Maktab maslahatchisi lavozimini joriy etish muddati kechiktirilishi mumkin
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabdan tashqari ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan 2025-yil 1-oktyabrdan boshlab umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 1 shtat birligida maktab maslahatchisi lavozimi joriy qilinishi belgilangandi.
Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida 2025-yil 30-sentyabr kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 368-sonli buyrug‘i ham imzolanib, unda 2025-yil 1-oktyabrdan boshlab maktab maslahatchisi lavozimi joriy etiladigan maktablar ro‘yxati, maktab maslahatchisi lavozimiga mutaxassislarni ishga qabul qilish bo‘yicha Ishchi guruh tarkibi hamda maslahatchilarning malaka tavsifi tasdiqlangandi.
Shu sababli, 2025-yil 7-oktyabr kuni xalqtaliminfo.uz'ning Telegram kanalida “Maktab maslahatchisi lavozimini joriy etish tartibi” mavzusida ovozli chat o‘tkazildi.
Mazkur ovozli chat o‘tkazilganidan so‘ng Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi aloqaga chiqib, maktab maslahatchisi lavozimini joriy etish tartibi to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining qarori imzolanishi kutilayotganini ma’lum qildi.
Vazirlik bergan ma’lumotlarga ko‘ra, maktab maslahatchisi lavozimi 2025-yil 1-oktyabrdan emas, balki Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori imzolangach, mazkur qaror bilan esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek, tuman (shahar) “Kelajak” markazi strukturasi tasdiqlanib, ularga rahbarlar tayinlangach joriy qilinadi.
Struktura tasdiqlangach, viloyat, tuman (shahar)larga “Kelajak” markazi direktorlari tayinlanadi va shundan so‘ng maktab maslahatchisi lavozimiga mutaxassislarni ishga qabul qilish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek, tuman (shahar) “Kelajak” markazlarining ishchi guruhi tarkibi shakllantiriladi.
Shundan so‘ng, maktab maslahatchisi lavozimiga nomzodlar ana shu Ishchi guruh tomonidan suhbatdan o‘tkazilib, undan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar uchun maxsus o‘quv kursi tashkil qilinib, maktab maslahatchisi lavozimiga nomzodlar o‘quv kursi yakuni bo‘yicha test sinovlariga jalb qilinadi.
Suhbat, o‘quv kursi hamda yakuniy test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarga ishchi guruh tomonidan maxsus “guvohnoma” taqdim etiladi. Guvohnoma olgan nomzodlar esa tegishli ta’lim muassasalariga yo‘naltirilib, maktab direktorlari tomonidan nomzodlarni maktab maslahatchisi lavozimiga ishga qabul qilish to‘g‘risida buyruq rasmiylashtiriladi.
“Ta’lim muassasalarida maktab maslahatchisi lavozimini joriy etish tartibi ikki bosqichda amalga oshirish reja qilinmoqda. Birinchi bosqichda tegishli tartib asosida dekabr oyiga qadar 3400 ta maktabda maktab maslahatchilari lavozimga tayinlab olinadi.
Ikkinchi bosqich esa 2026-yil yanvar oyidan boshlanib, qolgan 7 mingga yaqin maktablarga maktab maslahatchilarini saralab olish bo‘yicha ishlar davom ettiriladi”, - deydi xalqtaliminfo.uz‘ga xabar bergan vazirlik mulozimi.
Demak, umumiy xulosa shuki, maktab maslahatchisi lavozimini joriy etish jarayoni 2025-yil 1-oktyabrdan emas, balki Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori qabul qilingach amalga oshiriladi. (Qaror imzolanganda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 30-sentyabrdagi 368-sonli buyrug‘i ham o‘z kuchini yo‘qotishi mumkin)
Dastlab “Kelajak” markazlari tuzilmasi tasdiqlanib, ularning rahbarlari tayinlab olinadi. Shundan so‘ng, maktab maslahatchilarini tanlash, o‘qitish va ishga qabul qilish bosqichma-bosqich, ya’ni 2025-yil dekabr oyigacha 3400 ta maktabda, 2026-yildan esa qolgan 7 mingga yaqin maktablarda joriy etiladi.
Izohlar 3
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
“Apellyatsiya natijasidan qoniqmaganlar sudga murojaat qilishi mumkin” — vazirlik
Vazirlik pedagoglarning “Yil o‘qituvchisi” natijalarini o‘zgartirib qo‘ygani aytilmoqda
Endilikda fan olimpiadasi natijalari dars taqsimotida hech qanday ustunlik bermaydi
10-sinf o‘quvchilariga o‘qishini texnikumlarga ko‘chirishga ruxsat beriladi
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
Barcha direktor o‘rinbosarlarini ishdan bo‘shatishyapti, shu to‘g‘rimi?
Ta’lim muassasalaridagi barcha direktor o‘rinbosarlarini ishdan bo‘shatish qonunchilikka zid.
Yangiliklar
Direktor o‘rinbosari shtatini qisqartirish hisobiga maktab maslahatchisi lavozimi joriy etiladi
Avvalroq har bir maktabda maslahatchi lavozimi joriy qilinishi haqida xabar bergandik. Ushbu lavozimni joriy etish haqidagi prezident farmoni imzolandi.
Yangiliklar
Kimlar maktab maslahatchisi sifatida ishga olinishi aniq bo‘ldi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 30-sentyabrdagi 368-sonli buyrug‘i bilan maktab maslahatchilarining malaka tavsiflari tasdiqlandi.
Taklif
Oddiy maktablarga ham "Maktab maslahatchisi" lavozimi kerak
Bu lavozim faqat Prezident maktablarida mavjud.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang