70 foizlik ustama berish tartibi qachon joriy qilinadi?
Savol
Navbatdagi attestatsiyaga ro‘yxatdan o‘tish jarayoni boshlandi. Prezident farmonida 70 foizlik ustama 2025-yil 1-yanvardan joriy etilishi ko‘zda tutilgandi. Lekin vazirlik jim.
Men oliy toifaman, agar 70 foizlik ustaman aniq bo‘lganda, navbatdan tashqari attestatsiyaga topshirardim. Lekin hozircha aniq bir javob yo‘q. Iltimos, shu masalaga oydinlik kiritib beringlar.
Javob
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-son Farmonining 3-v-bandida 2025-yil 1-yanvarga qadar malaka toifalarini berish tizimini vakolatli xorijiy tashkilotlarning akkreditatsiyasidan o‘tkazish orqali pedagog kadrlarga xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatini berish amaliyoti yo‘lga qo‘yilishi belgilangan.
Bunda, xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatini olgan pedagog kadrlarga tarif stavkalarining amaldagi miqdorlariga nisbatan 70 foiz miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanishi nazarda tutilgan.
Hozirda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik ishlari boshlangan. Tizim xalqaro akkreditatsiyadan o‘tganidan keyin ushbu talablar asosida 86 ballik natija bilan malaka sertifikatini olgan pedagoglar 70 foizlik ustama olishlari mumkin bo‘ladi.
Xalqaro akkreditatsiya nima?
Xalqaro akkreditatsiya – bu pedagog kadrlarga malaka toifasi berish tizimining xalqaro miqyosda tan olingan tashkilotlar tomonidan tekshirilishi va ular belgilagan standartlarga mos ekanligini tasdiqlash jarayonidir.
Bunda pedagog kadrlarga malaka toifasi berish tizimi hamda attestatsiyadan o‘tganlik uchun malaka toifasi sertifikatini berish mexanizmlari xalqaro mezonlarga muvofiqligi bo‘yicha ekspertizadan o‘tadi va tasdiqlanadi. Bu esa o‘ziga xos murakkab jarayon hisoblanadi.
Ya’ni, ushbu jarayonda xorijiy tashkilotlar O‘zbekistonning pedagog kadrlarga malaka toifasi berish tizimini tekshiradi va uni xalqaro talablar bilan solishtiradi. Jarayon ijobiy yakunlanganidan so‘ng, tizim xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan hisoblanadi.
Ushbu tartib aynan qachondan boshlab joriy qilinishi mumkin?
Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, ushbu tartib joriy qilinishi uchun pedagog kadrlarga malaka toifasi berish tizimi xalqaro akkreditatsiyadan o‘tishi lozim.
Tizim xalqaro akkreditatsiyadan aynan qachon o‘tishini esa hozircha hech kim aniq aytolmaydi, hatto Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining o‘zi ham.
Pedagoglar navbatdan tashqari attestatsiyaga hujjat topshirsa, puliga kuyib qolmaydimi?
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 21-bandida pedagog kadrlarni navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida (340 ming so‘m) yig‘im undirilishi nazarda tutilgan.
Agar pedagog xodimlar bahorgi attestatsiyada 70 foizlik ustama berish tartibi joriy qilinishi mumkinligini taxmin qilgan holda, navbatdan tashqari attestatsiyaga ariza yuborib, to‘lovni amalga oshirsa-yu, ammo 70 fozilik ustama berish tartibi bahorgi attestatsiyadan boshlab amaliyotga joriy qilinmasa, amalga oshirilgan to‘lovlar pedagog xodimlarga qaytarilmaydi.
Shu sababli, pedagog xodimlarga yuqoridagi holatlarni inobatga olib, harakat qilishlarini maslahat beramiz.
Izohlar 13
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
“Hech bir o‘qituvchi o‘z hisobidan chet elda malaka oshirishga majbur qilinmadi" — rasmiy izoh berildi
Endilikda bo‘lajak o‘qituvchilar bilimi tashqi diagnostikadan o‘tkaziladi
O‘qituvchilar farzandlarining kontrakt summasiga 30 foizlik chegirma qachon va qay tartibda berilishi aniq bo‘ldi
Maktab maslahatchisi lavozimiga talabalarni ishga qabul qilish boshlab yuborildi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Endilikda bo‘lajak o‘qituvchilar bilimi tashqi diagnostikadan o‘tkaziladi
Bunda oliy ta’lim tashkilotida bakalavriat bosqichining pedagogika ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning bilimlarini yagona metodologik yondashuv asosida tashqi diagnostikadan o‘tkazish orqali tahlil qilinadi.
So'ragan edingiz
O‘qituvchilarga qachondan boshlab 70 foizlik ustama to‘lash boshlanadi?
Pedagoglarga sertifikat olingan kundan boshlab 70 foizlik ustamalar ularning oylik ish haqlariga qo‘shib hisoblash boshlanadi.
So'ragan edingiz
Ish tajribasi boshqa maktabda ommalashtirilgan o‘qituvchiga ustama uchun ball bersa bo‘ladimi?
O‘qituvchining ish tajribasi maktabda ommalashgan bo‘lib, ish joyini boshqa maktabga ko‘chirsa, ustama uchun shu maktabdan ball bersa bo‘ladimi?
Yangiliklar
Jismoniy tarbiya o‘qituvchilari uchun amaliy imtihon sanasi aniq bo‘ldi
Malaka sinovlarini amaliy imtihon shaklida o‘tkazish reja-jadvali hamda hududiy ishchi guruhlar va baholash komissiyasi tarkibi tasdiqlandi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang