Attestatsiyadan o‘tolmagan o‘qituvchini ishdan bo‘shattirib, uning darslarini olsa bo‘ladimi?
Savol
5-kurs sirtqi bo‘limi talabasiman va shu bilan birga 3-kursligimdan boshlab maktabda jismoniy tarbiya o‘qituvchisi lavozimida 0,5 stavkada asosiy ishchi o‘rnida ishlab kelmoqdaman.
Maktabimizda yana bir jismoniy tarbiya o‘qituvchisi bor. U 0,75 stavkada asosiy ishchi sifatida ishlab kelyapti. Lekin bu o‘qituvchi shu paytgacha majburiy attestatsiyadan o‘tgan bo‘lishi kerak edi.
Ammo u attestatsiyadan o‘tolmagan va hech qanday malaka toifasi yo‘q. Savolim shundayki, bu o‘qituvchini ishdan bo‘shatsa bo‘ladimi? Ushbu holatda men, ish beruvchiga ariza bilan murojaat qilgan holda, o‘zimning dars soatlarimni bir stavka qilib olsam bo‘ladimi?
Javob
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-son qaroriga 1-ilova “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” nizom pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini belgilaydi.
Mazkur nizomning 44-bandiga ko‘ra, mutaxassis (oliy ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimidagi pedagog kadrlar navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘ta olmagan taqdirda, ish beruvchi xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi sababli u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilish huquqiga ega.
Nizomning 44-1-bandiga ko‘ra, ish beruvchi mehnat shartnomasini bekor qilmagan taqdirda, navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘ta olmagan mutaxassis (oliy ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimidagi pedagog kadr navbatdan tashqari attestatsiyaga ko‘pi bilan ikki marta jalb etiladi.
Bunda ikki martadan birortasida ham navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘ta olmagan yoki uzrli sababsiz (kasallikka chalinishi oqibatida uzoq muddatli mehnatga qobiliyatsizlik hamda davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligidan tashqari hollarda) attestatsiyada ishtirok etmagan pedagog kadr bilan tuzilgan mehnat shartnomasi xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi sababli bekor qilinadi.
Yuqoridagi vaziyatdan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, hozirda attestatsiyadan o‘tolmagan o‘qituvchining dars taqsimoti bo‘yicha darajasi “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami: 3271) talablari bo‘yicha oliy ma’lumotli toifasiz o‘qituvchi sifatida oliy ta’lim muassasalarining pedagogik yo‘nalish bo‘yicha bitiruvchi bosqich talabalaridan bir pog‘ona yuqorida turibdi.
Demak, ushbu vaziyatda attestatsiyadan o‘tolmagan jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinishi uchun u yana ikki marta navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb qilinishi kerak bo‘ladi.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
O‘qituvchilar farzandlarining kontrakt summasiga 30 foizlik chegirma qachon va qay tartibda berilishi aniq bo‘ldi
Maktab maslahatchisi lavozimiga talabalarni ishga qabul qilish boshlab yuborildi
Prezident bunday topshiriq bermagandi: o‘qituvchilarni xorijga yuborish xarajatlari ularning bo‘yniga ilindi
Pedagoglar malakasini oshirish tizimidagi kamchiliklar muhokama qilindi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Jismoniy tarbiya o‘qituvchilari uchun amaliy imtihon sanasi aniq bo‘ldi
Malaka sinovlarini amaliy imtihon shaklida o‘tkazish reja-jadvali hamda hududiy ishchi guruhlar va baholash komissiyasi tarkibi tasdiqlandi.
Yangiliklar
Attestatsiya bazasi yana “ish ko‘rsatdi”
2026-yil 27-aprel kuni o‘tkazilgan matematika fanidan bo‘lib o‘tgan malaka toifa sinovlari paytida texnik nosozlik tufayli pedagoglar imtihon o‘tkaziladigan binoda uzoq vaqt qolib ketganligi aytildi.
Attestatsiya
Nega milliy sertifikatda A+ olgan o‘qituvchi malaka toifa imtihonidan yiqilmoqda?
Bugungi ta’lim tizimida ko‘plab o‘qituvchilar orasida bir savol keng tarqalgan: nega milliy sertifikatda yuqori — A+ darajaga erishgan pedagoglar ham malaka toifa imtihonlarida kerakli ballni to‘play olmayapti?
Attestatsiya
Vazir E’zoza Karimova attestatsiyaga bordi, endi tizim o‘zgaradimi?
So‘nggi yillarda vazir sifatida faoliyat yuritgan Ulug‘bek Inoyatov, Sherzod Shermatov ham, Baxtiyor Saidov ham va Hilola Umarova ham shaxsan test jarayonlari o‘tkazilayotgan manzilga borib, norozi o‘qituvchilar bilan suhbatlashmagandi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang