Rahbar xodimlarning oylik maoshi yana ikki barobarga oshiriladi
Kecha, 24-dekabr kuni Vazir Hilola Umarova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga maktabgacha va maktab ta’limi tizimida 2025-yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar bo‘yicha axborot berilgandi.
Unda ta’lim muassasalari rahbar xodimlarining oylik maoshlarini sezilarli darajada oshirish borasida ham bir qancha takliflar ilgari surildi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining xabar berishicha, 2025-2026-o‘quv yilidan boshlab maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari direktorlari, maktab direktori o‘rinbosarlarining ish haqi miqdorlari oshiriladi.
Shu bilan birga, 2026-yildan boshlab maktab direktorlari va ularning o‘rinbosarlariga faoliyat samaradorligi natijalariga ko‘ra qo‘shimcha ustamalar joriy etiladi.
Bundan tashqari, maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi boshqaruv xodimlarining lavozim maoshlariga uzoq muddat ishlaganligi uchun har oylik ustama hamda boshqa qo‘shimcha to‘lovlar to‘lanishi yo‘lga qo‘yiladi.
Vazir Hilola Umarovaning aytishicha, maktab direktorlarining oylik maoshi 20 foizgacha oshiriladi, agar ular “Direktorlar maktabidan” o‘tsa, oylik maoshlari yana 50 foizga oshirilishi hisobiga ularning maoshini ikki barobar oshirishga erishiladi.
Izohlar 8
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Endi maktablarda “Kelajak” markazlarining tarmoq to‘garaklari tashkil qilinadi
Maktablarning haqiqiy ahvoli ochiqlandi
2026-yilda ham darsliklar ijarasi bepul bo‘ladi, 106,4 mln dona nusxa darslik va mashq daftarlari chop etiladi
Ta’lim muassasalari yong‘in xavfsizligi uchun budjetdan qachon pul ajratiladi?
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
O‘qituvchilar mamlakat bo‘yicha o‘rtacha ish haqiga nisbatan kamroq maosh olmoqda
Bunda ta’lim sohasi vakillari sohalar orasida so‘nggi o‘rinlarni qayd etib, ularning o‘rtacha oylik ish haqi 4 mln 188 ming so‘mni tashkil etdi.
So'ragan edingiz
Psixolog hamda CHQBT rahbarlarining ham oyligi oshadimi?
Maktabdagi rahbar xodimlarning oylik maoshlari 1-sentyabrdan boshlab oshar ekan. Bunda psixolog va CHQBT rahbarlari maoshi ham oshadimi? Ular ham rahbar xodim-ku, shunday emasmi?
Yangiliklar
4 198 nafar o‘qituvchiga 70 foizlik ustama beriladigan bo‘ldi
Oliy va birinchi malaka toifasiga erishgan (yoki saqlagan) hamda 86 va undan yuqori ball to‘plagan pedagog kadrlar ro‘yxati tasdiqlandi.
Yangiliklar
Pedagog xodimlar 1-avgustdan boshlab oshirilgan miqdorda maosh oladilar
Xo‘sh, umumta’lim maktabi pedagog xodimlari hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari 1-avgustdan aynan qancha miqdorda maosh oladilar?
O'zbek
Izohingizni tahrirlang