O‘qituvchilar mamlakat bo‘yicha o‘rtacha ish haqiga nisbatan kamroq maosh olmoqda
Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 6 mln 166,9 ming so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 19,2 % ga o‘sdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha o‘rtacha oylik nominal ish haqi miqdori haqida ma’lumotlar 2025-yilning yanvar–sentabr oylariga oid bo‘lib, 2024-yilning mos davriga nisbatan taqqoslangan. Bu taqqoslash orqali sohalar kesimida farqlar va o‘zgarishlar tahlil qilingan.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi miqdorining so‘nggi besh yildagi o‘zgarishi tahlil etilganida, 2025-yilning 3-choragida bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik sohasida ish haqi miqdori 16 mln 828 ming so‘mni tashkil etib, 2021-yilning mos davriga nisbatan 9 mln 092 ming so‘mga oshganligi kuzatilgan.
Bunda ta’lim sohasi vakillari sohalar orasida so‘nggi o‘rinlarni qayd etib, ularning o‘rtacha oylik ish haqi 4 mln 188 ming so‘mni tashkil etdi.
Oylik ish haqi miqdorining so‘nggi besh yildagi o‘zgarishi solishtirilganda, 2025-yilning 3-choragida ta’lim sohasida ish haqi miqdori 4 mln 188 ming so‘mni tashkil etib, 2021-yilning mos davriga nisbatan 1 mln 958 ming so‘mga oshganligi kuzatilgan.
Sohalar bo‘yicha eng yuqori oylik ish haqiga to‘g‘ri kelgan (16 mln 828 ming so‘m) — bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik sohasini bevosita ta’lim sohasi bilan (4 mln 188 ming so‘m) solishtirganimizda, o‘rtadagi farq 12 mln 640 so‘mni tashkil qilmoqda.
Ta’lim sohasi tarkibi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi oliy ta’lim sohasida 9 mln 513,3 ming so‘mni, texnik va professional ta’lim sohasida 4 mln 259,7 ming so‘mni, umumiy o‘rta ta’lim sohasida 4 mln 136,7 ming so‘mni, maktabgacha ta’lim sohasida esa 2 mln 771,5 ming so‘mni tashkil etgan.
Umuman olganda, 2021–2025-yillar oralig‘ida barcha tarmoqlarda ish haqi miqdori oshgan bo‘lsa-da, ularning o‘sish sur’ati va daromad darajasi o‘rtasidagi tafovut iqtisodiyotning yuqori rentabelli sohalari bilan ta’lim kabi ijtimoiy sohalar o‘rtasida sezilarli iqtisodiy tafovut saqlanib qolayotganini ko‘rsatmoqda.
Ma’lumot uchun: So‘nggi yillarda pedagog xodimlarning oylik maoshlarini oshirishga harakatlar boshlangan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoniga muvofiq budjet tashkilotlarida ishlovchi xodimlarning ish haqi miqdori 2025-yil 1-avgustdan boshlab 10 foizga oshirilgan.
Shuningdek, attestatsiyada ishtirok etib, 86 va undan yuqori ball olgan pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga qo‘shimcha 70 foiz ustama belgilash amaliyoti ham yo‘lga qo‘yildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan 2025-yil 1-sentyabrdan boshlab maktab direktorlarining oylik maoshi 20 foizga, direktor o‘rinbosarlarining oylik maoshi esa 15 foizga oshirilishi belgilandi.
2026-yil 1-yanvardan boshlab direktor va uning o‘rinbosarlariga faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlari (KPI) natijasiga ko‘ra bazaviy tarif stavkalariga nisbatan 20 foizgacha ustamalar joriy qilinmoqda.
Izohlar 16
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
2031-yilgacha barcha maktab darsliklari yangi alifboga o‘tkaziladi — vazir o‘rinbosari
Toshkentda maktab avtobuslariga ehtiyoj o‘rganilmoqda
Dars taqsimoti ortidan maktab direktori qamoqqa olindi
Maktablarda yangi to‘garaklar tashkil etiladi, ular bepul bo‘ladi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Bugundan boshlab pedagog xodimlar oshirilgan maoshlar bo‘yicha oylik oladi
Ta’lim tizimi xodimlarining o‘rtacha oylik ish haqi qariyb 5 mln so‘mga yetdi, ammo boshqa sohlardan hamon ortda qolmoqda. 2026-yil 1-sentabrdan boshlab oylik maoshlar 7 foizga oshiriladi.
So'ragan edingiz
Maktabdagi kassir vazifasini o‘qituvchi yoki “zavuch”ga biriktirish mumkinmi?
G‘aznachi (kassir) vazifasini maktab o‘qituvchisi yoki o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosariga shunchaki direktorning xohishiga ko‘ra biriktirish qonunchilikka zid.
Yangiliklar
Anomal issiq sababli yopilgan bog‘cha xodimlarining ish haqi toʻliq toʻlab beriladi, ota-onalardan ham to‘lov undirilmaydi
Ma’lum bo‘lishicha, bekor turib qolingan vaqtga mutanosib ravishda bog‘cha xodimlarga ish haqini toʻliq toʻlash bo‘yicha ko‘rstma berilgan.
Yangiliklar
Anomal issiq sabab vaqtincha yopilgan bog‘chalardagi xodimlarga ish haqi qanday to‘lanadi?
Mazkur masalaga advokat Saydali Muxtoraliyev huquqiy izoh berdi. Uning ta’kidlashicha, avvalo bekor turib qolishning sababi qanday baholanishi muhim ahamiyatga ega. Chunki Mehnat kodeksining 266-moddasida bunday holatlar uchun turli tartiblar belgilangan.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang