“186 ta maktab sanitariya talablari buzilgani sabab vaqtincha yopilgan” – Sanepidqo‘mita
Bugun, 22-may kuni Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Maftuna Saidova ishtirokida brifing o‘tkazildi.
Brifingda ta’lim muassasalarida sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya qilinishi tahlili bo‘yicha ma’lumotlar ochiqlandi.
Unda aytilishicha, Sanepidqo‘mitaning hududiy boshqarmalari tomonidan 2025-yilning 4 oyi davomida jami 3 295 ta umumta’lim maktablarida rejali tekshirishlar o‘tkazilgan.
Tekshirishlar davomida kimyoviy tahlillar uchun jami 41 976 ta namunalar olingan. Shulardan 1 988 tasi talabga javob bermagan bo‘lsa, bakteriologik tahlillar uchun 7 327 ta namunalardan 527 tasi sanitariya qoida va me’yorlari talablariga javob bermagan.
O‘quvchilar ovqatlanishini to‘g‘ri va xavfsiz tashkil etilganligi ustidan nazoratni amalga oshirish chog‘ida mikrobiologik ko‘rsatkichlarga tayyor oziq-ovqat mahsulotlaridan 227 ta namuna olingan, shundan 2 tasi, ichimlik suvidan 2 872 ta namunadan 126 tasi talabga javob bermaganligi aniqlangan.
Umumta’lim maktablarida sanitariya qoida buzilish holatlariga yo‘l qo‘yilgan mas’ul shaxslarga nisbatan 2 157 ta holatda ma’muriy choralar, ya’ni jarimalar qo‘llanilgan.
186 ta muassasaning ish faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan. 973 nafar ishchi-xodimlar tibbiy ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tmaganligi sababli ishdan vaqtinchalik chetlashtirilgan.
Qariyb 18 470 kilogramm miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlari brokirash qilingan. (Yaroqlilik muddati o‘tgan, sifatsiz yoki sog‘liq uchun xavfli mahsulotlar vositachilar (brokerlar) yordamida xaridorlarga, do‘konlarga yoki boshqa savdo tarmoqlariga taqsimlangan.)
Prezident raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda yuqumli kasalliklarning 35-40 foizi oddiy gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida yuzaga kelayotganligi ta’kidlab o‘tilgandi.
Har bir ijtimoiy soha muassasasi toza, ozoda bo‘lishi, unda odamlar uchun qulay sanitariya-gigiyena sharoiti yaratilishi shartligi qayd etilgan. Shuningdek, sog‘liqni saqlash va ta’lim tashkilotlarida ichimlik suvi hamda sanitariya-gigiyena infrastrukturasini kengaytirishga qaratilgan “Toza qo‘llar” dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.
Ushbu dastur doirasida sog‘liqni saqlash va ta’lim tashkilotlari sanitariya-gigiyena vositalari bilan yetarli miqdorda ta’minlanadi. Shuningdek, ularda ichimlik suvi ta’minoti va sanitariya-gigiyena obyektlari infrastrukturasini yaxshilash choralari ko‘riladi.
Ular binoning ichki qismiga joylashtiriladi. Aholi, jumladan, bolalar o‘rtasida shaxsiy gigiyena odatlarini shakllantirish va unga rioya qilish bo‘yicha targ‘ibot ishlari amalga oshiriladi.
Ta’lim va tibbiyot tashkilotlaridagi qo‘l yuvish joylari sanitariya-gigiyena vositalari bilan to‘liq ta’minlanadi. Sharoiti og‘ir bo‘lgan 126 ta maktablarda hojatxonalar bino ichida joylashtirilib, yangidan quriladi.
6 000 dan ziyod bog‘chaga geleyokollektor olib beriladi. 4 295 ta ijtimoiy muassasaga suv baki, sisterna o‘rnatilishi belgilandi.
Ushbu maqsadlar uchun shu yilning o‘zida davlat byudjetidan 780 mlrd so‘m mablag‘ ajratiladi. Barcha hududlardagi ta’lim muassasalaridagi sanitariya-gigiyena shoxobchalari to‘liq ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Baholash natijasidan kelib chiqib, qoniqarsiz deb topilgan sanitariya-gigiyena shoxobchalarini sanitariya talablarga to‘liq mos holatga keltirish choralari ko‘riladi.
Ushbu dasturni o‘z vaqtida, to‘laqonli amalga oshirilishi uchun maktabgacha va maktab ta’limi hududiy boshqarmalari, tuman, shahar bo‘limlari mas’ul etib belgilandi.
“Bundan ko‘zlangan maqsad - aholi o‘rtasida yuqumli kasalliklar, ichak infeksiyalarining oldini olish, sanitariya madaniyati darajasini oshirish, aholining ovqatlanishi, dam olishi va mehnat qilish sharoitlarini yaxshilashdan iboratdir”, deyiladi Sanepidqo‘mita tomonidan o‘tkazilgan brifingda.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Vazir Hilola Umarova Londonda nima qilyapti?

Maktablardagi o‘qituvchilar soni 170 mingga ko‘paydi

Attestatsiyada yuqori ball olgan “informatiklar” Koreyada malaka oshiradi

Deyarli 60 foiz o‘qituvchi attestatsiyadan o‘tolmagan
Mavzuga doir yangiliklar

Sharoiti og‘ir bo‘lgan maktab hojatxonalari binoning ichida joylashtiriladi
Ta’lim va tibbiyot tashkilotlaridagi qo‘l yuvish joylari sanitar-gigiyena vositalari bilan to‘liq ta’minlanadi, sharoiti og‘ir bo‘lgan 126 ta maktabda hojatxonalar binoni ichida joylashtiriladi.

Toshkentdagi maktabda sil kasalligi aniqlandimi?
Maktablaridan birida sil kasalligi aniqlangani haqida xabarlar tarqaldi

“Uchta o‘quvchida virusli kasallik aniqlansa, maktab karantinga yopiladi” — Sanepidqo‘mita vakili
Maktablarda tarqaladigan virusli kasalliklar haqida ma'lumot berildi

Toshkentdagi ikkita maktabda virusli gepatit aniqlandi
Maktabning sanitariya holati talabga javob bermasligi ma’lum bo‘ldi
Izohingizni tahrirlang