Top.Mail.Ru
Pedagoglarga qancha mukofot puli to‘lanishi kerak?

Pedagoglarga qancha mukofot puli to‘lanishi kerak?

13:49 / 26.09.2024 21.65k

Savol

“1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan o‘qituvchilarga necha so‘m miqdorda mukofot puli to‘lashimiz kerak? Ayrim maktablarda hali o‘qituvchilar maoshi oshmadi deb 525 ming so‘m, ba’zilarida esa 577 ming 500 so‘m mukofot puli berish to‘g‘risida buyruq chiqarildi. Qay biri to‘g‘ri?


Javob

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 29-bandida umumta’lim muassasalari xodimlari, shu jumladan rahbar xodimlari faqat “1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Jamg‘armaning mavjud mablag‘lari hisobidan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 50 foizigacha miqdorida mukofotlanishi mumkinligi qayd etilgan.


Ya’ni, mukofot puli miqdorini hisoblashda o‘qituvchining oylik maoshi emas, balki mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kelib chiqib hisob-kitob qilinadi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-avgustdagi PF-108-son Farmoni bilan 2024-yil 1-oktyabrdan boshlab mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori — oyiga 1 mln 155 ming so‘m etib belgilanadi.


Ammo umumta’lim muassasalari xodimlari, shu jumladan, rahbar xodimlarini mukofotlash to‘g‘risida Ishchi guruh qarori hamda maktab direktorining buyrug‘i sentyabr oyida imzolanadi.


Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori esa rasman 2024-yil 1-oktyabrdan boshlab oshiriladi, ya’ni 1 mln 155 ming so‘m bo‘ladi.


Hozirgi kunda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 1 mln 50 ming so‘mni tashkil etib, uning 50 foizi miqdori 525 ming so‘mni tashkil etadi.


Shu sababli, umumta’lim muassasalari xodimlari, shu jumladan, rahbar xodimlarini mukofotlash to‘g‘risidagi Ishchi guruh qarori hamda maktab direktorining buyrug‘i sentyabr oyida imzolanishini inobatga olgan holda mukofot puli miqdorini 525 ming so‘m etib belgilash to‘g‘riroq bo‘ladi deb hisoblaymiz.


Hozirgi kunda ayrim ta’lim muassasasi Ishchi guruhlarida Prezidentining PF-108-son Farmoni bilan 2024-yil 1-sentyabrdan boshlab pensiyalar va nafaqalar miqdori 15 foizga oshirilgani uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori ham sentyabrdan oshgan degan noto‘g‘ri tasavvur uyg‘onmoqda.


Shu sababli, ayrim ta’lim muassasasi Ishchi guruhlari mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorini 1 mln 155 ming so‘m hisoblab, mukofot puli summalarini 577 ming 500 so‘m etib belgilab qo‘yishmoqda. Bu esa moliyaviy xato hisoblanib, kelgusida AUDIT tekshiruvlarida bir qancha muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.


Shuning uchun, Ishchi guruhlar tomonidan mukofot puli summalari 525 ming so‘m etib belgilashlari lozim deb hisoblaymiz.

Tavsiya: Umumta’lim muassasalari xodimlari, shu jumladan, rahbar xodimlarini mukofotlash to‘g‘risidagi Ishchi guruh qarorlari hamda maktab direktori buyrug‘ida aniq summa emas, balki mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining ma
lum bir foizlari ko‘rsatilishi maqsadga muvofiq.

Izohlar 1

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Mukofot puli

Ulashish