O‘quvchilarni maktab hududini obodonlashtirishga jalb qilgan direktorga 20 mln so‘m jarima solindi
Ma’lum qilinishicha, Bolalar ombudsmani kotibiyatiga Toshkent viloyati, Zangiota tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Sh.N ning murojaati kelib tushgan.
Murojaatda Zangiota tumanida joylashgan ta’lim muassasasida maktab direktori hamda ayrim pedagoglar tomonidan o‘quvchilarni majburiy mehnatga jalb qilish (daraxt oqlash, yer sug‘orish, qor kurash kabi) holatlariga yo‘l qo‘yilganligi bildirilib, mas’ullarga chora ko‘rish so‘ralgan.
Shundan so‘ng, Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida mazkur holat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan o‘rganilgan.
Olib borilgan o‘rganish natijalariga ko‘ra, o‘quvchilarga go‘yoki tarbiyaviy jazo chorasi deb majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilgan.
Ushbu qonunbuzarlik holati yuzasidan maktab ma’muriyatiga nisbatan MJTK ning 51-moddasi 1-qismi bilan (mehnatga ma’muriy tarzda majburlash) 20 mln 600 ming so‘m miqdorida ma’muriy jarima jazosi qo‘llanilgan.
Izohlar 3
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Ayrim maktablar elektromobil bilan, o‘qituvchilar esa xorijga sayohat hamda 1000 AQSh dollar bilan taqdirlanadi
Hilola Umarovaga pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasi berildi
2025-yilda sababsiz dars qoldirgan 94 738 nafar o‘quvchining ota-onasiga jarima solindi
2025-yilgi attestatsiyada 60 foizdan ortiq o‘qituvchi o‘tolmagani ma’lum bo‘ldi
Mavzuga doir yangiliklar
Ta'lim siyosati
O‘qituvchilar navbatchiligi yoxud qonunga kiritilmay qolgan norma
Pedagoglar navbatchiligi masalasi vaqti-vaqti bilan muhokamalarga sabab bo‘ladigan mavzulardan biri hisoblanadi.
Yangiliklar
Maktabda obuna va majburiy mehnat aniqlansa, direktor ishdan ketadi – Sirdaryo hokimi
Sirdaryo hokimi bunda direktor bilan birga majburiy mehnatga rozi bo‘lgan o‘qituvchi ham ishdan olinishini aytdi.
Yangiliklar
Bugundan boshlab maktab va bog‘chalarda majburiy mehnat yuzasidan reydlar boshlanadi
Respublika bo‘yicha maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida “Majburiy mehnatga qarshi kurashish haftaligi” e’lon qilindi.
Yangiliklar
O‘zbekiston bolalar mehnatiga butunlay barham bergan davlat sifatida e’tirof etildi
Jeneva shahrida bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro mehnat konferensiyada bolalar mehnati va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston tajribasi model sifatida e’tirof etildi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang