Masofaviy ta’lim shaklida o‘qiydigan xodimlarga ish joyidan ish haqi saqlangan ta’til beriladimi?

Savol
Men masofaviyda o‘qiyman. Kadrlar bo‘yicha menejerimiz masofaviylarga ta’til berilmaydi, chunki onlayn o‘qiysizlar-ku, deyapti. Lekin men imtihonni o‘qish joyiga borib, oflayn topshiraman-ku? Iltimos, masofaviy o‘qiydigan xodimlar uchun ham kafolatlar haqida tushuntirish bering.
Javob
Mehnat kodeksining 385-moddasi kechki yoki sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha ta’lim olayotgan xodimlar uchun kafolatlar va kompensatsiyalarni berishni tartibga soladi. E’tibor bering, masofaviy ta’lim shaklida o‘qiydigan xodimlar uchun kafolatlar va kompensatsiyalar nazarda tutilmagan! Lekin garchi Mehnat kodeksida bu toifa xodimlar uchun kafolatlar nazarda tutilmagan bo‘lsa-da, qonunchilik hujjatlarida kafolatlar nazarda tutilgan!
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-oktyabrdagi 559-son qaroriga ilova “Oliy ta’lim tashkilotlarida masofaviy ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 22-bandiga ko‘ra, ish faoliyatini masofaviy ta’lim bilan qo‘shib olib borayotgan talabalarga semestr oxirida yakuniy baholashdan o‘tish, bitiruvchilarga esa yakuniy davlat attestatsiyasini topshirish, bitiruv malakaviy va magistrlik ishini himoya qilish uchun kamida 15 kalendar kun muddatga ish haqi saqlangan holda ta’til beriladi.
Demak, Sizga semestr oxirida yakuniy imtihonlar uchun kamida 15 kalendar kun muddatga ish haqi saqlangan holda ta’til beriladi.
Ta’til berish uchun asos sifatida ish joyingizga o‘qish joyidan ma’lumotnoma va OTM tomonidan tasdiqlangan yakuniy nazorat grafigi nusxasini taqdim qilishingiz mumkin. O‘qish joyidan ma’lumotnomani my.gov.uz saytidan yuklab olishingiz mumkin.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Maktabgacha va maktab ta’limi tizimi xodimlari jinoyat ustida qo‘lga olindi

O‘quvchilar uchun yangi olimpiada tashkil etilib, g‘oliblar grant asosida o‘qishga qabul qilinadi

O‘zbekistonda 2025-yil 1-sentyabrdan boshlab xalqaro maktab faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

8-sinf o‘quvchisi “Yosh kitobxon”da qatnashib, mashina yutib oldi
Mavzuga doir yangiliklar

2025-yilda pedagoglarning ustama va ish haqlarini o‘z vaqtida to‘lash bo‘yicha qat’iy nazorat o‘rnatiladi
O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi

O‘qituvchi sababsiz 3 kun ishga kelmasa, unga qanday jazo chorasini qo‘llash mumkin?
Bunday xodimga qanday jazo qo‘llasa bo‘ladi?

O‘qituvchi darsini qisqartirib, maktabga yana yangi xodimni ishga olish to‘g‘rimi?
Bu mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish hisoblanadi

O'zbekistonda Ta'lim kodeksini qabul qilish taklifi berildi
Bu taklifni vazir Hilola Umarova ham qo'llab-quvvatladi
Izohingizni tahrirlang