Top.Mail.Ru
O‘qituvchi darsini qisqartirib, maktabga yana yangi xodimni ishga olish to‘g‘rimi?

O‘qituvchi darsini qisqartirib, maktabga yana yangi xodimni ishga olish to‘g‘rimi?

01:50 / 08.12.2024 24.91k

Savol

Maktabda qo‘shimcha ish o‘rni yo‘q bo‘lishiga qaramay, o‘qituvchining dars soatlarini kamaytirish hisobiga yana yangi xodim ishga qabul qilinishi to‘g‘rimi?


Javob

O‘qituvchining tarif stavkasi ― o‘qituvchiga biriktirilgan dars soatlari asosida bir stavka uchun belgilangan bazaviy tarif stavkadan kelib chiqib aniqlanadigan miqdor hisoblanadi.


Mehnat kodeksining 186-moddasiga ko‘ra, mehnat shartnomasi taraflarining kelishuviga ko‘ra xodimga ishga qabul qilish chog‘ida va keyinchalik to‘liqsiz ish vaqti belgilanishi mumkin.


Ya’ni, maktabda dars yetarli bo‘lmaganligi sababli o‘qituvchilarga 0.25, 0.50 yoki 0.75 stavka ish miqdori belgilanishi mumkin. Ammo ushbu stavkalar xodimning roziligisiz kamaytirilishi mumkin emas.


Maktabda vakant ish o‘rni yo‘qligiga qaramay, yangi xodimni ishga qabul qilish orqali o‘qituvchining tarif stavkasini kamaytirish mehnat shartlarini o‘zgartirish hisoblanadi.


Mehnat kodeksining 135-moddasiga ko‘ra, mehnat shartlari mehnat shartnomasi taraflaridan birining talabiga ko‘ra o‘zgartirilishi mumkin emas.


Mazkur holat mehnat va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish deb baholanadi. 


Bu esa ish beruvchiga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 49-moddasida nazarda tutilgan norma bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.


Eslatma: “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 15-bandidagi ko‘rsatkichlar ketma-ketligi asosida ustunlikka ega bo‘lgan o‘qituvchilarga dars soatlarining maksimal miqdorlari belgilanishi ham mumkin.

Izohlar 6

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Dars taqsimoti
  • Mehnat huquqi

Ulashish

line

Mavzuga doir yangiliklar

So'ragan edingiz

Maktabdagi dars soatlari qonuniy va adolatli taqsimlanganmi?

Biz, 1-toifali ikki nafar yosh o‘qituvchi, ko‘proq dars soati olishni so‘rashimiz mumkinmi? Shuningdek, ikkovimizda ona tili fanidan milliy sertifikat ham mavjud. Direktorimiz esa boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ona tili fanidan olgan milliy sertifikati dars soatlarini taqsimlashda hech qanday ta’sir qilmasligini va uni inobatga olmasligini aytmoqda.

13:25 / 06.10.2026
So'ragan edingiz

O‘qituvchi bir nechta ko‘rsatkichga ega bo‘lsa, ko‘proq dars oladimi?

Dars taqsimotida milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikat birinchi va ikkinchi malaka toifasiga nisbatan yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Bunda o‘qituvchi belgilangan ko‘rsatkichlarning bir nechtasiga ega bo‘lganda, ko‘rsatkichlarning eng ustuvorini inobatga olgan holda dars soatlari taqsimlanadi.

23:43 / 28.09.2026
So'ragan edingiz

Pensiyaoldi yoshidagi, o‘rta-maxsus ma’lumotli pedagogni ishdan bo‘shatish to‘g‘rimi?

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirning 2025-yil 23-oktabrdagi 398-sonli buyrug‘i bilan sinf rahbarlariga qo‘yilgan oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lish talabi butunlay bekor qilingan.

09:23 / 24.09.2026
So'ragan edingiz

“Psixologiya va pedagogika” yo‘nalishida o‘qiyotgan talabalar “Tarbiya” fanidan dars berishi mumkinmi?

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyundagi 422-son qaroriga ko‘ra, “Psixologiya va pedagogika” ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilariga umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Tarbiya” fanini o‘qitish huquqi berilgan.

12:31 / 11.09.2026