Endi boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga ham 50 foizlik ustama to‘lanadimi?
Savol
2025-yil 1-yanvardan ona tili va tarix o‘qituvchilariga milliy sertifikat uchun 50% ustama to‘lanar ekan. Shunda milliy sertifikatga ega boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga ham o‘zbek tili va adabiyotidan boshlang‘ichlarda dars o'tgani uchun 50 foiz to‘lanadimi?
Javob
Mazkur masala yuzasidan xalqtaliminfo.uz Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga so‘rov yuborgandi. Shundan so‘ng vazirlik ushbu savolga batafsil javob yo‘lladi.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston - 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi 37–son Farmoni 12-bandiga ko‘ra 2025-yil 1-yanvardan boshlab Bilim va malakani baholash agentligi tomonidan berilgan milliy sertifikatga ega “Ona tili va adabiyot hamda Tarix” fani o‘qituvchilariga 50 foiz miqdorida ustama to‘lanishi belgilandi.
Bilim va malakani baholash agentligi tomonidan berilgan ona tili va adabiyot (o‘zbek tili va adabiyot, rus tili va adabiyot, qoraqalpoq tili va adabiyoti) sertifikatlari uchun 50 foiz miqdorida ustama to‘lanadi. Bunda:
- Ta’lim tili o‘zbek tili bo‘lgan maktablarda dars beruvchi pedagoglarga o‘zbek tili va adabiyoti sertifikati uchun ona tili va adabiyot faniga;
- Ta’lim tili rus tili bo‘lgan maktablarda dars beruvchi pedagoglarga rus tili va adabiyoti sertifikati uchun ona tili (rus tili) va adabiyoti faniga;
- Ta’lim tili qoraqalpoq tili bo‘lgan maktablarda dars beruvchi pedagoglarga qoraqalpoq tili va adabiyoti sertifikati uchun ona tili (qoraqalpoq tili) va adabiyoti faniga tegishli dars soatlari uchun ustama to‘lanadi.
Ya’ni yuqoridagi Farmon talablaridan kelib chiqib, ona tili va adabiyoti hisoblangan fanlar uchun dars berayotgan o‘qituvchilarga fan soatlari uchun 50 foiz miqdorida ustama to‘lanadi.
Shuningdek, boshlang‘ich ta’limda ona tili bo‘yicha dars beruvchi ustozlarga sinflar kesimida quyidagi fan soatlari uchun 50 foiz miqdorida ustama to‘lanadi:
- 1-sinfda o‘quv yilining 1-2-choraklarida 4 soat “Alifbe”, 4 soat “Yozuv”, 3-4-choraklarida 4 soat “Ona tili”, 4 soat “O‘qish savodxonligi” fani;
- 2-4-sinflarda 4 soatdan “Ona tili”, 3 soatdan “O‘qish savodxonligi” fani.
Ma’lumot uchun: O‘zbek tili (davlat tili) fanidan dars beruvchi pedagoglarga (barcha qardosh tillarga) esa ularning tarif stavkasiga nisbatan 20 foiz miqdorida ustama to‘lanadi. O‘zbek tili (davlat tili) fanidan dars beruvchi pedagoglarga 50 foiz miqdorida ustama to‘lab berilmaydi.
Izohlar 14
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Oliygohlarda “Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovi o‘tkaziladi
O‘qituvchilarga ustama tayinlashga qanday tadbir va olimpiadalar uchun ball berilishi aniq bo‘ldi
Yangi o‘quv yilidan boshlab maktablarda “Eng yaxshi startap g‘oyasi” tanlovi o‘tkaziladi
Ertadan boshlab maktab maslahatchisi lavozimi uchun suhbat jarayonlari boshlanadi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
O‘qituvchilarga ustama tayinlashga qanday tadbir va olimpiadalar uchun ball berilishi aniq bo‘ldi
2026-2027-o‘quv yili uchun umumta’lim muassasalaridagi o‘qituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilashda inobatga olishga tavsiya etilgan fan olimpiadalari, ko‘rik tanlovlar, musobaqalar va tadbirlar ro‘yxati tasdiqlandi.
So'ragan edingiz
Maktab o‘qituvchilarga ham milliy sertifikatlarni olish uchun subsidiya beriladimi?
O‘qituvchilarga milliy sertifikatlarni olish uchun subsidiyalar ajratilishi haqida eshitgandim. Bu maktab o‘qituvchilariga ham taalluqlimi?
So'ragan edingiz
Ikki yil avval malaka oshirgan o‘qituvchiga yangi o‘quv yiliga ustama uchun ball beriladimi?
2024-yilda malaka oshirgan pedagog xodim keyingi besh yil ichida ish beruvchi tomonidan majburiy tarzda malaka oshirishga yuborilishi lozim. Ana shu muddatga qadar esa uning 2024-yilda malaka oshirgani haqidagi sertifikati o‘z kuchida bo‘ladi.
Yangiliklar
Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi
2025-yil 27-30-dekabr kunlari matematika, kimyo va geografiya fanlaridan bo‘lib o‘tgan milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang