Endilikda C1 sertifikatiga ega bo'lgan boshqa o'qituvchilarga ham attestatsiyada 80 ball berilishi mumkin
Attestatsiyada o‘qituvchilarni qanday yangiliklar kutayotgani ma’lum bo‘ldi. Yangi tartiblarga ko‘ra, yuqori malaka va sertifikatlarga ega bo‘lgan pedagoglarga qo‘shimcha ball berish imkoniyati kengaytiriladi. Shuningdek, pedagoglar uchun boshqa ijobiy yangiliklar ham joriy etiladi.
— Biz yangi qaror loyihasini tayyorladik. Ochig‘i, yaxshi yangiliklar bor. Bu yangiliklarning eng yaxshisini Prezidentimiz 30-sentyabr kuni e’lon qildilar. Bilasiz, xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatiga ega bo‘lgan pedagoglarga 70 foizlik ustama berish yo‘lga qo‘yilmoqda. Hozir xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni boshlab yuborganmiz. Bizning tizim xalqaro akkreditatsiyadan o‘tganidan keyin ushbu talablar asosida malaka sertifikatini olgan pedagoglar 70 foizlik ustama olishlari mumkin bo‘ladi. Bu ixtiyoriy, toifadan qat’i nazar.
Kuni-kecha yana bir yangilik bo‘ldi. Ya’ni, Prezidentimiz Navoiy viloyatlariga tashrif buyurganlarida bir ustozimiz juda yaxshi taklif berdilar. Bu ustozimiz oldingi attestatsiyada qatnashib, yuz ball olgan o‘qituvchi edi. Bilsak, ushbu o‘qituvchi milliy sertifikatga ham ega. Bilasiz, hozirgi kunda ingliz tili o‘qituvchilari tegishli milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan taqdirda, ularga maksimal 80 ball berilib, majburiy attestatsiyadan ozod qilinadi.
Bu o‘qituvchimiz shunday taklif kiritdiki, nega faqat ingliz tili o‘qituvchilari? Shunday ekan, taklif berildiki, faqat til o‘qituvchilariga emas, balki bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan yetarli darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan boshqa fan o‘qituvchilariga ham majburiy attestatsiyada maksimal 80 ball bilan berish taklif qilindi. Bu topshiriq qabul qilindi va tegishli qaror loyihasini tayyorlamoqdamiz. Hozirda tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishuv jarayonida. Bu taklif qabul qilinsa, attestatsiyalarda ko‘plab o‘qituvchilarimiz uchun yangilik bo‘ladi.
— Shu o‘rinda, men ham bir taklif berib ketmoqchiman. Mana nizomga o‘zgartirish kiritilish arafasida ekan, shunday ekan, bilimli o‘qituvchilarga birdan yuqori malaka toifasini bersak bo‘lmaydimi? Men o‘ylaymanki, masalan, mana, ikkinchi toifaga topshirayotgan o‘qituvchilar bor. Ikkinchi toifaga topshiryapti, lekin u yuz balldan yuz olyapti. Shu baliga qarab, to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuqori toifa berib yuborsa bo‘lmaydimi? Masalan, agar yuz ball olsa, u o‘zi ikkinchi toifaga topshirgan bo‘lsa-da, ammo unga to‘g‘ridan-to‘g‘ri oliy toifani berib yuborsa bo‘lmaydimi? Yoki testlarning ham darajasi bormi?
— Endi qarang, agar yetmish foizli ustama ishga tushadigan bo‘lsa, ikkinchi toifaga o‘tib, o‘sha yetmish foizni olganlar siz aytgandek yuz ball bilan oldi deylik. Uning amaldagi oyligi esa oliy toifalar o‘qituvchisidan ham oshib ketadi-ku. O‘zi shundoq ham toifa qadamma-qadam bo‘lgan. Qadam-baqadam bo‘lmaslikning sababi, orqaga qaytish ham qadam-qadamda bo‘lishi. Siz yaxshi tomonga taklif beryapsiz-da.
Endi deylik, oliy toifali o‘qituvchi testga kirdi, o‘ttiz ball oldi. Men uni mutaxassisga loyiq emas deb hisoblasam, ishdan bo‘shatishim kerak bo‘ladi. Shunday emasmi? Shu sababli, ko‘tarilish ham, tushish ham albatta pog‘onama-pog‘ona bo‘lishi lozim. O‘zingiz aytib o‘tganingizdek, hozir judayam katta imkoniyat berildi. Hatto o‘qituvchilarimiz kasbiy sertifikatga kirib ulgurmasdan, ikkinchi toifani olib, kasbiy sertifikatdan ozod qilindi.
