Maktabda ishlayotgan PhD ilmiy darajasiga ega o‘qituvchiga necha soat dars berilishi kerak?
Savol
Men falsafa doktori (PhD) ilmiy darajali diplomimni oldim. Shu vaqtga qadar maktabda sinf rahbarligim va dars soatim bor edi. Men 1,5 stavkada ishlashni xohlayman. Ammo dars taqsimoti bo‘yicha nizomda fan doktorlari ustunligi ko‘rsatilmagan ekan. Shunday bo‘lsa-da, mening diplomim ustunligi hisobga olinib, menga ko‘proq dars soati berilishi kerak emasmi?
Javob
Haqiqatdan ham “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomda fan nomzodi, falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasiga ega bo‘lgan pedagoglar toifasi ko‘rsatib o‘tilmagan.
Avvalroq biz dars taqsimoti bo‘yicha ishlab chiqilgan nizom qayta ko‘rib chiqilishi kerakligi to‘g‘risida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga taklif berganmiz. Hozirda mazkur nizom qayta ko‘rib chiqish jarayonida. Lekin dars taqsimoti bo‘yicha nizomning yangi tahriri tasdiqlanguniga qadar yuqoridagi holatga yechim berish mumkin.
Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-son qaroriga 1-ilovasining 10-bandiga ko‘ra, fan nomzodi, falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasiga hamda Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan berilgan katta ilmiy xodim, dotsent va professor ilmiy unvoniga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga — oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi) beriladi.
Demak, “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 15-bandiga muvofiq bu toifadagi pedagoglar oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilar deya baholanib, ularga mana shu toifa bo‘yicha maksimal dars soatlari berilishi mumkin deb hisoblaymiz.
Ya’ni, yangi tahrirdagi nizom tasdiqlanguniga qadar fan nomzodi, falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasiga hamda Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan berilgan katta ilmiy xodim, dotsent va professor ilmiy unvoniga ega bo‘lgan pedagog kadrlar oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilar bilan teng huquqqa ega deb hisoblaymiz.
Oliy toifali o‘qituvchilar “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 15-bandidagi ustuvor ketma-ketlik bo‘yicha 8-o‘rinda turadi.
Pedagoglarga quyidagi ustuvor ketma-ketlik bo‘yicha dars soati ajratiladi:
- xalqaro olimpiadalar g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar;
- o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan xalqaro olimpiadalar g‘oliblari;
- chet tili va STEAM fanlaridan mutaxassisligi bo‘yicha xalqaro sertifikatlarga ega o‘qituvchilar;
- TOP-1000 universitetlar reytingiga kiradigan dunyoning yetakchi universitetlarini bitirgan o‘qituvchilar;
- asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar;
- o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi g‘oliblari; respublika bosqichidagi ko‘rik tanlovlarda (yil o‘qituvchisi) sovrinli o‘rinlarga ega bo‘lgan o‘qituvchilar;
- oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilar;
- birinchi malaka toifasiga ega o‘qituvchilar;
- asosiy olimpiadalarning viloyat va tuman bosqichi g‘oliblarining o‘qituvchilari;
- ikkinchi malaka toifaga ega o‘qituvchilar;
- pedagogik yo‘nalish bo‘yicha magistr darajasiga ega o‘qituvchilar;
- belgilangan tartibda o‘z fanidan o‘tkazilgan nazariy va amaliy sinovlar natijasi bo‘yicha a’lo baholarga ega o‘qituvchilar;
- oliy ma’lumotli toifasiz o‘qituvchilar;
- qayta tayyorlash bo‘yicha diplomga ega o‘qituvchilar;
- oliy ta’lim muassasalarining pedagogik yo‘nalish bo‘yicha bitiruvchi bosqich talabalari;
- pedagogik yo‘nalish bo‘yicha xorijiy davlatlarning oliygohlarini bitirgan, biroq diplomi tan olinmagan o‘qituvchilar;
- oliy ma’lumotli o‘qituvchilar bilan ta’minlanguniga qadar o‘rta maxsus, professional ma’lumotga ega o‘qituvchilar;
- oliy ma’lumotli o‘qituvchilar bilan ta’minlanguniga qadar umumta’lim muassasasining tegishli mutaxassisligi bo‘yicha rahbar xodimlari.
Izohlar 4
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Vazir attestatsiyadan norozi bo‘lgan bir guruh o‘qituvchilarga duch keldi
Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari Prezident administratsiyasi va Sport vazirligiga murojaat yo‘lladi
O‘qituvchilar uchun attestatsiya to‘lovi 50 foizga arzonlashdi
Vazir E’zoza Karimova va uning xodimlari oqqon va saratonga chalingan bolalar chizgan rasmlarni yuqori narxda sotib oldi
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
Endi 1-sinflarni o‘qitadigan o‘qituvchilar oliy yoki birinchi toifali bo‘lishi kerakmi?
Ijtimoiy tarmoqlarda “Joriy o‘quv yilidan 1-sinfni o‘qitadigan o‘qituvchilar oliy yoki birinchi toifali bo‘lishlari shart” degan mazmundagi xabarlar tarqalmoqda. Bu qanchalik asosli?
So'ragan edingiz
B2 sertifikatiga ega o‘qituvchi ko‘proq dars olishi mumkinmi?
O‘qituvchi qanchalik ko‘p yutuqlarni qo‘lga kiritsa, uning dars taqsimoti bo‘yicha maqomi ham shunga mutanosib ravishda oshib boradi.
So'ragan edingiz
Toifa olgan o‘qituvchi ko‘proq dars talab qilishga haqlimi?
Teng malaka toifasiga ega bo‘lgan pedagog xodimga dars soatlarini teng miqdorda, ya’ni dars soatlarining maksimal miqdorlari belgilanishi mumkin.
Yangiliklar
Yangi o‘quv yilidan huquqshunoslarga ham maktabda dars o‘tishga ruxsat beriladi
“Yurisprudensiya” hamda “Davlat va jamiyat boshqaruvi” ta’lim yo‘nalishida bakalavr darajasiga ega bo‘lgan shaxslarga qayta tayyorlov kurslaridan o‘tmasdan dars berishga ruxsat etiladi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang