Pedagog xodimlar yangi yil bayrami arafasida ketma-ket 5 kun, o‘quvchilar esa 14 kun dam oladi
Prezident “Yangi yil bayramini nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunni belgilash va dam olish kunini ko‘chirish to‘g‘risida” qarorni imzoladi.
2024-yil 24-dekabr kuni imzolangan qaror bilan, 2025-yilda 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni 4-yanvar – shanba kunidan 2-yanvar – payshanba kuniga ko‘chirildi. 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 2-yanvar – payshanba qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilandi.
Dam olsih kunlari quyidagicha belgilandi:
28-dekabr, shanba — 6 kun ishlovchilar uchun odatiy ish kuni, 5 kun ishlovchilar uchun odatiy dam olish kuni;
- 29-dekabr, yakshanba — barcha uchun odatiy dam olish kuni;
- 30-dekabr, dushanba — 6 kun ishlovchilar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kun ishlovchilar uchun 14-dekabr (shanba) kunidan ko‘chirilgan dam olish kuni;
- 31-dekabr, seshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
- 1-yanvar, chorshanba — Yangi yil bayrami;
- 2-yanvar, payshanba — 6 kun ishlovchilar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kun ishlovchilar uchun 4-yanvar (shanba) kunidan ko‘chirilgan dam olish kuni etib belgilandi.
Maktab o‘quvchilari 14 kun dam oladi
Maktab o‘quvchilari uchun II chorakning so‘nggi kuni 29-dekabrdan boshlanib, 2025-yil 11-yanvarga qadar davom etadi.
Ta’til 14 kalendar kun, ya’ni 11-yanvargacha davom etadi. III chorak darslari esa 13-yanvar (shanba) kunidan boshlanadi.
Izohlar 2
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Samarqandda noqonuniy diniy ta’lim berish holati aniqlandi
Vazir E’zoza Karimova birinchi marta prezidentga taqdimot qildi
Surxondaryodagi maktablar yana qog‘ozbozlikka qaytyaptimi?
Qoraqalpog‘iston Maktabgacha va maktab ta’lim vaziri lavozimidan ozod qilindi
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
14-yanvar kuni o‘qishmi yoki dam olish kunimi?
14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan dam olish kuni deb e’lon qilinganmi? Bu kuni ham dam olish kuni bo‘ladigan bo‘lsa, mavzularni jurnalga qanday tartibda yozamiz?
Yangiliklar
1-sinf o‘quvchilari uchun fevral oyida qo‘shimcha bir haftalik ta’til beriladi
Ta’til fevral oyining aynan qaysi kunlariga to‘g‘ri kelishi mustaqil ravishda belgilanadi.
Yangiliklar
Qishki ta’til oldidan ota-onalar ogohlantirildi
Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ota-onalarga murojaat bilan chiqdi.
So'ragan edingiz
Yangi yilga sinfxonani bezatmagan o‘qituvchini jazolash to‘g‘rimi?
O‘qituvchilar sinf xonalarni yangi yilga bezatmagani uchun javobgarmi? Biror chora ko‘rishga direktor yoki hokimiyat haqlimi?
O'zbek
Izohingizni tahrirlang