O‘qituvchi sababsiz 3 kun ishga kelmasa, unga qanday jazo chorasini qo‘llash mumkin?
Savol
O‘qituvchi hech kimni ogohlantirmay ish joyiga sababsiz kelmayapti. 3 kundan buyon ish joyida yo‘q. Bu holat birinchisi ham emas. Bu xodimga qanday jazo qo‘llasak bo‘ladi?
Javob
Bu kabi qilmishlar uchun belgilanadigan qoidalar ko‘proq ta’lim muassasasi ichki mehnat tartibi qoidalari bilan belgilanadi.
Agar maktabning ichki mehnat tartib qoidalarida xodimning ish joyiga kechikib kelishi, ish joyiga sababsiz ravishda kelmasligi yoki lavozim vazifalarini muntazam bajarmasligi bo‘yicha qo‘llaniladigan choralar belgilanmagan bo‘lsa, xodimga nisbatan Mehnat kodeksining 312-moddasida nazarda tutilgan jazo choralaridan birini qo‘llash mumkin.
Mehnat kodeksining 312-moddasiga ko‘ra xodimga quyidagi intizomiy jazo choralarini qo‘llash mumkin:
- hayfsan;
- o‘rtacha oylik ish haqining o‘ttiz foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda jarima;
- mehnat shartnomasini bekor qilish (MK 161-moddasi ikkinchi qismining 4 va 5-bandlari).
Eslatib o‘tamiz, Mehnat kodeksida ayrim toifadagi xodimlarga intizomiy jazo qo‘llashda alohida holatlar mavjud.
Masalan, homilador ayollar va boshqa toifadagi xodimlar uchun alohida kafolatlar belgilangan. Lekin bu mazkur toifaga kiruvchi xodimlar tomonidan mehnat qonunchiligi qoidalarini buzish mumkin degan ma'noni anglatmaydi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Endi o‘qituvchilar tibbiy ko‘rigi uchun to‘lovlar davlat budjetidan qoplanadi
O‘qituvchilarga va’da qilingan yana bir imtiyoz kuchga kirdi
Bu yil maktablarda bahorgi ta’til 20-martdan boshlanishi mumkin
Maktabda o‘qiydigan farzandiga mashina bergan ota 5 sutkaga qamaldi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Maktabda o‘qiydigan farzandiga mashina bergan ota 5 sutkaga qamaldi
Voyaga yetmagan farzandlarining avtomobilni yuqori tezlikda boshqarishiga yo‘l qo‘yibgan ota besh sutkaga qamaldi.
Yangiliklar
Qimor o‘ynagan MMTB boshlig‘i va direktorlar jarimga tortildi
Andijon viloyati Ulug‘nor tumanida olti nafar ta’lim sohasi xodimi choyxonada qimor o‘ynab o‘tirgan paytda ushlanib, ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Yangiliklar
Tekshiruv o‘tkazmaslik evaziga pora so‘ragan MMTB boshlig‘i qo‘lga tushdi
Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i o‘z mansab vakolatini suiiste’mol qilib, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan birida tekshiruv o‘tkazmaslik evaziga, uning rahbaridan 4,8 mln so‘m miqdorida pora talab qilgan.
Yangiliklar
Samarqand “oblono” boshlig‘i ishdan olindi
Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rahbari Muzaffar Hamdamov aslida iqtidorli o‘quvchilar yuborilishi kerak bo‘lgan “Alvon yelkanlar” bayramiga o‘z o‘g‘li va jiyanini qo‘shib yuborgani uchun ishdan olindi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang