“Dolzarb 90 kun” tadbirlariga o‘z ixtiyori bilan qatnashgan pedagoglarga bir martalik mukofot puli beriladi
Avvalroq, pedagog va rahbar xodimlar joriy yilda mehnat ta’tiliga chiqmasligi, hatto ular haftaning yakshanba kunlari ham “Dolzarb 90 kun” tadbiri bo‘yicha ishlashlari kerakligi haqida topshiriqlar berilgani haqida xabar bergandik.
Nihoyat, Maktabgacha va maktab ta’limi “Dolzarb 90 kun” tadbirining 14-kunida hududlarda kuzatilayotgan holatlar bo‘yicha rasmiy munosabat bildirdi.
Vazirlikning ta’kidlashicha, pedagoglarning yozgi ta’til davrida mehnat ta’tiliga chiqishi uchun tegishli reja-grafik tasdiqlangan va mazkur rejaga asosan pedagoglarning belgilangan kunlarda mehnat ta’tiliga to‘liq chiqishi ta’minlanadi.
Ushbu tadbirlarga o‘z ixtiyori bilan qatnashgan pedagoglarni bir martalik pul mukofotlari bilan rag‘batlantirish rejalashtirilgan.
“Dolzarb 90 kun” tadbirlariga o‘quvchilarning qatnashishi ham ixtiyoriy bo‘lib, bolalar ota-onalarning roziligi bilan jalb qilinadi.
“Joriy yil tashkil etilayotgan “Dolzarb 90 kun” tadbirlariga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi 1239 ta umumta’lim maktabida kunduzgi oromgohlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan hamda unga 170 minga yaqin o‘quvchilar ixtiyoriy jalb qilinishi rejalashtirilgan”, - deyiladi vazirlik rasmiy bayonotida.
Ma’lumot uchun: Pedagoglar bu borada belgilangan qonuniy talablar buzilganlik holatiga duch kelsa, shuningdek “Dolzarb 90 kun” tadbirlariga o‘z ixtiyori bilan qatnashgan pedagoglarga bir martalik pul mukofotlari to‘lab berilmagan taqdirda vazirlikning Ishonch telefoni (71-202-09-09)ga murojaat etishi mumkin.
Izohlar 17
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Attestatsiya uchun o‘qituvchilardan 25 ming dollar olgan pedagoglar qo‘lga tushdi
Maslahatchi lavozimi kichik maktablarda 0.5 stavka miqdorda tashkil qilinadi
Attestatsiyadan norozi o‘qituvchilar sud uchun yig‘ilgan pullarni xayriya qilib yubordi
Maktablarda “Ombudsman soati” joriy etish rejalashtirilmoqda
Mavzuga doir yangiliklar
Muallimdan maktub
O‘zbekistonlik o‘qituvchilar yozgi ta’tilni qanday o‘tkazdi?
O‘zbekistonlik aksariyat o‘qituvchilar uchun darsdan tashqari vaqtda qo‘shimcha ishlarda ishlash odatiy holga aylanib ulgurgan. Sabab esa bitta — dars soatlarining yetishmasligi, oylik maosh kamligi.
Yangiliklar
Nihoyat, vazirlik “Dolzarb 90 kun” tadbirlari bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi
Vazirlikning tahririyatimizga yo‘llagan rasmiy javob xatida ta’kidlanishicha, yozgi ta’til vaqtida hech bir pedagogning mehnat huquqlari buzilmasligi nazarda tutilgan.
Muallimdan maktub
“Dolzarb 90 kun” tadbirini deb, direktorning boshi baloga qoldi...mi?
“Dolzarb 90 kun” tadbirini o‘tkazgan maktab direktori chaqirtirlidi. Aslida, tadbirga taniqli olimlar, yozuvchilar ham taklif qilingan. Shuningdek, maktab direktori Rustam Abduvohidovning tashabbusi bilan “Yoshlar festivali” ham tashkil etilgandi.
Yangiliklar
Vazirlik “Dolzarb 90 kun” tadbirlari yakuni bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi
Ammo vazirlik “Dolzarb 90 kun” tadbirlarga o‘z ixtiyori bilan qatnashgan pedagoglarni bir martalik pul mukofotlari bilan rag‘batlantirish masalasiga to‘xtalib o‘tmagan.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang