Top.Mail.Ru
Sentyabrdan boshlab har bir tuman (shahar)dan 5 nafar o‘qituvchi xorijga malaka oshirishga yuboriladi

Sentyabrdan boshlab har bir tuman (shahar)dan 5 nafar o‘qituvchi xorijga malaka oshirishga yuboriladi

15:35 / 08.07.2025 815

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida 2025-yil 15-may kuni maktab ta’limida amalga oshirilgan islohotlar va kelgusidagi asosiy vazifalar to‘g‘risida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklariga har bir tuman (shahar)dan 5 nafardan maktab o‘qituvchilarini xorijga malaka oshirishga yuborish vazifasi belgilangan.


Topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tuman (shahar)lardan 5 nafardan maktab o‘qituvchilarini xorijga malaka oshirishga yuborishni tashkil etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilib, masullarga korsatma berilgan.



Ushbu tadbirlar quyidagi 6 bosqichda amalga oshiriladi:


1-bosqich


Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari 2025-yil 1-avgustga qadar:


  • xorijiy davlatlarga malaka oshirishga yuborish uchun o‘qituvchilarni tanlab olish mezonlarini ishlab chiqadi;


  • maktab o‘qituvchilarini tanlab oladi.


Bunda aniq, tabiiy, boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishidagi mentor va yetakchi o‘qituvchilarga asosiy e’tibor qaratiladi.


2-bosqich


Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari 2025-yil 5-avgustga qadar:


  • har bir tuman (shahar)dan tanlab olingan 5 nafardan o‘qituvchilar ro‘yxatini shakllantiradi;


  • malaka oshirishga yuboriladigan maktab o‘qituvchilari ro‘yxatini pedagogik mahorat markaziga taqdim etadi.


3-bosqich


Hududiy pedagogik mahorat markazlari 2025-yil 10-avgustga qadar:


  • xorijiy malaka oshirish dasturlarini tahlil qilish va ehtiyojlarni aniqlaydi;


  • xorijiy davlatlardagi malaka oshirish dasturlarini tanlab, kelishuvga erishadi.


4-bosqich


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, hududiy hokimliklar 2025-yil 20-avgustga qadar:


  • o‘qituvchilarning xorijda malaka oshirish xarajatlar smetasini ishlab chiqadi;


  • xarajatlar smetasiga asosan xorijiy davlatda malaka oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtiradi.


5-bosqich


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari, hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari 2025-yil sentabr–dekabr oylarida:


  • maktab o‘qituvchilarini xorijiy davlatlarga malaka oshirishga yuboradi;


  • tuman (shahar)lardagi umumta’lim maktablari o‘qituvchilari uchun xorijda malaka oshirish yakunlari bo‘yicha seminar-trening tashkil etadi.


6-bosqich


  • A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti 2025-yil iyul–dekabr oylarida:


  • tuman (shahar)lardan 5 nafardan maktab o‘qituvchilarini xorijga malaka oshirishga yuborish jarayonlarini tizimli monitoring qiladi;


  • monitoring natijalari bo‘yicha har oyning 15- va 30-sanalarida vazirlikka axborot kiritadi.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Malaka oshirish

Ulashish