1-sinf o‘quvchilari uchun fevral oyida qo‘shimcha bir haftalik ta’til beriladi
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida”gi nizomning 26-bandiga ko‘ra 1-sinf o‘quvchilari uchun fevral oyi davomida qo‘shimcha bir haftalik ta’til berilishi belgilangan.
Ta’til fevral oyining aynan qaysi kunlariga to‘g‘ri kelishi hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi va hududiy bo‘linmalari tomonidan yoki har bir maktab pedagogik kengashi tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.
Ma’lumot uchun: Ayni vaqtda ko‘plab hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari tomonidan 1-sinflar uchun 10-15-fevral kunlari qo‘shimcha ta’til kunlari etib belgilanmoqda. Bunda e-maktab.uz platformasida ta’til kunlarini rejalashtirish tavsiya etiladi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Ta’lim vazirligida matbuot xizmati rahbariyati yangilandi
19-noyabrdan “Jadidlar izidan” respublika tanlovining hududiy bosqichi boshlanadi
“Ta’lim tizimida tartib o‘rnataman” — Erkinjon Turdimov
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari milliy sertifikat imtihonida nega 90 ta test topshiradi?
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
Maktablarda kuzgi ta’til boshlandi: ota-onalarga qo‘shimcha ta’til beriladimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda maktab o‘quvchilarining kuzgi ta’tilga chiqishi munosabati bilan ularning ota-onalariga ham qo‘shimcha ta’til berilishi haqida xabarlar tarqalmoqda.
Bilasizmi?
Maktab o‘quvchilari uchun kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanadi
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida kuzgi ta’til — 4-noyabrdan boshlanib, 6 kalendar kun, ya’ni 9-noyabrga qadar davom etadi. Dars jarayonlari 10-noyabrdan boshlanadi.
Yangiliklar
Bu yil maktablarda bahorgi ta’til 20-martdan boshlanishi mumkin
“Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida”gi nizom talablariga muvofiq joriy yilda maktablarda III chorakning so‘nggi kuni 20-martga to‘g‘ri kelib, IV chorak 28-mart kunidan boshlanishi kerak, ammo...
So'ragan edingiz
14-yanvar kuni o‘qishmi yoki dam olish kunimi?
14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan dam olish kuni deb e’lon qilinganmi? Bu kuni ham dam olish kuni bo‘ladigan bo‘lsa, mavzularni jurnalga qanday tartibda yozamiz?
O'zbek
Izohingizni tahrirlang