Oʻqituvchilar malakasini oshirish uchun grantlar ajratiladi

O‘zbekiston hamda Italiya o‘rtasida maktabgacha ta’lim,
o‘qituvchi va o‘quvchilar almashinuvi hamda olimpiadalar bo‘yicha yangi
kelishuvlarga erishildi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova
boshchiligidagi delegatsiya Italiyada bo‘ldi. Dastur doirasida vazir Hilola
Umarova “Perudjia” chet elliklar universiteti rektori, professor Valerio De
Chezaris bilan ham uchrashdi.
Unda maktabgacha va maktab ta’limi sohasida hamkorlik
o‘rnatish, tajriba almashish, ta’lim va ijtimoiy sohalarda qo‘shma loyihalarni
amalga oshirish haqida soʻz bordi.
Muhokama davomida xorijiy tashkilot tomonidan oʻqituvchilar
malakasini oshirish uchun grant mablagʻlari ajratilishi boʻyicha
kelishuvga erishildi.
Shundan so‘ng, Italiya xalqaro tashkiloti hamjamiyati
(SIOI) prezidenti Rikardo Sessa bilan istiqboldagi hamkorlik masalalari
muhokama qilindi. Uchrashuv so‘nggida vazirlik va tashkilot o‘rtasida hamkorlik
yuzasidan kelishuv imzolandi.
Unga ko‘ra, endi iqtidorli yoshlar ushbu tashkilot
bilan hamkorlikdagi almashinuv dasturlarida ishtirok etishadi.
“Global Hippo Association” tashkiloti prezidenti
Daniyele Piachenti bilan o‘tkazilgan uchrashuvda tashkilot tomonidan o‘tkazilib
kelinayotgan ingliz tili olimpiadasiga MDH mamlakatlaridan talabgorlarni
saralash bosqichini joriy yil O‘zbekistonda o‘tkazishga kelishildi.
Shuningdek, vazir Hilola Umarovaning Italiya
Respublikasi Ta’lim va e’tiroflar vaziri Djuzeppe Valditara bilan bo‘lib o‘tgan
uchrashuvida quyidagi masalalar muhokama qilindi:
- ikki mamlakat o‘rtasida maktabgacha va maktab ta’limi
sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish;
- tajriba almashish hamda qo‘shma loyihalarni amalga
oshirish;
- o‘qituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash;
- maktablarda sun’iy intellektni joriy etish;
- o‘quvchilarni kasbga tayyorlash va yangi o‘quv
dasturlarini yaratish bo‘yicha hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.
Mazkur uchrashuvda Italiya tomoni malakali
mutaxassislarni O‘zbekistonga yuborish, italyan tili mutaxassislarini tayyorlash
va o‘quvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Ta’lim muassasalarida uzoq yillardan buyon rahbarlik lavozimini hech kimga bermay kelayotgan shaxslar tanqid qilindi

Vazirlikning iqtisod qilingan mablag‘lari hisobidan “Maktab avtobuslari” sotib olindi

2024-yilda malaka oshirgan pedagoglarga ustama uchun ball berilishi rasman taqsdiqlandi

“O‘qituvchilarni attestatsiyadan o‘tkazib qo‘yish uchun 10 ming AQSH dollaridan ortiq mablag‘ yig‘ilgan” — DXX
Mavzuga doir yangiliklar

2024-yilda malaka oshirgan pedagoglarga ustama uchun ball berilishi rasman taqsdiqlandi
Joriy yil 16-fevral kuni ko‘pchilik pedagog xodimlardan malaka oshirganlik uchun pedagoglarga ustama uchun ball berilishi borasida murojaatlar kelib tushgani bois, bu haqda ma’lumot berib, vaziyatga to‘liq sharh bergandik.

O‘zbekiston ilk bor Polsha Ta’lim vazirligi bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ydi
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Polsha Respublikasi Ta’lim vaziri Barbara Novaskaya bilan uchrashdi.

Attestatsiyada yuqori ball olgan “informatiklar” Koreyada malaka oshiradi
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Temur Komilov Janubiy Koreya Respublikasi Seul ta’lim departamentining “KLIC Training Program” loyihasi ishtirokchilari bilan uchrashdi.

Menejerlik kursida o‘qigan 379 nafar direktor sertifikat ololmadi
Matbuot anjumanida malaka oshirish tizimi, menejerlik o‘quv kurslari, shuningdek, PISA xalqaro tadqiqotiga tayyorgarlik jarayonlari haqida ma’lumotlar berildi.
Izohingizni tahrirlang