boshlab pensiyalar va nafaqalar miqdori 15 foizga oshirilgani uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori ham sentyabrdan oshgan degan noto‘g‘ri tasavvur uyg‘onmoqda.
Shu sababli, ayrim ta’lim muassasasi Ishchi guruhlari mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorini 1 mln 155 ming so‘m hisoblab, mukofot puli summalarini 577 ming 500 so‘m etib belgilab qo‘yishmoqda. Bu esa moliyaviy xato hisoblanib, kelgusida “AUDIT” tekshiruvlarida bir qancha muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.
Shuning uchun, Ishchi guruhlar tomonidan mukofot puli summalari 525 ming so‘m etib belgilashlari lozim deb hisoblaymiz.
Tavsiya: Umumta’lim muassasalari xodimlari, shu jumladan, rahbar xodimlarini mukofotlash to‘g‘risidagi Ishchi guruh qarorlari hamda maktab direktori buyrug‘ida aniq summa emas, balki mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining ma’lum bir foizlari ko‘rsatilishi maqsadga muvofiq.
Izohlar 2
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Yangi tashkil etilgan Respublika “Kelajak markazi”ga direktor tayinlandi

Vazirlikning salohiyatli kadrlaridan biri Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktoriga o‘rinbosar bo‘ldi

Pedagoglarga 70 foizlik ustama to‘lashdagi muammolar ijobiy hal etilmoqda

Direktor o‘rinbosari shtatini qisqartirish hisobiga maktab maslahatchisi lavozimi joriy etiladi
Mavzuga doir yangiliklar

O‘qituvchilarni 1-oktyabr munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida ko‘rsatma berildi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi “1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan ta’lim tashkilotlarida ishlayotgan barcha xodimlarni, shu jumladan, rahbar, texnik-xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni ushbu bayram munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida ko‘rsatma berdi.

O‘qituvchilarga beriladigan mukofot puli miqdori 75 foizga oshirilgan
Endilikda pedagog va rahbar xodimlarga “1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan 635 ming 500 so‘m emas, balki 953 ming 250 so‘m miqdorida mukofot puli beriladi.

Pedagoglarga beriladigan mukofot puli miqdori oshirildi
Endilikda pedagog va rahbar xodimlarga “1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan 577 ming 500 so‘m emas, balki 866 ming 250 so‘m miqdorida mukofot puli beriladi.

Maktabdagi 100 foiz o‘qituvchilarga mukofot puli bersa bo‘ladimi?
Pedagoglarni mukofotlash Ishchi guruh qarori asosida amalga oshiriladi
Izohingizni tahrirlang