Qishki ta’til oldidan ota-onalar ogohlantirildi
2025-yil 28-dekabrdan boshlab o‘quvchilar uchun qishki ta’til boshlanadi. Shu munosabat bilan Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ota-onalarga murojaat bilan chiqdi.
Qayd etilishicha, ta’til davrida bolalarning xavfsizligi va nazorati to‘liq ota-onalar zimmasiga tushadi. Sovuq ob-havo sharoitida avtomobil yo‘llarida bolalarning harakat xavfsizligini ta’minlash mas’uliyatiga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi.
Shuningdek, Yangi yil archasi va bayram tadbirlarida bolalarni qarovsiz qoldirmaslik, ularning yo‘l harakati qoidalariga rioya etishini nazorat qilish so‘ralgan. Xususan, yo‘lni belgilanmagan joylardan kesib o‘tmaslik, svetofor ishoralariga amal qilish hamda pirotexnika vositalaridan foydalanmaslik masalalariga e’tibor kuchaytirilishi lozimligi qayd etildi.
DYHXX Yangi yil bayrami va qishki ta’til kunlari ko‘ngilsiz hodisalardan xoli, maroqli va eng muhimi, xavfsiz o‘tishi uchun ota-onalarni farzandlari bilan bog‘liq masalalarda ogoh va mas’uliyatli bo‘lishga chaqirdi.
Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qaroriga muvofiq, 2025-2026-o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari uchun qishki ta’til 28-dekabrdan (boshlang‘ich 1-4-sinflarda 27-dekabr — shanba kunidan) boshlanadi.
Ta’til 2026-yil 10-yanvargacha (14 kalendar kun) davom etadi. 2026-yil 11-yanvar yakshanba — dam olish kuniga to‘g‘ri kelgani bois, III chorak darslari 2026-yil 12-yanvardan boshlanadi.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Ba’zi bolalar 12 yillik ta’limda, ba’zilari 11 yillik ta’limda o‘qiydimi?
Samarqandda noqonuniy diniy ta’lim berish holati aniqlandi
Vazir E’zoza Karimova birinchi marta prezidentga taqdimot qildi
Surxondaryodagi maktablar yana qog‘ozbozlikka qaytyaptimi?
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
14-yanvar kuni o‘qishmi yoki dam olish kunimi?
14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan dam olish kuni deb e’lon qilinganmi? Bu kuni ham dam olish kuni bo‘ladigan bo‘lsa, mavzularni jurnalga qanday tartibda yozamiz?
Yangiliklar
1-sinf o‘quvchilari uchun fevral oyida qo‘shimcha bir haftalik ta’til beriladi
Ta’til fevral oyining aynan qaysi kunlariga to‘g‘ri kelishi mustaqil ravishda belgilanadi.
Yangiliklar
Vazirlik maktablarni 5 kunlik rejimga o‘tolmasligini aytdi
Vazirlik bundan 6 yil avval ham deyarli xuddi shu muammolarni sanab, maktablarni 5 kunlik o‘qish tizimiga o‘tkazish imkonsiz ekanligini aytgandi.
Yangiliklar
Maktablarda yozgi ta’til qisqarmoqdami?
O‘zbekiston maktablarida o‘quvchilarga beriladigan 3 oylik yozgi ta’tilni 1,5 oyga qisqartirish taklifi ko‘rib chiqilayotgani haqida xabarlar tarqaldi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang