Musiqa va jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari milliy sertifikatni qay tartibda qo‘lga kiritishi aniq bo‘ldi
Endilikda musiqa madaniyati hamda jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga ham tegishli sertifikatlar asosida ustama beriladi.
Avvalroq, “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida musiqa madaniyati fani o‘qitilishini tubdan takomillashtirish hamda ushbu fan o‘qituvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori imzolangandi.
Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-oktabrdagi tegishli qarori bilan “Musiqa madaniyati fani va jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining bilim darajasini va kasbiy mahoratini aniqlash hamda ularga sertifikat berish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, 2025-2026-o‘quv yilidan boshlab:
- umumta’lim maktablarining musiqa madaniyati hamda jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash hamda ularga sertifikat berish tartibi amaliyotga joriy etiladi;
- A+, A, B+, B, C+, C darajali mazkur sertifikatlar Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan beriladi hamda 3 yil muddatga amal qiladi;
- 70 va undan yuqori ball olgan talabgorga – A+ darajali;
- 65 – 69,9 ball olgan talabgorga – A darajali;
- 60 – 64,9 ball olgan talabgorga – B+ darajali;
- 55 – 59,9 ball olgan talabgorga – B darajali;
- 50 – 54,9 ball olgan talabgorga – C+ darajali;
- 46 – 49,9 ball olgan talabgorga – C darajali sertifikat beriladi;
Amaliyotga joriy etilayotgan tartibga ko‘ra:
B+ va undan yuqori darajali sertifikat olgan o‘qituvchilarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda oylik maoshiga ustama beriladi.
Nizomga asosan:
- bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish uchun tuziladigan test savollari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda boshqa tegishli vazirliklar tomonidan tavsiya etilgan fan mutaxassislari ishtirokida Agentlik tomonidan ishlab chiqiladi;
- sertifikat olishga talabgorlar test sinovida qatnashish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron shaklda ariza berib ro‘yxatdan o‘tishlari lozim;
- test sinovini o‘tkazish sanasi u o‘tkaziladigan kundan kamida yetti kun oldin Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali e’lon qilinadi.
Musiqa madaniyati fani bo‘yicha amaliy (ijodiy) sinov vaqtida bir nafar talabgor ishtirok etadi. Jismoniy tarbiya fani bo‘yicha amaliy (ijodiy) sinovda talabgorlar yakka va jamoa bo‘lib qatnashishlari mumkin.
Amaliy (ijodiy) sinov o‘tkazish jarayoni doimiy videotasvirga olinadi.
Amaliy (ijodiy) sinovni o‘tkazish uchun sohaning 5–7 nafar yetakchi mutaxassislaridan iborat komissiya shakllantiriladi. Amaliy (ijodiy) sinovga jalb etilgan komissiya a’zolari bilan fuqarolik-huquqiy shartnoma tuziladi.
Musiqa madaniyati fani bo‘yicha talabgor mutaxassisligidan kelib chiqib, musiqa cholg‘usi hamda jo‘rnavos ishtirokida ijodiy sinovda ishtirok etishi mumkin.
Amaliy (ijodiy) sinovga telekommunikatsiya va texnika vositalarini olib kirish qat’iyan man etiladi. Amaliy (ijodiy) sinovni o‘tkazish jarayoniga turli xatti-harakatlar bilan salbiy ta’sir qilgan talabgor sinovdan dalolatnoma asosida chetlashtiriladi.
Chetlashtirish dalolatnomasi natijalarining hisoblanmasligiga asos bo‘ladi.
Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari uchun amaliy imtihon ikki turda o‘tkazilib, tegishli normalarga muvofiq jismoniy tayyorgarlik darajasi normativi va sport turlarining texnik harakatlarini bajarish sinovlari asosida baholanadi.
Bunda birinchi tur jismoniy tayyorgarlik darajasi normativi sinovi, ikkinchi tur ta’lim dasturiga kiritilgan 8 ta sport turi (yengil atletika, gimnastika, futbol, voleybol, gandbol, basketbol, shaxmat va kurash)ning texnik harakatlarini bajarish sinovidan iborat.
Amaliy imtihonning birinchi turida jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining jismoniy tayyorgarlik darajasi 3 ta normativ asosida 40 ballik tizimda baholanadi.
Ikkinchi turda ta’lim dasturiga kiritilgan 8 ta sport turi bo‘yicha 5 ta texnik harakatlar hamda bolalar buyruq o‘qiganda bajaradigan mashqlarni bajarish sifati baholanadigan ko‘rsatkichlar orqali aniqlanadi.
Izohlar 4
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Attestatsiyada ingliz tilidan tushgan testlar to‘liq tahlil qilindi
Endi CHQBT rahbarlariga ham 20 foizgacha ustama to‘lanadi
Endi yuqori sinf o‘qituvchilari boshlang‘ich sinfdan dars ololmaydi
Jismoniy tarbiya va musiqa fani o‘qituvchilari boshqacharoq tartibda attestatsiyadan o‘tadi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
B2 sertifikati muammosi yana kun tartibida
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ayni mavzu muhokamasiga mehnat huquqi sohasi bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarni vazirlikka taklif qilib, masalani muhokama qildi.
So'ragan edingiz
Maktabga ishga kirish uchun milliy sertifkat kerakmi?
Bu mehnat qonunchiligiga zid
Yangiliklar
8 yoshli o‘quvchi xorijiy til o‘qituvchilaridan talab qilinayotgan sertifikatni qo‘lga kiritdi
Bilimlarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan ingliz tili bo‘yicha milliy sertifikat imtihonining yosh bo‘yicha mutlaq rekord Kozim Baxtiyraovga tegishli.
Yangiliklar
Yangi o‘quv yilidan musiqa va jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga ham milliy sertifikat uchun ustama beriladimi?
2025/2026-o‘quv yilidan boshlab musiqa madaniyati hamda jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash bo‘yicha milliy baholash tizimi amaliyotga joriy etish taklif etilmoqda.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang