Top.Mail.Ru
Attestatsiya vaqtida kompyuter ishlamay qolsa nima qilish kerak?

Attestatsiya vaqtida kompyuter ishlamay qolsa nima qilish kerak?

11:59 / 01.05.2025 9.23k

Savol

Attestatsiyaga kirib, test yechayotganimda kompyuter qotib, platforma ishlamay qoldi. Kompyuterda qotish bo‘lganidan so‘ng men belgilagan javoblarning o‘rni ham almashib ketibdi. Xullas, hammasi rasvo bo‘ldi.


Tashkilotchi va mas’ullarga endi nima qilaman deb so‘rasam, natijangiz shu, shikoyat qilishga haqqingiz yo‘q deb, urishib berishdi. Bu vaziyatda o‘qituvchi nima qilishi kerak? Axir ayb menda emas, ularning o‘zida edi-ku.


Javob

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan "Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida"gi nizomning 4-bobida apellyatsiya berish tartibi belgilangan.


Unga ko‘ra, attestatsiya natijalaridan norozi bo‘lgan pedagog kadrlar natijalar e’lon qilingan kundan boshlab o‘n kun mobaynida apellyatsiya komissiyasiga yozma ravishda ariza (shikoyat) berishlari kerak bo‘ladi.


Apellyatsiya komissiyasiga murojaat qilish yozma ravishda yoki vazirlikning rasmiy veb-sayti orqali elektron tarzda amalga oshirilishi mumkin.


Bunda ariza (shikoyat) ro‘yxatga olingan kundan boshlab o‘n kun muddatda, qo‘shimcha o‘rganishlar talab etilganda esa malaka toifasi sertifikatlari shakllantirilgunga qadar ko‘rib chiqiladi.


Ariza ko‘rib chiqilgach, o‘quv fani bo‘yicha test yoki malaka sinovlarini o‘tkazish jarayonida tashkiliy-texnik jihatdan kamchiliklar mavjudligi aniqlansa, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi test sinovlarining qaytadan topshirilishini tashkil etishi lozim bo‘ladi.


Masalan, 2024-yil 15-16-aprel kuni Informatika va axborot texnologiyalari fanidan bo‘lib o‘tgan attestatsiya test sinovlari vaqtida ham pedkadr.uzedu.uz platformasida nosozliklar yuzaga kelib, ishlamay qolganligi sababli, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 2024-yilning 22-may kuni aynan shu fandan qayta attestatsiya o‘tkazishga majbur bo‘lgan.


Shu sababli, agar test jarayonida tashkiliy-texnik jihatdan muammolar kuzatilgan bo‘lsa, pedagog xodimlar darhol apellyatsiya komissiyasiga yozma yoki elektron ravishda ariza (shikoyat) berishlari kerak.

Izohlar 10

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Attestatsiya

Ulashish

line

Mavzuga doir yangiliklar

Yangiliklar

Pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish maqsadida noqonuniy sxema tuzgan shaxslarga sud hukmi o‘qildi

Avvalroq, pedagog xodimlarni attestatsiya hamda kasbiy sertifikatlashdan o‘tkazib qo‘yish maqsadida amalga oshirilgan bir qancha noqonuniy harakatlar fosh bo‘lgani haqida xabar bergadik. Mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangandi.

16:33 / 14.09.2026
Yangiliklar

Nogironligi bo‘lgan pedagoglarga attestatsiya va milliy sertifikat imtihonlarida qo‘shimcha vaqt beriladi

2027/2028-o‘quv yilidan boshlab nogironligi bo‘lgan pedagoglarga attestatsiya va milliy sertifikat imtihonlarini topshirishda belgilangan vaqt me’yorining 50 foizi miqdorida qo‘shimcha vaqt olish imkoniyati beriladi.

10:46 / 08.08.2026
Yangiliklar

Endilikda attestatsiyadan o‘tmasdan turib, ikkinchi va birinchi malaka toifasini olishi mumkin bo‘ladi

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi 411-son qarori bilan kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, endilikda pedagoglarning oliy ma’lumot darajasi va o‘qishdagi natijalariga qarab ularga malaka toifalari beriladi.

15:40 / 30.07.2026
So'ragan edingiz

Muntazam attestatsiyadan o‘tolmagan o‘qituvchini ishdan bo‘shatish mumkinmi?

Murojaat mualliflarining aytishicha, bunday xodimlar turli sabablar, jumladan, tanish-bilish yoki yaqinlarining mansabidan foydalangan holda hanuz ishda qolmoqda. Navbatdagi murojaatda ham o‘quvchilarning bilim darajasi keskin pasayib ketgan, attestatsiyadan yillar davomida o‘ta olmayotgan o‘qituvchi bilan mehnat shartnomasini qonuniy asosda bekor qilish mumkinmi, degan savol o‘rtaga tashlangan.

10:46 / 30.07.2026