Ta’lim sohasi oylik ish haqi bo‘yicha boshqa sohalardan ortda qolishda davom etmoqda
2025-yilda O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 6 mln 376,7 ming so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi. Bunda bir yilda o‘rtacha oylik ish haqi 18,9% ga oshgan.
2025-yilda sohalar kesimida oylik ish haqining eng yuqori o‘sishi (26,4%) san’at va dam olish yo‘nalishlarida kuzatilib, bank va sug‘urta sohasi eng yuqori oylik maosh (17,597 mln so‘m) bo‘yicha yetakchilik qilgan.
Bunda ta’lim sohasi oylik maoshlarida ham yuqori o‘sish (20,1%) kuzatilgan bo‘lsa-da, ammo boshqa sohalarga qaraganda eng past ish haqi (sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasidan bir pog‘ona yuqori) to‘lanayotgan soha bo‘lib qolmoqda.
Ta’lim sohasida o‘rtacha oylik ish haqi 4 mln 372 ming so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, uning tarkibi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi oliy ta’lim sohasida 10 mln 159,5 ming so‘mni, texnik va professional ta’lim sohasida 4 mln 422,2 ming so‘mni, umumiy o‘rta ta’lim sohasida 4 mln 278,2 ming so‘mni, maktabgacha ta’lim sohasida esa 2 mln 868,5 ming so‘mni tashkil etgan.
Umuman olganda, barcha tarmoqlarda ish haqi miqdori oshgan bo‘lsa-da, ularning o‘sish sur’ati va daromad darajasi o‘rtasidagi tafovut iqtisodiyotning yuqori rentabelli sohalari bilan ta’lim kabi ijtimoiy sohalar o‘rtasida sezilarli iqtisodiy tafovut saqlanib qolayotganini ko‘rsatmoqda.
Ma’lumot uchun: So‘nggi yillarda pedagog xodimlarning oylik maoshlarini oshirishga harakatlar boshlangan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoniga muvofiq budjet tashkilotlarida ishlovchi xodimlarning ish haqi miqdori 2025-yil 1-avgustdan boshlab 10 foizga oshirilgan.
Shuningdek, attestatsiyada ishtirok etib, 86 va undan yuqori ball olgan pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga qo‘shimcha 70 foiz ustama belgilash amaliyoti ham yo‘lga qo‘yildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan 2025-yil 1-sentyabrdan boshlab maktab direktorlarining oylik maoshi 20 foizga, direktor o‘rinbosarlarining oylik maoshi esa 15 foizga oshirilishi belgilandi.
2026-yil 1-yanvardan boshlab direktor va uning o‘rinbosarlariga faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlari (KPI) natijasiga ko‘ra bazaviy tarif stavkalariga nisbatan 20 foizgacha ustamalar joriy qilinmoqda.
Комментарии 4
Для комментирования зарегистрируйтесь!
Новости
Nihoyat, pedagog xodim atamasidagi chalkashliklarga chek qo‘yilishi mumkin
“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari uchun faqat bir soat vaqt beriladi
Prezident nomiga MMTV tizimidan 5 mingga yaqin murojaat yo‘llangan
MMTV tizimida 6,7 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida qonunbuzilish holati aniqlandi
Тематические новости
You asked
Yangi olingan malaka toifasi uchun qachondan boshlab to‘lov qilinadi?
Malaka toifasi (lavozimi) saqlangan yoki oshirilgan pedagoglarga qo‘shimcha haq to‘lovlarini amalga oshirishga hech qanday limit belgilanmagan.
You asked
Удвоятся ли зарплаты учителей в 2026 году?
В социальных сетях распространяются сообщения о том, что в 2026 году заработная плата педагогических работников увеличится вдвое. Насколько обоснованны эти сообщения?
You asked
Учителям начальных классов 70% надбавки выплачивается не полностью?
Надбавка в размере 70 процентов подлежит выплате дополнительно к действующим размерам их тарифных ставок.
Новости
Теперь руководящие работники школы могут повысить свою месячную заработную плату
Определены методика и порядок оценки показателей эффективности деятельности (KPI) директора школы и его заместителей.
Русский
Редактировать комментарий