Boshlang‘ich sinflarda jismoniy tarbiya fanidan dars berish masalasi muhokamalar markazida
Ma’lumki, boshlang‘ich sinflarda bir qancha alohida fanlar ham o‘qitiladi. Shu kunga qadar mazkur fanlarning ayrimlari yuqori sinf o‘qituvchilari, ayrimlarini esa boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari tomonidan o‘qitib kelingan.
Ammo, dars taqsimoti to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritlganidan so‘ng bu borada turli xil tushunmovchiliklar kelib chiqa boshladi. Xususan, jismoniy tarbiya fani aynan qaysi fan o‘qituvchilariga berilishi ham ko'plab savollarni tug'dirmoqda.
Shu sababli, bugungi maqolamizda bu borada qonunchilikda nazarda tutilgan holatlarni tahlil qilgan holda ma’lumotlar berib o‘tamiz.
Ma’lumki, 2020-yilning 10-avgustida Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari imzolagan ko‘rsatma xatida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining qaysi fanlardan dars berish huquqiga ega ekanligi haqida tushuntirish berilgan. Unda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining diplomida “Boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish” ixtisosligi berilgan bo‘lsagina ular “Jismoniy tarbiya” fanidan dars berishi mumkin ekanligi aytilgan.
Ammo, boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi o‘qituvchilarining ko‘plab talab va istaklarini inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosarining ko‘rsatmasiga asosan 2021-2022-o‘quv yilidan boshlab maktablarda boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha dars berish huquqiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarga 1-4-sinflarda “Jismoniy tarbiya” fanidan dars berish huquqi beriligan.
Demak, Bosh vazir imzolagan hujjatdan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, 2021-2022-o‘quv yilidan boshlab diplomida qanday mutaxaxasislik yozilganidan qat’iy nazar boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari 1-4-sinflarda jismoniy tarbiya fanidan dars berishi mumkinligini tushunish mumkin.
Yuqori sinf o‘qituvchisi boshlang‘ich sinfda dars berolmaydimi?
Ma’lumki, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining qo‘shma qarori bilan “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilgan.
Bunda boshlang‘ich sinflarda o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha dars soatlarini taqsimlashda o‘qituvchilarning boshlang‘ich ta’lim mutaxassisligiga egaligi yoki tegishincha ushbu fanni boshlang‘ich sinflarda o‘qitish metodikasi bo‘yicha ta’lim olganligi inobatga olinishi qayd etilgan.
Mazkur qoidadan kelib chiqadigan bo‘lsak, yuqori sinflarda dars beradigan jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi 1-4-sinflarga dars berolmasligi mumkin. Ammo, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 13-yanvardagi 9-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan malaka tavsiflari bu qoidani rad etadi.
Ya’ni, vazirlik tomonidan belgilangan malaka tavsiflarida jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi yoshiga nisbatan Sport vazirligi tomonidan belgilangan jismoniy tayyorgarlik va sport sinovlarini bajara olish koʻnikmasiga ega boʻlishi talab etilishi nazarda tutilgan.
Bilamizki, malaka tavsifi — muayyan lavozimni egallash va unda faoliyat yuritish uchun xodimga qo‘yiladigan mutaxassislik, kasbiy bilim, ko‘nikma va boshqa talablarni belgilovchi me’yoriy hujjat hisoblanadi. Ya’ni, malaka tavsifi xodimning aynan shu lavozimda ishlashi uchun qanday talablarga javob berishi kerakligini belgilab beradi.
Ayan shu qoidadan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, 1-4-sinflarda jismoniy tarbiya fanini faqatgina “Jismoniy tarbiya” fani ixtisosligi boʻyicha dars berish huquqiga ega bo‘lgan, ya’ni diplomida “Jismoniy tarbiya” yoki “Boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish” mutaxassisligi qayd etilgan o‘qituvchilar o‘qitishi kerak bo‘ladi.
Diplomida qanday mutaxaxasislik yozilganidan qat’iy nazar 1-4-sinflarda jismoniy tarbiya fanidan dars berishi mumkin bo‘lgan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari esa Sport vazirligi tomonidan belgilangan jismoniy tayyorgarlik va sport sinovlarini bajara olish koʻnikmasiga ega boʻlganligi to‘g‘risidagi hujjatni olishi kerak bo‘ladi.
Xulosa qilib aytganda, amaldagi hujjatlar tahlil qilinganda, 1–4-sinflarda jismoniy tarbiya fanidan dars berish masalasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan aniq javob talab qiladigan izohlar zarurligi ma’lum bo‘ldi. Xususan, boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarga berilgan huquq, dars soatlarini taqsimlashda belgilangan mezonlar va 2026-yilgi malaka tavsiflaridagi talablarning bir-biriga zidligi ko‘plab savollarni yuzaga keltirmoqda.
Shu bois, dars taqsimotida turlicha yondashuvga yo‘l qo‘ymasligi uchun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ushbu masalaga rasmiy izoh berishi lozim. Xususan, 1–4-sinflarda jismoniy tarbiya fanidan aynan qaysi toifadagi pedagoglar dars berishi mumkinligi, ularga qanday malaka talablari qo‘yilishi va dars soatlarini taqsimlashda aynan kimlarga ustuvorlik berilishi aniq belgilab berilishi kerak, deb hisoblaymiz.
Комментарии 38
Для комментирования зарегистрируйтесь!
Новости
Oliygoh bitiruvchilarining bandlik darajasi haqidagi tahlillar e’lon qilindi
O‘qituvchilar majburiy tibbiy ko‘rikdan bepul o‘tadi — vazirlik topshiriq berdi
Bu yil 1696 nafar o‘qituvchiga qariyb 7 mln 500 ming so‘mlik vazir ustamasi beriladigan bo‘ldi
Ayrim davlat maktablarida oyiga 29 mln so‘mlik pullik sinf ochilmoqda, bu Konstitutsiyaga zid
Тематические новости
You asked
Surdopedagogika bo‘yicha qayta tayyorlangan o‘qituvchiga korreksion fan darslari beriladimi?
Agar o‘qituvchida surdopedagogika bo‘yicha kasbiy qayta tayyorlash diplomi mavjud bo‘lsa, u mazkur ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasidagi tegishli dars soatlariga da’vogarlik qilishi mumkin.
You asked
“Tarbiya” qaysi fan o‘qituvchisiga berilishi kerak?
Bosh vazirning 2024-yil 16-apreldagi 30/1-1782-sonli ko‘rsatma xatiga muvofiq “Tarix”, “Milliy istiqlol g‘oyasi va huquq” mutaxassisligiga ega o‘qituvchilarga 5-11-sinflarda “Tarbiya” fani bo‘yicha dars o‘tishlariga ruxsat berilgan.
You asked
Oliy toifali o‘qituvchi 23 soat, 1-toifali o‘qituvchi 16 soat: dars taqsimoti qonuniymi?
Bunda birinchi malaka toifaga ega bo‘lgan pedagogga 20 soat dars berilishi uchun ikki nafar oliy toifaga ega bo‘lgan pedagoglarning yozma roziligi olinishi kerak bo‘ladi.
You asked
Ikkita mutaxassislikka egalik dars taqsimotida ustunlik beradimi?
Dars soatlari pedagogning umumiy o‘quv yuklamasi va nizomda belgilangan ustuvorlik mezonlari asosida, boshqa pedagoglarning huquqlari ham inobatga olingan holda taqsimlanishi lozim.
Русский
Редактировать комментарий