Maktab hududida xavfli tarzda avtomobil boshqargan “zavxoz”ga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqanddagi maktablardan birida xo‘jalik ishlari bo‘yicha mudir lavozimida ishlovchi shaxs o‘z boshqaruvidagi avtomobilni maktab hududidagi stadionda yuqori tezlikda va xavfli tarzda boshqardi. Bu haqda Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Bu harakati natijasida u atrofdagi o‘quvchilar va boshqa fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga tahdid solgan. Ushbu harakat transport vositasidan foydalanib sodir etilgan bezorilik holati sifatida baholanmoqda.
Samarqand viloyatining Nurobod tumanidagi 35-son umumiy o‘rta ta’lim maktabining futbol stadionida sodir etilgan ushbu holat aynan mana shu maktabda xo‘jalik ishlari mudiri, ya’ni “zavxoz” lavozimida ishlab kelayotgan shaxs tomonidan sodir etilganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan ichki ishlar bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi ikkinchi qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qoidabuzar haydovchiga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Barcha haydovchilardan yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilishlarini, o‘zi va o‘zgalar hayotiga raxna solmasliklarini so‘rab qolamiz”, deyiladi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabarida.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Ta’lim tizimida ham murojaatlar hal bo‘lmagani uchun, ijtimoiy tarmoqlar orqali chiqishlar ko‘paygan

“Dolzarb 90 kun” tadbirlariga o‘z ixtiyori bilan qatnashgan pedagoglarga bir martalik mukofot puli beriladi

O‘zbekiston ilk bor Polsha Ta’lim vazirligi bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ydi

O‘zbekiston bolalar mehnatiga butunlay barham bergan davlat sifatida e’tirof etildi
Mavzuga doir yangiliklar

May oyidan boshlab farzandi maktabga bormaydigan oilalarning “bola puli” miqdori kamaytiriladi
2025-yil 1-maydan boshlab respublikaning barcha hududlarida kambag‘al oilalarga ko‘mak choralari ijtimoiy shartnoma asosida berilishi belgilangan.

Maktab direktori lavozimi uchun 3 ming dollar
O‘qituvchini direktor lavozimiga tayinlash uchun 3 ming dollar pora olgan maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i qo‘lga tushdi. Unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilib, jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Yana ikki nafar maktab o‘quvchisi ijaraga mashina olib, avtohalokatga uchradi
Maktabining ikki nafar 8-sinf o‘quvchisi 1 million so‘m evaziga Spark rusumli transport vositasini ijaraga olib, uni boshqarib ketayotgan vaqtida beton to‘siqqa borib urildi.

Mashina haydagan maktab o‘quvchisi o‘z onasi va singlisining o‘limiga sababchi bo‘ldi
16 yoshli maktab o‘quvchisi boshqaruvidagi avtomashina suvga ag‘darilishi natijasida avtomashinada bo‘lgan ona va bola vafot etdi. Yana bir maktab o‘quvchisi boshqaruvidagi avtomashina esa 4-sinf o‘quvchisining o‘limiga sabab bo‘ldi.
Izohingizni tahrirlang