Mana, bu yil ishga kirgan o‘qituvchi bir yilning o‘zida, bir o‘quv yilida birinchi toifaga chiqish imkoniyati bor. Keyingi yil sentyabrda yoki kuzda oliy toifaga ega bo‘ladi. Bu katta imkoniyat. Agar u magistr bo‘lsa, bir yilning o‘zidayoq, chunki ikkinchi toifani to‘g‘ridan-to‘g‘ri topshirib oladi. Keyin ulgursa, kuzda birinchi toifaga o‘tadi, bahorda esa oliy toifaga ega bo‘ladi. Bu menimcha, yetarli imkoniyat.
— Platformada pedagoglarga qulaylik yaratish maqsadida yana qanday qo‘shimcha imkoniyatlar yaratiladi?
— Kelajakda o‘qituvchilar malaka toifasi uchun ariza topshirganda, shunchaki o‘zining shaxsiy identifikatsion raqamini (JSHSHIR) terishning o‘zi yetarli bo‘ladi. Hujjatlar esa avtomatik shakllanadi. Bu uzoq kelajak emas, hozirda ishlar olib borilmoqda. Mana hozir ERP bazasi UzASBO-2 tizimi bilan integratsiya qilindi. O‘qituvchilarning barcha ma’lumotlari bu yerda shakllanyapti.
Ya’ni maosh olish uchun uning diplomi, sertifikati, lavozimi, ish joyi hammasi shakllanyapti. Bular hammasi verifikatsiyadan o‘tgandan keyin biz shunday tizim qilamizki, o‘qituvchi faqat JSHSHIR teradi, ariza avtomatik ravishda shakllanadi, barcha hujjatlar avtomatik olinadi. Shunda inson xatosi bo‘lmaydi, elementar xatolar ham bo‘lmaydi, xato qilolmaydi, chunki hujjatlar bazadan keladi.
Bu narsaga yanvargacha ulgurmasmiz balki, sababi yuqorida aytib o‘tganimdek, hali hamma sertifikatlar ham bazada emas-da, afsuski, bizdan avvalgi davrlarda bo‘lgan sertifikatlar bor, ularning barchasini raqamlashtirishga o‘tkazishimiz kerak. Hozir raqamlashtirilmagan sertifikatlar mavjud, ya’ni QR kod qo‘yish boshlanmasidan oldin olingan sertifikatlar bor.
Bu malaka toifasini umrbod saqlab qolgan pensionerlarimizning sertifikatlari, bundan tashqari, ingliz tili o‘qituvchilarimizning bir qator sertifikatlari mavjud, chunki ular majburiy attestatsiyada qatnashgan. Ularga imtiyoz beriladi. Ana shularning barchasi raqamlashgandan keyin, agar bu yil yanvardan qilinmasa, keyingi yil avgustgacha bu tizimni yaratish niyatidamiz.
Izohlar 5
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Bugundan xususiy universitetlarga qabul jarayonlari boshlandi
Nihoyat, pedagog xodim atamasidagi chalkashliklarga chek qo‘yilishi mumkin
“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari uchun faqat bir soat vaqt beriladi
Prezident nomiga MMTV tizimidan 5 mingga yaqin murojaat yo‘llangan
Mavzuga doir yangiliklar
Ta'lim siyosati
Bo‘lajak o‘qituvchilar bilimi tashqi diagnostikadan o‘tkazish tashabbusi bo‘yicha xavotirlar
Mazkur loyihaning qabul qilinishi pedagogik kadrlar tayyorlash sifatini oshirmaydi, balki yangi muammolar va yuridik kolliziyalarni yaratish orqali ortga tortadi.
Yangiliklar
Endilikda bo‘lajak o‘qituvchilar bilimi tashqi diagnostikadan o‘tkaziladi
Bunda oliy ta’lim tashkilotida bakalavriat bosqichining pedagogika ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning bilimlarini yagona metodologik yondashuv asosida tashqi diagnostikadan o‘tkazish orqali tahlil qilinadi.
Yangiliklar
Jismoniy tarbiya o‘qituvchilari uchun amaliy imtihon sanasi aniq bo‘ldi
Malaka sinovlarini amaliy imtihon shaklida o‘tkazish reja-jadvali hamda hududiy ishchi guruhlar va baholash komissiyasi tarkibi tasdiqlandi.
Yangiliklar
Attestatsiya bazasi yana “ish ko‘rsatdi”
2026-yil 27-aprel kuni o‘tkazilgan matematika fanidan bo‘lib o‘tgan malaka toifa sinovlari paytida texnik nosozlik tufayli pedagoglar imtihon o‘tkaziladigan binoda uzoq vaqt qolib ketganligi aytildi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang