Top.Mail.Ru
Vaqtincha sinf rahbarlik yuklatilgan o‘qituvchiga qancha qo‘shimcha haq to‘lanadi?

Vaqtincha sinf rahbarlik yuklatilgan o‘qituvchiga qancha qo‘shimcha haq to‘lanadi?

14:29 / 13.11.2024 2.00k

Savol

Menga vaqtincha ishda yo‘q bo‘lgan o‘qituvchining sinfini yuklab berishdi. Biroq sinf rahbarligi uchun 20 nafar o‘quvchiga sinf rahbari lavozim maoshining 50% pulini to‘lashmoqda, bu to‘g‘rimi?


Javob

O‘qituvchiga biriktirilgan sinf va sinf rahbarligi qo‘shimcha haq to‘lanadigan to‘lovlar tarkibiga kiradi. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarorining 4-bandiga ko‘ra sinf rahbarligi uchun qo‘shimcha haq sinfdagi o‘quvchilar soniga ko‘ra belgilangan miqdorlar bo‘yicha hisoblanadi.


Shuningdek, "Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida"gi nizomning 23-band, 12-xatboshiga ko‘ra vakant sinf rahbarligi bo‘yicha qo‘shimcha haq to‘lovlari sinfdagi o‘quvchilar soniga ko‘ra belgilangan miqdorlarda hisoblanishi nazarda tutilgan.


Demak, ta’lim muassasasidagi vakant yoki vaqtincha ishda bo‘lmagan xodimning sinf rahbarligi boshqa bir o‘qituvchiga yuklatilgan taqdirda sinf rahbarligi to‘lovining 50 foizi emas, aksincha sinfdagi o‘quvchilar sonidan kelib chiqadigan summaning 100 foizi to‘lab berilishi lozim.


Bunda sinfdagi o‘quvchilar soniga ko‘ra sinf rahbarligi uchun quyidagi miqdorda qo‘shimcha haq to‘lab berilishi lozim:


  • 15 nafar o‘quvchigacha — 304 ming 920 so‘m;


  • 16 nafardan 20 nafar o‘quvchigacha — 364 ming 980 so‘m;


  • 21 nafardan 25 nafar o‘quvchigacha — 422 ming 730 so‘m;


  • 26 nafardan 30 nafar o‘quvchigacha — 486 ming 255 so‘m;


  • 31 nafar va undan ko‘p o‘quvchi bo‘lganda — 609 ming 840 so‘m.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Sinf rahbari

Ulashish