Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga 20 foizgacha qo‘shimcha ustama beriladi
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori bilan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.
Unga ko‘ra, o‘z faoliyatida ijobiy natija ko‘rsatgan jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarini rag‘batlantirish tartibi belgilandi.
Bunda rag‘batlantiriladigan jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari rag‘batlantiriladigan yildan avvalgi bir kalendar yil (yanvar — dekabr oylari) davomidagi sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga kiritilgan sport musobaqalaridagi ishtiroki hamda xalqaro assotsiatsiyalar tomonidan o‘tkaziladigan Osiyo va jahon chempionatlari, xalqaro olimpiadalarda erishgan natijalaridan kelib chiqib, ishchi guruh tomonidan har yili 15-yanvargacha bir kalendar yil (yanvar — dekabr oylari) uchun bazaviy tarif stavkalariga nisbatan 20 foizgacha har oylik ustamalar quyidagi tartibda ustamalar belgilanadi:
- sport musobaqalarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyat bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritganligi uchun — 5 foiz;
- sport musobaqalarining respublika bosqichida sovrinli o‘rinlarni (1 — 3-o‘rinlarni) qo‘lga kiritganligi uchun — 10 foiz;
- xalqaro sport musobaqalarida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritganligi uchun — 20 foiz.
E’tiborli jihati shundaki, o‘z faoliyatida ijobiy natija ko‘rsatgan jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga beriladigan mazkur ustamalar direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tayinlanadigan ustamalarga qo‘shimcha ravishda beriladi.
Ya’ni, agar jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan maksimal 40 foiz ustama olayotgan bo‘lsa va o‘z faoliyatida ijobiy natija ham ko‘rsatsa, unga yana 20 foiz qo‘shimcha ustama tayinlanib, jami 60 foiz ustama olishi mumkin bo‘ladi.
Sayt materiallaridan foydalanilganda manba ko‘rsatilishi shart.
Izohlar 3
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Vazir E’zoza Karimova maktabda dars o‘tdi
Vazirlik malaka toifasi sertifikati muddatlari nega o‘zgarib qolganiga izoh berdi
Vazirlikni sudga bergan tarix fani o'qituvchilari haq bo'lib chiqdi
Vazirlik o‘qituvchilar malaka toifasi sertifikati muddatini o‘zboshimchalik bilan qisqartirib qo‘ydimi?
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
O‘qituvchilarga ustama tayinlashga qanday tadbir va olimpiadalar uchun ball berilishi aniq bo‘ldi
2026-2027-o‘quv yili uchun umumta’lim muassasalaridagi o‘qituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilashda inobatga olishga tavsiya etilgan fan olimpiadalari, ko‘rik tanlovlar, musobaqalar va tadbirlar ro‘yxati tasdiqlandi.
So'ragan edingiz
Ikki yil avval malaka oshirgan o‘qituvchiga yangi o‘quv yiliga ustama uchun ball beriladimi?
2024-yilda malaka oshirgan pedagog xodim keyingi besh yil ichida ish beruvchi tomonidan majburiy tarzda malaka oshirishga yuborilishi lozim. Ana shu muddatga qadar esa uning 2024-yilda malaka oshirgani haqidagi sertifikati o‘z kuchida bo‘ladi.
So'ragan edingiz
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga 70% ustama to‘liq to‘lanmaydimi?
70 foizlik ustama ularning tarif stavkalarining amaldagi miqdorlariga nisbatan qo‘shimcha ravishda to‘lab berilishi kerak bo‘ladi.
Yangiliklar
Endi maktabdagi rahbar xodimlar oylik maoshini yana oshirishi mumkin
Maktab direktori va uning o‘rinbosarlari faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlarining (KPI) baholash metodikasi va tartibi belgilandi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang