Malaka oshirishga borgan o‘qituvchining ish haqi saqlanadimi?

Savol
Oflayn ravishda malaka oshirishga borgandim. Menga malaka oshirishda bo‘lganim uchun ish haqi to‘lanmaydimi?
Javob
Hozirgi kunda pedagog xodimlarni malaka oshirish kurslariga jalb qilish Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-dekabrdagi 867-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirishni tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi nizom bilan tartibga solinadi.
Malaka oshirish tizimining yangi tartibi bilan ushbu maqolada tanishing
Malaka oshirishga jalb qilingan pedagog xodimlar malakasini oshirishga doir huquq va majburiyatlar Mehnat kodeksida belgilangan.
Mehnat kodeksining 367-moddasi 3-qismiga ko‘ra, malaka oshirish deganda xodimning undagi mavjud kasb va mutaxassislik bo‘yicha ishlarni bajarishga tayyorligini tavsiflovchi, xodimning kasbiy bilimlari, malakalari va ko‘nikmalari darajasini takomillashtirish tushuniladi.
Mehnat kodeksining 370-moddasiga ko‘ra xodim ish beruvchi va xodim uchun majburiy bo‘lgan qayta tayyorlashga yoki malaka oshirishga yuborilgan taqdirda, ish beruvchi qayta tayyorlash yoki malaka oshirish davrida xodimning ish joyini (lavozimini) va o‘rtacha ish haqini saqlab qolishi shart.
Agar qayta tayyorlash yoki malaka oshirish ixtiyoriy ravishda amalga oshirilsa, ish beruvchi qayta tayyorlash yoki malaka oshirish vaqtida xodimning ish joyini (lavozimini) saqlab turishi shart.
Xodimning o‘rtacha ish haqini saqlab qolish masalasi jamoa shartnomasida, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan holda qabul qilinadigan ichki hujjatda yoxud mehnat shartnomasi taraflarining kelishuviga ko‘ra hal qilinadi.
Mehnat kodeksining 290-moddasiga ko‘ra, agar ish beruvchining yo‘llanmasi bo‘yicha xodimning kasbiy tayyorgarlik, qayta tayyorlash, malaka oshirish va stajirovkadan o‘tishi boshqa joyga ko‘chishni talab qilsa, xodimga o‘qish joyiga borish va qaytib kelish, shuningdek uy-joyni ijaraga olish xarajatlarining o‘rni ham qoplab berilishi lozim.
Jamoa shartnomasida yoki ish beruvchi tomonidan kasaba uyushma qo‘mitasi bilan kelishilgan holda tasdiqlangan ichki hujjatda kasbiy tayyorgarlik, qayta tayyorlash, malaka oshirish va stajirovkaga yuborilgan xodimlarga yashash joyidan tashqarida yashaganlik uchun kompensatsiya (sutkalik) to‘lovi belgilanishi mumkin.
Demak, xulosa shuki, pedagog xodim malaka oshirish kurslariga jalb etilganda xodimning ish joyi (lavozimi) va o‘rtacha ish haqi saqlab qolinadi. Agar malaka oshirish boshqa joyga ko‘chishni talab qilsa, xodimga o‘qish joyiga borish va qaytib kelish, shuningdek uy-joyni ijaraga olish xarajatlarining o‘rni ham qoplab beriladi.
Izohlar 4
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

O‘qituvchilarni xorijga malaka oshirishga yuborish jarayoni boshlandi

Sanitariya talablari buzilgani uchun ayrim xususiy bog‘chalar yopildi

Jizzaxdagi bog‘chada zaharlangan bolalardan 4 nafari shifoxonada qolmoqda

Vazirlik attestatsiya bo‘yicha yana bir sud ishida javobgar sifatida ishtirok etadigan bo‘ldi
Mavzuga doir yangiliklar

O‘qituvchilarni xorijga malaka oshirishga yuborish jarayoni boshlandi
Ayni vaqtda Farg‘ona viloyati hokimligi viloyatdagi pedagoglarni Yaponiyaga malaka oshirishga yuborish bo‘yicha tashkiliy ishlarni boshlab yuborgan.

Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari har uch yilda oliygohlarda malaka oshiradi
Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash bo‘yicha direktor o‘rinbosarlarini malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash oliy ta’lim muassasalarining “Chaqiriqqacha harbiy ta’lim” ta’lim yo‘nalishida mutaxassislar tayyorlovchi harbiy ta’lim fakultetlarida tashkil etiladi.

O‘qituvchi ikkita maktabda ishlasa, ikkala maktabdan ham toifa va sertifikat uchun ustama oladimi?
O‘qituvchining lavozim maoshi bazaviy tarif stavkalari asosida shakllantiriladi

Menejerlik kursida o‘qigan 379 nafar direktor sertifikat ololmadi
Matbuot anjumanida malaka oshirish tizimi, menejerlik o‘quv kurslari, shuningdek, PISA xalqaro tadqiqotiga tayyorgarlik jarayonlari haqida ma’lumotlar berildi.
Izohingizni tahrirlang