Xorijiy til o‘qituvchisining malaka toifasi bo‘lsa ham, lekin B2 sertifikati bo‘lmasa ishdan bo‘shatiladimi?
Savol
Men 12 yildan buyon ingliz tili fanidan dars berib kelaman. 2022-yili C1 sertifikatini oldim, 1 oy ishlab dekret ta’tiliga chiqdim.
2023-yil sentyabr oyidan yana ishga qaytdim va shu yil avgust oyida sertifikat muddatim tugaydi, bu orada ya’ni, 2025-yil 30-mayda Tesol sertifikatini oldim, hozir B2 milliy sertifikatim yo‘qligi uchun ishdan bo‘shatishar ekan.
Mening malaka toifam bo‘lsa ham, ishdan bo‘shab ketaveramanmi? Iltimos, tegishli joylardan savolimga javob olib bering.
Javob
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi 312-sonli qarorining 9-bandida 2025/2026-o‘quv yiliga qadar umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan barcha xorijiy tillar o‘qituvchilari kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozimligi belgilangan.
Shuningdek, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xorijiy til o‘qituvchilariga 2025/2026-o‘quv yiliga qadar B2 darajadagi sertifikatlarga ega bo‘lish lozimligi haqida qat’iy ogohlantirish bergan.
Ogohlantirish berilgan o‘qituvchilar 2025/2026-o‘quv yiliga qadar milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikat olmasa, ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinishi belgilangan.
Mazkur tartibga muvofiq, agar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan alohida istisnoli holatlar joriy etilmasa, xorijiy til o‘qituvchisining avvalgi olgan sertifikat muddati yaqindagina tugagan bo‘lsa ham, shuningdek, u tegishli malaka toifasiga ega bo‘lgan taqdirda ham 2025-yil sentyabr oyiga qadar kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lish talab etiladi.
Shu sababli, hozirgi kunda tegishli sertifikatga ega bo‘lmagan o‘qituvchilar til sertifikati olish uchun arizalar topshirib, 2025-yil sentyabr oyiga qadar kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikat olishi lozim.
Ma’lumot uchun: Xalqtaliminfo.uz tahririyati Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ullari bilan malaka toifasiga ega bo‘lgan, ammo B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lmagan pedagoglarga imkoniyat berish masalasini o‘zaro muhokama qiladi va natijasi bo‘yicha xalqtaliminfo.uz saytida xabar beriladi.
Izohlar 46
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
O‘qituvchilar ish tajribasini ommalashtirish jarayoni boshlanadi
Endi o‘qituvchilar tibbiy ko‘rigi uchun to‘lovlar davlat budjetidan qoplanadi
O‘qituvchilarga va’da qilingan yana bir imtiyoz kuchga kirdi
Bu yil maktablarda bahorgi ta’til 20-martdan boshlanishi mumkin
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Xorijlik o‘qituvchilarga ko‘p oylik berilgani uchun mahalliy o‘qituvchilar ish tashlamoqchi
Istanbuldagi Italiya litseyida ishlovchi mahalliy va italiyalik o‘qituvchilar o‘rtasidagi maosh tafovutlari tufayli mahalliy o‘qituvchilar ish tashlashga chiqdi.
Yangiliklar
Vazirlik xorijiy til o‘qituvchilari uchun B2 sertifikati talabini malaka talablariga kiritdi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining “Umumiy o‘rta ta’lim maktabi (maktab-internat) xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 9-sonli buyrug‘i imzolandi.
Yangiliklar
“B2 sertifikati yo‘q o‘qituvchilarni ishdan bo‘shatib bo‘lmaydi” — Davlat mehnat inspeksiyasi
Qonunbuzilishlarni bartaraf etish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga ham tegishli taqdimnoma kiritilgan.
Yangiliklar
B2 sertifikati muammosi yana kun tartibida
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ayni mavzu muhokamasiga mehnat huquqi sohasi bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarni vazirlikka taklif qilib, masalani muhokama qildi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang